Туркия ва Кипр


Halqaro tashkilotlarning Kipr muammosiga munosabati



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə7/10
tarix22.09.2023
ölçüsü267,5 Kb.
#146668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Туркия ва Кипр dip

2.2. Halqaro tashkilotlarning Kipr muammosiga munosabati.
Globallshuv davrida yashayotgan ekanmiz Kipr muammosi biz yashayotgan davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu muammoning yechimiga halqaro tashkilotlar ham o’z navbatida befarq emas. Bu masalani hal qilish maqsadida bir qator halqaro tashkilotlar,jumladan BMT,YEI, NATO, Halqaro Islom tashkiloti kabi halqaro tashkilotlar o’z fikr mulohazalari hamda muammoni hal qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqqanlar va bu harakatlar haligacha davom etib kelmoqda.
Janubiy Kiprning Grek Ma’muriyati qabul qilgan bir tomonlama qaror natijasida Kiprning turkiya tomoni bilan muzokaralarni to‘xtatdi, 1995 yil mart oyida YeIga a’zolikka nomzod maqomini olganidan so‘ng o‘z diqqatini to‘liq YeIga a’zo bo‘lishga qaratdi. ShKTR prezidenti Rauf Denktash va Janubiy Kiprning Grek Ma’muriyati (JKGM) yetakchisi Glafkos Klerides o‘rtasidagi bevosita muzokaralar Kipr masalasini hal etish maqsadida 2002 yil yanvar oyida boshlangan bo‘lib, BMT Bosh kotibi Kofe Annan 2002 yil 11 noyabrda ikkala tomonga “Kipr muammosini keng qamrovli hal etish asoslari” (bu hujjat “Annan rejasi” nomi bilan mashhur) hujjatini taqdim etganidan so‘ng yangi bosqichga o‘tdi. Bunga bog‘liq ravishda BMT Bosh kotibi Kofe Annan ikkala tomon yetakchilarini 2003 yil 10-11 martda Gagaga muzokara uchun taklif qildi, bu yerda kafil mamlakatlar sifatida Turkiya, Gresiya va Angliya ham ishtirok etdi. Muzokaralarda ikkala tomon Kiprdagi muammoni hal etish uchun tayyorlangan Annan rejasiga kiritmoqchi bo‘lgan o‘zgarishlarini bayon etdi. BMT Bosh kotibi o‘zi muammoni hal qilish uchun 11 martda taklif qilgan muddatgacha, ya’ni 28 martgacha muammo hal qilinishiga shubha bildirdi. Ammo reja o’z kuchida qolganini ta’kidlab o‘tdi.
Shunday qilib, Kipr bilan bog‘liq muzokaralar hech qanday natija bermasdan 2003 yilning martidayoq tugatildi.
Keyingi davrda, ya’ni 2003 yil 16 aprelida JKGM YeIga kirish haqidagi shartnomani alohida imzoladi. 29
Turkiyaning 2004 yil yanvar oyidagi orolning tomonlari o‘rtasidagi muzokaralarni tiklashga hamda muammoni umumiy tarzda hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusi bilan birgalikda xalqaro hamjamiyatning kun tartibida 2004 yil davomida Kipr masalasi muhim o‘rinni egalladi.
Turkiya tomonidan muammoni hal etishdagi siyosiy qat’iyatlik BMT Bosh kotibi Kofe Annanning yangi tashabbusi uchun yo‘l ochib berdi. Mazkur tashabbusdan so‘ng boshlangan muzokaralar BMT tasarrufi ostida bo‘lib, 2004 yil 19-22 martda orolda ikki mamlakat o‘rtasida, keyin esa Shveysariyaning Burgenstok shahrida 24-31 martda bo‘lib o‘tdi. Bu ikkala muzokarada Turkiya va Gresiya ham ishtirok etdi. Mazkur muzokaralarning maqsadi Annan rejasiga yakuniy shaklni berib, bu rejani orolning ikkala qismida o‘tkaziladigan alohida referendumgacha, ya’ni 1 maygacha taqdim etish edi. Shunday qilib, referendum natijalariga ko‘ra birlashgan Kiprni Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun sharoitlar ta’minlanishi mumkin edi.
31 martda tartibga solish rejasining yakuniy matnini bosh kotib ikkala tomonga ham taqdim etdi, u esa 2004 yil 24 aprelda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hamda Janubiy Kipr Grek Ma’muriyati hududida xalq ovozini berish uchun taqdim etildi. Bu referendumlar bir paytning o‘zida ammo alohida o‘tkazilgan bo‘lib, unda ovoz bergan turkiy kiprliklarning 65 % birlashgan orolni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun sharoitlarni ko‘zda tutgan rejani qo‘llab-quvvatladilar. Shu bilan bir paytdla grek kiprliklarining 76 % reja va masalani tartibga solishni rad etib, qarshi ovoz berdilar. Biroq shunga qaramasdan grek tomoni 1 maydan YeIning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi, bu vaziyat esa orolda mutanosiblikni keltirib chiqardi.
