Mundarija: Kirish………………………………………………………………………….3
Asosiy qism I Bob. Kipr muammosi tarixidan 1.1. Kiprni Usmoniy Turklar tomonidan bosib olinishi…………………….9
1.2. XX asr Turkiya hukumati tashqi siyosatida Kipr masalasi ………….12
II Bob. XX asrning II yarmida Kipr muammosi 2.1. Kiprda ikki jamiyatli boshqaruvning shakllanishi…………................16
2.2. Halqaro tashkilotlarning Kipr muammosiga munosabati…...............28
Xulosa…………………………………………..……………………………...45 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………..…......48
Ilova
Kirish
Mustaqillikning dastlabki 20 yilligi yakunlanayotgan o’ta ma’suliyatli, shu bilan birga o’ta sharafli tarixiy bir davrda yashayapmiz. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Turmush tarzimiz o’zgardi. Tafakkurimiz, shuurimiz yanada kengaydi . Endi boshqacha yashash zarurati, hayotga boshqacha qarash ehtiyoji tug’ilganini chuqurroq anglay boshladik va, eng muhimi, uni turmush tarzimizga aylantira oldik.
Tabiiyki, bunday hayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy –gumanitar fanlar qatori tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo’yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqning istiqloliga erishish yo’lidagi fidoiy mehnatini, milliy mustaqillikka erishish yo’llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o’rganish va milliy istiqlol mafkurasini yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim .
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. O’tmishni bilmasdan turib esa, kelajak sari olg’a intilib bo’lmaydi”1. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tqazadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo’lib hizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog’lik o’rganish ,undan saboq chiqarish bilan bog’liq. Ulug’ allomalar aytganidek ,tarix insonni istiqbolga da’vat etadi. Tarixiy haqiqat ham, ilmiy haqiqat ham shuni taqazo qiladi.2 Biz bugun globallashuv davrida yashayapmiz.Dunyodagi siyosiy va mafkuraviy kurashlar keskin tus olgan bugungi davrda turli siyosiy va etnik muammolar dunyo barqarolligiga raxna solmoqda . Shunday muammolardan biri Turkiya tarixida Kipr masalasi, nafaqat mintaqada, balki dunyoning siyosiy manzarasida muhim ahamiyatga egadir. Bugun Turkiya tashqi siyosatining ustuvor masalasi Yevropaga integratsiyalashishdir. Biroq bunga to’sqinlik qilayotgan ayrim ichki va tashqi omillar bor-ki, Kipr masalasi anashular jumlasidandir. Ushbu tadqiq qilinayotgan mavzu Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish istiqbolini baholash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, mavzuning dolzarbligi ana shu jihatlar bilan belgilanadi.
Biz mustaqillik yaratib bergan g’oyalar va imkoniyatlar asosida olib borilayotgan bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini qiyosiy tahlillar asosida ko’rib chiqishga harakat qildik.