Turkiya har doim erkin muzokaralar yo‘li bilan erishiladigan har tomonlama va hayotga mos tarzda muammoni xal qilish tarafdori bo‘lgan. Bunga bog‘liq ravishda BMT Bosh kotibi Kofe Annanning ezgu irodali missiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, referendumlarni tayyorlash jarayonida Bosh kotib bilan faol uzviy hamkorlikda bo‘lib o‘z siyosiy irodasini namoyon qilib, orolni bo‘linishiga yakun yasashga tayyor ekanligini ko‘rsatdi. Agarda mazkur choralar amalga oshirilganida, bu orolni “Birlashgan Kipr Respublikasi”ni tashkil qilish yo‘li bilan birlashtirish imkoniyatini berar edi. Mazkur mamlakat ikkita tenghuquqli tasischi davlat, ya’ni federal hokimiyatga ega Kipr Turk davlati va Kip grek davlatidan iborat bo‘lar edi.
24 apreldagi referendumlarning natijasi Kipr masalasida yangi vaziyatni yuzaga keltirdi.
Xalqaro hamjamiyat grek kiprliklarining BMT Bosh kotibining hisobotida ham “nafaqat rejani, balki tartibga solishni o‘zini ham rad etgan” salbiy qarori tufayli muammoni hal qilish uchun ovoz bergan turkiy kiprliklarni jazolash adolatsizdir, deb ta’kidlab o‘tdi.
Turkiya va Turkiy kiprliklar BMT Bosh kotibi nazorati ostida tomonlar tayyorlagan keng qamrovli rejani qo‘llab-quvvatladilar, hamda BMT Bosh kotibi ezgu irodasi missiyasi doirasida masalani yechimini izlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlarining barcha majburiyatlarini ado etdilar. Turkiy kiprliklarni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy izolyatsiyani to‘xtatib,o‘n yillar mobaynida davom etayotgan adolatsiz iqtisodiy qaramlikni olib tashlash majburiyati xalqaro hamjamiyat zimmasiga yuklatiladi.
BMT Bosh kotibi Kofe Annan o‘zining 2004 yil 28 maydagi Kiprdagi ezgu iroda missiyasiga oid ma’ruzasida quyidagini ta’kidladi: “Referendumlardan so‘ng butun dunyo hamjamiyati, jumladan xavfsizlik kengashi ham o‘z diqqat e’tiborlarini turkiy kiprliklar holatiga qaratishlari lozim. Turkiy kiprliklar shunday ovoz berdilarki, ularga bosim o‘tkazish va izolyatsiya qilish uchun barcha asoslar yo‘q bo‘ldi”. Bundan tashqari Bosh kotib Xavfsizlik kengashi a’zolariga murojaat etib, ikki tomonlama va xalqaro darajadagi hamkorlik uchun turkiy kiprliklarni izolyatsiyasiga olib keladigan va ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan asossiz cheklov va to‘siqlarni olib tashlash maqsadida tashabbus qilishga da’vat etdi.
Turli xalqaro tashkilot va davlatlar, avvalambor, YeI referendumlardan so‘ng turkiy kiprliklarga nisbatan adolatsiz cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ba’zi bir qadamlarni qo‘ydilar. Ammo bugungi kunda shakllangan vaziyat turkiy kiprliklar izolyatsiyadan ozod eta olmaydi, ular o‘tmishda chekkan aziyatlarining chuqur izlarini ham yo‘q qila olmaydi. Mazkur yo‘nalishda taraqqiyot yo‘qligining asosiy sababi Kiprdagi grek tomonining salbiy mavqesidir. U 2004 yil 1 maydan unga YeI a’zosi sifatida berilgan imtiyozlardan foydalanib, turkiy kiprliklar foydasiga ijobiy qadam qo‘yishga to‘sqinlik qilmoqda.
Islom konferensiyasi tashkiloti turkiy kiprliklar izolyatsiyasini bekor qilish haqidagi da’vat bilan murojaat etdi hamda ShKTR hozirgacha islom konferesiyasi tashkilotining faoliyatida “Kipr musulmon-turk jamoasi” nomi ostida ishtirok etayotganini ta’kidlab, 2004 yilda musulmon mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan 31 sentyabr konferensiyasidan boshlab, “Kipr turk davlati” deb nomlanadi, degan qarorni qabul qildi. Boshqa tomondan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 2004 yilda bo‘lib o‘tgan vazirlar kengashining 14 majlisida hamda davlat va hokimiyat rahbarlarining 8-sammitida iqtisodiy hamkorlik tashkilotida turkiy kiprliklarning “Kipr turk musulmon jamoasi” degan nomini BMT keng qamrovli tartibga solish rejasida qo‘llanilayotgan “Kipr turk davlati” nomiga o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi.
2005 yilning 17 aprelida ShKTRning prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir Mexmet Ali Talat birinchi bosqichda 55,6 % ovozlarga ega bo‘lib, prezident etib saylandi va 2005 yil 20 apreldagi qasamyodidan so‘ng Rauf Denktashni Prezident lavozimidagi o‘rnini bosdi.30
Turkiya va ShKTR BMT kuzatuvi ostida siyosiy tenghuquqlikka tayangan hamkorlik asosida Kipr masalasini uzoq muddatli keng qamrovli yechimiga erishish bo‘yicha faoliyatni davom ettirmoqda. Turkiya ham mazkur yo‘nalishda faol sa’yo-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Bryusselda 2004 yil 16-17 dekabrda bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiya o‘z kirish arizasiga muvofiq majburiyatlarini bajardi va YeIga kirish haqidagi muzokaralardan muvaffaqiyatli o‘tdi. 2005 yil 29 iyulda Turkiya kelishuv haqidagi bayonnomani imzoladi, unda 1963 yildagi Anqara bitimini YeIning barcha a’zolariga moslashtirilishi ko‘zda tutilgan edi.
Mazkur bayonnoma imzolanish davrida Turkiya, YeI rahbariyati va komissiya o‘rtasida xatlar almashinuvi natijasida Turkiya tomonidan rasmiy deklaratsiya tuzildi. Bu deklaratsiyada mazkur bayonnomani imzolash, tasdiqlash va amalga oshirish Gresiya nazorati ostida bo‘lgan Kipr Respublikasini YeIning yangi a’zosi sifatida tan olish ekanligi emasligi ta’ktdlangan, bu deklaratsiya orqali Turkiya mazkur masalaga o‘zining rasmiy munosabatini namoyon qilgan.
Gresiya nazorati ostidagi YeI a’zosi bo‘lgan Kipr Respublikasi amalga oshirayotgan siyosat tufayli Kipr masalasi Turkiyaning YeI bilan munosabatlarini murakkablashtirmoqda. Ammo shunga qaramasdan Turkiya YeI bilan o‘zining iliq munosabatlarini saqlab qolmoqda.
Turkiya Kipr masalasini keng qamrovli yechimini izlashga bo‘lgan inti­lishi mazkur masalani hal etishga faol hissa qo‘shayotgan BMT bosh kotibi ezgu irodasi doirasida hal qilinishi mumkinligiga to‘liq ishonadi.31
Mazkur maqsadda tuzilgan 10 moddadan iborat operasion reja Turkiyaning tashqi ishlar vaziri va vise premeri Abdullox Gul tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida taqdim etildi. Bu rejada Kipr ustidan barcha cheklovlar hamma manfaatdor tomonlar tomonidan bitr paytning o‘zida bekor qilinishi nazarda tutildi. Mazkur operasion rejani turli mamlakat va tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashi haqidagi bayonnomalar e’lon qilinganidan so‘ng BMT Bosh kotibi bu barocha takliflarni o‘rganishga qabul qildi.
Turkiya davlati va grek-kipriklar o‘rtasida hamkorlik 1960 yilda turkiy-kipriklar va grek kipriklar hamda Turkiya, Gresiya va Buyuk Britaniya hukumatlar rahbarlari tomonidan imzolangan shartnomalar tufayli yo‘lga qo‘yildi. Shunga qaramasdan, 1963 yilda 3 yil o‘tgandan so‘ng turkiy-kipriklar grek-kipriklar tomonidan yangi Respublianing barcha organlaridan siqib chiqarildilar. Asoschilarning bitimlari va konstitutsiyaning qonunlari bunday harakatlar natijasida buzildi. Grek kipirliklari “Kipr respublikasi”ni vakili bo‘lishiga da’vogarlik qilishilari qonunga xilof ish edi va Turkiya tomonidan tan olinmadi. 1974 yilda Gresiya turkiy kiprliklarni qo‘lga olishga va orolni egallab olishga qilgan harakatlariga Turkiya to‘sqinlik qildi, bunga 1960 yildagi bitim asos bo‘ldi.
Shunday qilib, Turkiy kiprliklar tinchlik va totuvlik yo‘llarining o‘rnatishga harakat qildilar va o‘z Respublikalarini tashkil qildilar. YeIni Turkiy kiprliklarni roziligisiz, Grek kipriklarining ma’muriyatlarini murojaati bilan Kiprni a’zo etib qabul qilganligi, hamda BMT bosh kotibi tasarrufidagi muzokaralardan voz kechishi vaziyatini yanada chigallashtirmoqda. Va tartibga solish jarayoni to‘xtatib qoldi.
Turkiya Kiprdagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan, o‘zaro manfaatli keng qamrovli muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdoridir. Kipr orolida asrlar davomida istiqomat qilgan ikki xalq, ikki millat va ikki davlatning uyidir. Turkiya BMT bosh kotibi ezgu irodasi bilan Kipr muammosini adolatli hal etishga qaratilgan sa’yi-haraktalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Buni amalga oishrish maqsadida prezident Denktap grek-kiprliklariga murojaat etib, 1998 yil 31 avgustda Kiprda konferensiyani tashkil qilish haqidagi tashabbus bilan chiqdi. Konferensiyaning tuzilmasi ikki xalq va ikki davlat manfaatlarini xisobga olganini ko‘zda tutib, Turkiya bu konferensiyani kafili bo‘lishini e’lon qildi. Buning barchasi esa, ikki tomon uchun xavfsizligini ta’minlaydi va ularga o‘ziga xoslik va mustaqillikni saqlab qolib, varofonlikka erishish imkoniyatlarini beradi. Biroq, bu da’vatga ijobiy javob berilmadi, bunday tashqari, prezident Kentap muzokaralarga tayyor ekanligini va tinchliksevarligini yana bir marotaba namoyon etib, grek-kiprliklarning yetakchisi bo‘lganKliridisni 2001 yilning noyabr oyida orolda muzokaralar o‘tkazishga taklif qildi.
2002 yil yanvaridan boshlangan ikki tomon o‘rtasidagi bevosita muzokaralarning olti raunul yakunlandi. Prezident Denktar 2002 yil 29 aprelda muammoni hal etish bo‘yicha yana bir qator kengqamrovli takliflar kiritdi, bu taklif 2002 yil 11 sentyabrda BMT bosh kotibi nomiga yuborildi.
Turkiya Kipr masalasini hal qilinishiga katta ahamiyat berib, mazkur maqsadga erishish uchun zarur siyosiy irodasini ko‘rsatmoqda. Ammo grek kiprliklari Kiprning yagona va qonuniy hokimiyatimiz deb ta’kidlashi va YeIga qo‘shilishga umidvor bo‘lishi, mazkur masalani yechishga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari turkiy kiprliklarga qarshi kiritilgan embargo ham kiprdagi ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarga ziyon yetkazuvchi yana bir salbiy omildir.
YeIga “Kipr respublikasi” deb nomlanuvchi davlatni qo‘shilishiga kelsak, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bu masala bo‘yicha qaror qabul qilmagan va 1997 yil dekabrda Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yei sammitida qabul qilingan qarorni tan olmaganlar.
Pressa uchun berilgan alohida bayonnomada Turkiya va Shimoliy Kipr Turk respublikasi grek kipr tomoni butun orol nomidan muzokaralar olib borishga vakolatga ega emasligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Mazkur qaror 1959-1960 yillarda imzolangan muvofiq bitimlarga zid ekanligini alohida aytib o‘tdilar. Bu esa xalqaro huquqni buzilishidir, chunki mazkur bitimlarda Turkiya va Gresiya, ya’ni ikkita davlalt a’zo bo‘lmagan xalqaro tashkilotlarga Kipr a’zo bo‘lishi taqiqlangan. Shunday qilib, Grek Kipr tomonini YeIga a’zo bo‘lishi oroldagi vaziyatni yanada chigallashtirdi.
Turk-Yunon munosabatlarida Kipr muammosi ,Yevropa Ittifoqi sharqiy
oqdengizdagi hukumronlik muammolari Hazar neftlari va bunga bog’liq holdagi
iqtisodiy urushlar, energiya muammosining strategik ahamiyati ,turk bo’g’ozlar
keng qamrovli muzokaralarhududidagi tavakkallar va ishonch masalalari , janubiy
kiprga joylashtirishga urunilgan “C-300”raketalari va shunga o’xshash muammolar
ko’payib bormoqda. Bu muammolar barchasi bir-biri bilan chanbarchas bog’liqdir
va har birini baholash uchun oralaridagi keng ko’lamli va turli qatlamdagi
ta’sirlarni nazarda tutgan holda muammo sifatida o’rtaga chiqmoqdadir.
Turkiya Kiprdagi vaziyatni tinchlik yo’li bilan ,o’zaro manfaatli keng qamrovli muzokaralar yoli bilan hal etish tarafdoridir. Kipr orolida asrlar davomida
istiqomat qilgan ikki halq,ikki millat va ikki davlatning uyidir.
Kipr masalasi barchani qiziqtirgan va yechimi biroz mushkul bo’lgan masalalardan biri sifatida baholanmoqda.
Inglizlar 1878-yilda kiprni qaytarish sharti bilan qo’lga kiritganidan keyin, birinchi bo'lib boshqaruvni yangilashga kirishdilar va bu hokimiyat tuzatishlarida turk ma’murlari vazifalaridan ozod qilingan. O’rinlariga esa yunonlar qo’yilgan .bu xol turklarni qattiq xavotirga slogan. Bu o’zgartirishlar natijasida boshqaruvda tirklar kamaygan va yunonlar juda katta imtiyozlarga ega bo’lganlaridan keyin bu
Safar ham kiprning yunonistonga qo’shib berish harakatlari kuchaygan.
Turkiyaning birinchi jahon urushida Germaniya tomonida turganligi sababli Angliya 1914-yil 5-noyabrda kiprni o’ziga qo’shib olgan. Usmoniylr bu qo’shib olishga o’zlarining noroziliklarini bildira olganlar xolos.32
Angliya yunonistonning Angliya tomonida turib urushda qatnashadigan bo’lsa Kiprni yunonistonga qo’shib berilishini aytgan. Yunoniston bu taklifni qabul qilmagan ammo,kiprni Angliyaning qo’lidan chiqishi aniq bo’lib qolgan . Shu sababli Rim-Yunon ikkiligi 1931-yil oktyabr oyida kiprni yunonistonga qo’shib berilishi uchun isyon ko’targanlar. Hokim saroyi va tuman hokimiyati binosi yoqib yuborilgan .Hokimni esa o’limdan bir turk elchi Sami Muduro’gli qutqargan. Isyonchi boshyepiskov va uning tarafdorlari oroldan surgun qilinib,35.354 sterling miqdorida jarima solingan .Yunonistonnnig kipr boshkonsulligi “Kyrou” isyonini qo’llab quvvatlagani va bu isyonning turganligi sababli kiprdan chiqarib yuborilgan .Bu voqealar qarshisida Angliya orolda idora ishlarida o’zgartirishlar qilgandir ammo , Rim-Yunon ikkili bir-biridan qoniqmagan.33
Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga intilayotgan bir davrda uni YeI ga a’zo bo’lishiga to’sqinlik qilayotgan muammolardan biri ham bu shubhasiz kipr muammosidir.
Kipr 1878 yildan so‘ng 300 yillik Turkiyaning hukmronligidan so‘ng Angliya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Rasman orol 1923 yilda Angliya tasarrufiga o‘tdi. Kiprdagi Angliya mustamlaka hokimiyati 1960 yilgacha davom etdi. Aynan shu yilda Angliya Turkiya, Gresiya, turkiy va grek kiprliklar ikki jamoali Kipr Respublikasi va Turkiya Respublikasi haqidagi xalqaro bitimni imzoladilar.
Grek-kipr ma’muriyati 1960 yildagi bitimlarni orol uchun yakuniy deb qabul qilmadi, aksincha Gresiya bilan birlashishga qaratilgan siyosatga to‘siq sifatida qabul qildi. Bunga bog‘liq ravishda 1963 yil 21 dekabrda turkiy kiprliklarni qirish rejasini amalga oshirila boshlandi.
Grek kiprliklarning tajovuzkorona harakatlari natijasida 103 ta qishloqda yashayotgan turkiy kiprliklar o‘zlarini qutqarish maqsadlarida yashayotgan manzillarini tashlab, orolning turli burchaklarida to‘plandilar. Bu voqealar turkiy kiprliklarni o‘z yerida asirlarga aylantirdi, ular garovda bo‘lib qoldilar. O‘sha paytdagi BMTning bosh kotibi oroldagi vaziyatni “haqiqiy qamal” deb atadi
1974 yil 15 iyulda gresiyaning harbiy hukumati Kiprni Gresiyaga qo‘shish siyosatini amalga oshirish uchun to‘ntarish qilishga harakat qildilar. 1960 yildagi kafil mamlakatlar haqidagi bitimning 4-moddasiga asoslanib, uch kafil mamlakatlardan biri bo‘lgan Turkiya Angliyani birgalikda aralashuvga jalb etdi. Ammo Britaniya bu iltimosni rad etdi. turkiy kiprliklarni himoya qilish maqsadida Turkiyaning piyoda, harbiy dengiz va harbiy havo kuchlari qo‘shinlarini orolga yuborish bo‘yicha jadal tinchliksevar operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, tinchlikni ta’minladi hamda turkiy kiprliklarga qaratilgan etnik qirg‘inbarotning oldini oldi.34
1975 yil 2 avgustda Venala Rauf Denktash va grek-kipr ma’muriyatining yetakchisi Glafkos Klerides BMT kuzatuvi ostida aholi bilan almashish haqidagi bitimni imzoladilar, bu BMTning tinchliksevar kuchlari yordamida amalga oshirildi. 1977 yil 12 fevralda Denktash va Makarios o‘rtasida bo‘lib o‘tgan

muzokaralar natijasida oliy darajadagi ilk bitim imzolandi. Bu bitim 4-moddadan iborat bo‘lib, unda orolda ikki jamoali federal respublikani tashkil qilish haqidagi qaror qabul qilingan edi. 1983 yilda Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) asos solindi, Rauf Denktash uning birinchi prezidenti etib saylandi. 35


Kipr muommosini hal qilish maqsadida bir qator tayorgarliklar 1992-yil 18 iyunda Nyu Yorkda boshlab yuborildi. Birlashgan Millatlar bosh sekretari G’oliy bu xarakatlarda Prezident Denktashga o’z nomi bilan nomlangan bir xaritani taqdim etdi.
“Xarita bo’lmagan xarita”(Non paper) deya nomlangan bu xaritaga ko’ra Turktomoniga 28.2%miqdorda birtuproq yopildi,37 Turk qishloq Rumlarga berilishini istadilar.(Go’zalyurtdan tashqari): Ko’rfazda Rum shaharchasini tashkil qilish rejalashtirilgan va o’n minglab Rumliklarning shimolga ko’chirilishi rejalashtirilgan.
Shimoliy Kipr Turk respublikasi Prezidenti Denktash bu xaritani rad qiladi. Faqat shartnoma asosida hududning 29 %miqdorigacha rozi bo’la olishini hamda bu ko’rsatilgan hududlar ichida Go’zalyurtning ham bo’lishi shart ekanligini aytib o’tgan .
15 iyulda boshlangan ikkinchi tur harakatlarda esa Birlashgan Millatlar bosh sekretari G’oliy “Fikirlar tizimi” (Set of ideas) nomi bilan mashxur quyidagi hal qiluvchi8 rejani taqdim etdi.
Kipr Rum jamiyati bilan Kipr Turk jamiyati boshliqlari bosh sekretari G’oliy kuzatuvi ostida teng shartlarga ko’ra Kipr muammosining odil va adolatli natijaga kelinishi maqsadida ahamiyatga molik bir qadam qo’yildi hamda Kiprda butun hudud shartnomasi tufayli harakatlar boshlab yuborildi. Hudud shartnomasi yuqori darajadagi millatlararo kengashda ikki tomondan ham tugatilishi rejalashtirilgan 30 kun ichida alohida alohida referendumlarda ikki jamiyatga havola qilinadi.
Butun hudud shartnomasi entegratsiyon bir butun bo’lib har ikki jamiyat tomonidan alohida referendumlarda ko’rilib “O’tkinchi tuzatishlar” nomi ostida joy olgan qarorlar4ning o’rniga keltirilishidan keyin ikki jamiyat aloqalariga hukum qilinadi. Konsititutsiya tomonidan ikki jamiyatli, hudud tomonidan ikki kesimli federal bir asosga tayangan yangi bir kelishuv va yangi bir Konsititutsiya bilan nihoyalanadi.
Butun hudud shartnomasi 1977 va 1979 yildagi oily darajadagi shartnomalarga tayangan bo’lib Buyuk Millat konferensiyasining hususan 367(1975), 649(1990), 716(1991), 750(1992) sonli qarorlari bilan ahamiyatlidir. Butun hudud shartnomasi Kiprning Kipr-Rum va Turk jamiyatlarining vatani ekanligini va ikki jamiyat orasidagi aloqalarning ozchilik va ko’pchilik aloqalari emas Federal Kipr hukumatiningt ikki jamiyat orasidagi aloqasi ekanligini tasdiqlaydi.
G’oliyning Butun hudud shartnomasi Kipr shartnomasining millatlar aro hujjatga ega mustaqil va hudud butunligi himoyalangan bosh sekretarning 1992 yil 3 fevraldagi (S\23780) taihiy buyrug’ining 11 qismida tariff qilinganidek siyosiy tenglikka ega ikki jamiyatli ikki hududli federatsi/yaga tayangan bir Kipr davlati bo’lishini va bu davlatning qisman yoki tamoman bir boshqa davlat bilan birlashishi yohud ayrilishi hamda bo’linishining taqiqlanishi belgilab qo’yildi36.
Butun hudud shartnomasi ikki jamiyatning siyosiy tengligini belgilaydi va bunga ishonch bildiradi.
Yunonistonning Yevropa Ittifoqi a’zoligidan keyin hususan Yevropa Ittifoqi ko’lamida bajarishga harakat qilgan.Yevropa Ittifoqi 1990 yilgacha Yunoniston bilan Turkiya orasidagi siyosiy muammolarni kunning eng asosiy masalasi darajasiga ko’tarilishiga va Turkiya-Yevropa Ittifoqi aqloqalarining yahsgilanish mavzusida bir to’siq sifatida ko’rmagan. 1990 yilda o’tqazilgan Dublin konfrensiyasidan keyin bu to’gri va betaraflik harakatini o’zgartirib, Turkiya Yevropa Ittifoqi aloqalarining yahshilanishini, Turkiyaning Yunoniston bilan bo’lib kelgan kelishmovchiliklarining va kipr masalasini hal qilinishiga umid qilgan .
1997 yilgacha davom etgan bu vaziyat 1997 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan Lyuksemburg shartnomasi bilan almashtirilgan. Lyuksemburg shartnomasida aytilgan qarorlar bilan kiprda yashatdigan hamda millatlararo kelishuvlar orqali tashkil qilingan ikki jamiyat ekanligini qabul qilgan bu kelishuvlarni ko’rmaslikka olib kipr turklari ozchilik sifatida ko’rib kipr orlida nomiga Janubiy Kipr Rum davlatini Yevropa Ittifoqi bilan yagona a’zolik muzokaralari boshlash haqida qaror qabul qildi. Turkiya va SHimoliy Kipr Turk Respublikasi Yevropa Ittifoqining bu qarorlariga katta ta’sir o’tqazdi va bu qarorlar tarixiy va amaliy xato ekanligini dunyoga jar slogan.
Kipr turk xalqining 1960 yildagi kelishuvlariga asoslanib teng siyosiy hamda hukumronlik huquqlarining buzilishi bo’lganidek Buyuk Millat tomonidan qabul qilingan prinsiplar atrofidagi qarorlarni ahamiyatsiz holga keltirgan Yevropa Ittifoqini qabul qilgan bu noto’g’ri qarorlar kipr masalasini Millatlararo maydonda butunlay boshqacha bir ko’rinishga olib kelgan.
Yevropa Ittifoqining asosiy falsafasi hamda tayangan sistemasining, hizmatlarning va hizmatlarning mustaqil aylanmasi bo’lishi , Yevropa Ittifoqi a’zolari ichida ikki hududli, ikki jamiyatli federatsiyaning bolishi mumkin emasligi kun mavzusi sifatida qo’ygan . Chunki Yevropa Ittifoqining ichki mexanizmlari va jamoaviy tuzilishlari bu turdagi qisqartirishlarni osongina ko’z yumib o’tishga ruxsat berilmagan.
Uzoq yillar mobaynida Enosis hayollari bilan Turk jamiyatini siqib qo’yishga intilgan Rum jamiyati hozir yangi bir Rum o’yini bilan millatlararo maydonda Turk jamiyatini yo’q qilish rejasini qo’llashga kirishmoqdadir.
Turli xalqaro tashkilot va davlatlar, avvalambor, YeI referendumlardan so‘ng turkiy kiprliklarga nisbatan adolatsiz cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ba’zi bir qadamlarni qo‘ydilar. Ammo bugungi kunda shakllangan vaziyat turkiy kiprliklar izolyatsiyadan ozod eta olmaydi, ular o‘tmishda chekkan aziyatlarining chuqur izlarini ham yo‘q qila olmaydi. Mazkur yo‘nalishda taraqqiyot yo‘qligining asosiy sababi Kiprdagi grek tomonining salbiy mavqesidir. U 2004 yil 1 maydan unga YeI a’zosi sifatida berilgan imtiyozlardan foydalanib, turkiy kiprliklar foydasiga ijobiy qadam qo‘yishga to‘sqinlik qilmoqda.
Turkiya va SHimoliy Kipr Turk Respublikasi orasida olib borilgan kelishuvlar natijasida siyosat qaytadan ishlab chiqilgan. Bu ishlab chiqilgan natijalarga ko’ra Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida ikki jamiyatning bir federatsiya shaklida yashsh imkoniyatoining umuman yo’qligi aytib o’tilgan, oralarida chegara bo’lgan ikki federal davlat ya’ni bir konfederatsiyon jamiyat atrofida vkelishilgandir.
Yevropa Ittifoqiga Turkiyaning a’zolik murojaatnomasi kun tartibiga qo’yilib 1999 yil 12 dekabr sanasida bo’lib o’tgan Helsinkiy konferensiyasi natijalariga ko’ra Turkiyaning azolikka qabuli bir muddat ichida qabul qilishga muhlat berilgani bayon qilingan. Bu qaror bilan turkiyaga bir imkon berilayotganligi aytilgan. Faqat dunyo jamoatchiligi oldida aniqlangan ba’zi xodisalar Turkiyaning foydasiga hal qilingandir.
Bir necha yillardan buyon Turkiyaning o’z hududida urushib va shahitlar evaziga kurashishi, terror armiyasi PKKning boshlig’i Abdulloh O’calanning Nigeryada tutilishi natijasida Yunonistonnig PKKni va boshlig’ini bir necha yillar himoya qilgani va armiyasini qo’llab quvvatlagani yuzaga chiqqan.
Bu orada 1999 yil 17 avgust kuni Turkiyada yuzaga kelgan to’ntarish va achchiq yo’qotishlar, Yunonistonni Turkiyaga yaqinlashtirgan va ikki davlat tashqi ishlari vazirlari o’rtasida ybaqin aloqalar boshlangan.
2001 yil 11 sentabr sanasida Yevropa Ittifoqi davlatlariga qarata qilingan bosqinchiliklar bir necha yillardir Turkiya masalasini kun tartibiga olib chiqmagan terrorni birdaniga dunyo mo’lkalari masalasining kun tartibiga olib chiqqan. Bu holat terrorga qarshi harakatlarni boshlagan Yevropa Ittifoqi davlatlari nazdida terrorni himoya qilgan davlat holiga kelib qolgan Yunonistonni va JKRRni og’ir bir holatga solib qo’ygan.
Faqat Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan terrorda aybdor sifatida ko’rilgan Afg’oniston tomoniga qarshi urush boshlangan, Iroq tomoniga qarshi urush harakatlari boshlash rejalari tuzib chiqilgan. Bu qarorlarida Yevropa davlatlari bular Yevropa Ittifoqi azosi bo’lgan davlatlardir. Yevropa Ittifoqi davlatlarini qo’llab quvvatlaganlar. Geografik joylashuvi sababli bu o’lkalar orasida joylashgan Turkiya avvaliga Yevropa Ittifoqi davlati bo’lishga harakat qilgan.
Bu orada Grek –Kipr Rum Boshqaruvi boshlig’I Kleridis bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Denktash orasida Buyuk Millat Bosh sekretari va Yevropa Ittifoqi davlatlarining vositachiligi bilan boshlangan kelishuvlar davom etmoqdadir.
Kipr Grek tomoni bilan imzolagan tinchlik shartnomasining 5-moddasida orolni umumiy deb e’lon qilish bilan birga shartnomadan ikki tomon ham bir xilda foydalanishi mumkin edi. Bundan tashqari Turkiya tomoni o’z hujjatlari bilan YeI ga kirib borayotgan edi. 37
Kiprlik greklar bunga qarshi Angliyada da’vo ishi ochdilar .Angliya sudi bu masalani ko’rib chiqmaganidan keyin , bu masalani Yevropa sudiga topshirdilar.
1994-yil 5-iyulda Yevropa sudi YeI ga a’zo mamlakatlarda faqatgina orolning qoniniy vakili bo’lgan kipr grek tomonining hujjatlari haqiqiy kuchga ega ekanligini e’lon qildi. Bu qarordan keyin Kipr turk tomoni Yei ga chiqishlari uchun greklardan hujjat olishlari kerak edi.Bu qarordan Turkiya ham norozi bo’ldi. Bojxona oldidagi eng muhim to’siqlardan biri bo;lgan kipr muammosiga yana yangi muammolar qo’shilgan edi.Bu qaror tashqi ishlar vaziri Edjevit tomonidan ko’rib chiqildi.Bojxona qo’mitasi tashKil qilinganidan keyin turkiya sotib olmoqchi bo’lgan hattoki olmaning ham hisobini Brusselga berishga majbur bo’lishini bilib ,”…hech qanday tayyorgarlik ko’rilmasdan va hech qanday narsani qo’lga kiritmasdan …”bojxona qo’mitasiga “xiyonat” ekanini aytgan. Bojxona qo’mitasidan voz kechish va kipr turk tomoni bilan turkiya orasida “muxtoriyat aloqalari” o’rnatilishi kerak edi.38
Kipr oroli hududi va chegaraviy joylashishi bo’yicha boshqa davlatlarga nisbatan turkiyaga yaqindir. Tarixda juda qadim davrlardan boshlab turkiyaliklar orolga kelib ketib turganlar va hattoki ba’zilari orolda yashab ham qolganlar.
Savdo aloqalarida turkiyadan don maxsulotlari ,qurol-yarog’lar, oziq-ovqat maxsulotlari olib kelingan bo’lsa, kiprdan turkiyaga qimmatbaho toshlar ,dorivor o’simliklar olib ketilgan.
Ba’zi olimlarning fikricha kipr oroliga greklardan oldin turklar kelganlar va ular bilan uzviy aloqalar o’rnatganlar.Hozirgi kundagi turkiyaning eng asosiy muammolardan biri bo’lgan kipr orolining haqiqiy egalari kimlar degan savolga aksariyat olimlar turklar deya javob bermoqdalar. Lekin bu haqiqat qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi haligacha hal qilingani yo’q.
Ko‘p sonli siyosiy ekspertlar, rasmiy vakil va kuzatuvchilar 2010 yil Kipr masalasi va Turkiy Kipr taqdirini hal qilish uchun muhim degan xulosaga kelmoqdalar, bu oxirgi 10 yilliklar davomida olib borilayotgan ko‘p marotabali va ko‘p sonli muzokaralarning natijasi bo‘ladi. Muzokaralar natijasida ko‘plab kelishuvlarga erishildi, ammo hali ham nomuvofiqliklar mavjud. 2009 yil yakunlariga ko‘ra, hisobot quyida keltiriladi:
- kafolat va sekyuriti bo‘yicha muzokaralar davrida Shimoliy-Kipr 1960 yildagi kafolatlar haqidagi qonunning muhimligini bir necha marta ta’kidladi. Mazkur qonun asosida yangi qonunni yaratishni taklif qildi, bu qonun BMTning sobiq bosh kotib K.Annanning dastlabki rejasiga muvofiq bo‘ladi. Grek kiprliklari fikricha, Kipr tez orada “zobitlardan tozalanishi” lozim.
- muzokaralarning ikkinchi bosqichi 10 sentyabrda boshlandi, mazkur muzokaralar rasmiy hujjatlar va tartibga rioya qilmagan xojilarning Go‘zal yurtga xajga borishini ta’qiqlanishi tufayli qoldrilgan edi. Bu esa, Yesilirmarkdagi chegarani vaqtinchalik yopilishiga olib keldi. Bu muzokaralarda hokimiyatni taqsimlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi, ishtirokchilardan har biri mazkur masalalarni tartibga solish va boshqaruv bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdi. Turkiyalik kiprliklar esa, boshqaruvning Shveysar modelini joriy etish talabini qo‘ymoqdalar. Bu modelda prezident va vise prezident senat tomonidan saylanadi, ovoz berishning kamida 3 ta bosqichi mavjud bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, Shimoliy Kipr Turk respublikasi (ShKTR) “qo‘shma byulleten”lar yordamida saylovlarni o‘tkazishni taklif qiladi, bu saylovlar natijasida kiprlik turklar tomonidan bitta vakil va kiprlik greklari tomonidan bitta vakil saylanadi.
Sennatorlar, prezident va vise prezidenti \am xuddi shu tarzda aniqlash taklif qilinadi. Kiprlik greklarning ommaviy axborot vositalari mazkur taklifni rad etadi, bunda ular mazkur tizim hokimiyatni siyosiy organlarida anarxiyaga olib keladi, degan taxminni e’lon qiladilar. Saylovlarda yutgan turk kipr milliy partiya ham mazkur taklifga qarshi chiqdi. Kiprlik greklarning ma’muriyati prezident va vise prezident saylovlarini standart jarayon asosida o‘tkazishni talab qiladi.
- muzokaralarning ikkinchi bosqichi davrida ko‘chmas mulk muammosi ham ko‘rib chiqildi, kiprlik greklar fikricha, “ko‘chmas mulkning ilk huquqi, uning asosiy dastlabki, yuridik va legal egasiga” tegishli bo‘lishi lozim. Muzokaralar yakun topgandan so‘ng, ShKTR va kiprlik greklar “berib yuborish, o‘tkazish jarayonini” tasdiqlaydilar, uning natijasida referendum tasdiqlanadi. Agarada bitimning biron-bir qismida kelishuvga erishilmasa. Bitim amalga oshirilmaydi.
- yechimga erishish vaqti deb 2010 yil fevral belgilandi. Muzokaralar boshlanganida, kiprlik turklarning boshlang‘ich maqsadi 2008 yilning yakuni edi, keyinroq bu muddat 2009 yil iyuniga, ya’ni yevro-parlamentga saylovlar paytiga ko‘chirildi. Bundan so‘ng rahbariyat mazkur kontekstda qaror qabul qilish mumkin emasligini tushundi va shuning uchun bu muddat yana surildi. ShKTR 2009 yilning oxiri yoki 2010 yilning boshida natijaga erishmoqchi edi, endi esa, 2010 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar ijobiy natijaga ega bo‘lsa, qaror 2010 yil aprelda bo‘lib o‘tadigan ShKTR prezidentining saylovlarigacha hal qilinishi rejalashtirilmoqda. 2010 yil fevralidan so‘ng ShKTR va Kipr respublikasi Shimoliy-kiprda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun muzokaralarni to‘xtatishni nazarda tutyapti.
Erishilgan natijalar:
mintaqada neftni izlash va qazib olish bo‘yicha bahslar;
Janub va Shimol o‘rtasida yangi punktni ochilishi;
ShKTR va Kipr respublikais o‘rtasida yangi uzunligi 6 km bo‘lgan yo‘l qrilishiga tender;
Turkiy kipr va Janubiy kipr prezidentlari tomonidan BMTning bosh ofisida “tinchlikning” zaytun daraxtini ekilishi;
ShKTR prezidenti tomonidan Turkiya, Shveysiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Finlandiya va Bryuselga qilgan tashrifi – kiprlik greklarga zararni qoplash tarzida 38 mln. Funtni to‘lash.
Quyida keltirilagn barcha dalillar Kiprda muammoni hal etilishining muhimligini ko‘rsatadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak Kipr muammosi Halqaro tashkilotlarda kunning masalasi sifatida ko’rilayotgan muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bu masala har ikkala tomonni ham manfaatlarini yerga urmagan holda ularning erkinliklari va huquqlarini inobatga olgan holda hal qolinishi kerk bo’lgan masaladir. Bu muammo bundan bir necha o’n yil oldin paydo bo’lgan muammo emas. Shu sababli ham uning yechimi juda katta muammoni hal qiladi hamda ikkala davlat orasidagi kelishmovchiliklarni tartibga soladi.


Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin