Туркия ва Кипр



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə2/10
tarix22.09.2023
ölçüsü267,5 Kb.
#146668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Туркия ва Кипр dip

Mavzuning dolzarbligi: Biz o’rganayotgan bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundan iboratki Turkiya va Kipr muammosi hozirgi kunda nafaqat Turkiya balki butun dunyo hamjamiyatini o’ylantirayotgan muammolardan biri sifatida ko’rilmoqda.Turkiya 1959 yildan boshlab Yevropa Ittofoqiga a’zo davlatlar qatoridan o’rin olishga harakat qilgan holda ko’plab ishlarni va islohotlarni amalgam oshirmoqda , lekin uning bu murojaatnomasini Yevropa Ittifoqi Kipr muammosi va boshqa etnomadaniy jarayondagi muammolar sababli rad etmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki Kipr muammosini hal etish butun dunyo hamjamiyatini o’ylantirayotgan muhim masalalaridan biridir. Tarixdan ma’lumki, Kipr oroli o’zining geografik o’rni jihatidan ko’plab davlatlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Shu jumladan bu orol Turklar va Greklarning manfaat va maqsadlari to’qnashgan bir hudud bo’lib kelgan. Biz ko’rayotgan mazkur ish Hozirgi kunda Kiprlik Turklarni va Kiprlik Greklarni yechimi qiziqtirayotgan kunning asosiy mavzulardan biridir.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi: Bu malakaviy ish yuzasidan ko’plab olimlar va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar hamda tadqiqot ishlarini amalgam oshirgan.Yuqorida ta’kidlaganimizdek bu masala faqat Turklar va Greklarni qiziqtirmasdan butun dunyo hamjamiyatini o’ziga jalb qilib kelgan.Shu ham har bir davrda uning o’rganilish darajasi juda yuqori bo’lgan va bu masalani barcha olimlar o’zining qizishlaridan chetda qoldirishmagan. Kipr muammosi va uning tarixi haqida O’zbek tilidagi manbalar kam. Biz bu malakaviy ishimizda O’zbek, Ingliz , Rus,Grek va Turk tilidagi manbalardan foydalanishga harakat qildik. Jumladan bu mavzuni O’zbek olimlaridan Sharqshunos olim, tarix fanlari doktori , professor, A . Qosimov3 asarlarida XX asrda Turkiyadagi iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va bir qator muammolar qatori Kipr muammosiga ham alohida to’xtalib o’tganlar.Bu manba hozirgi kunda bizning mavzuimizga taaluqli bo’lgan yagona manba hisoblanadi.Turk olimlaridan I. Reşat Özkan o’z asarida Turkiyaning tashqi siyosatdagi muammolarini atroflicha yoritib bergan. Ilhan Tekeli va Selim İlkinlar asarida Turkiya va yevropa ittifoqi orasidagi munosabatlarni ochib berishga harakat qilgan. Nihat Erim o’zining asarlarida Shimoliy kipr Turk Respublikasining tashkil topishini o’rgangan va keng taxlil qilgan. Alasya hamda Fikret Kiprning tarixini bugunini uning iqtisodiy holati va orol iqtisodining Turkiyaga bog’liq tomonlarini o’rgangan. Murat Sarıca esa ilmiy ishlarida orolning Inglizlar boshqaruvi ostida bo’lgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda etnomadaniy jarayonlardagi muammolar, ularning sabablarini o’rgangan. Erdoğan Seriç ,Özer Eskiyürtlar ma’lumotlarida Kıpr muammosi va oroldagilarning mustaqillik uchun harakatlarini to’la qonli yoritib berishga harakat qilgan. Prof.Dr Dervit Manizada esa kitobida 1983-yilda Kiprda bo’lib o’tgan tinchlik harakatlarini bayon etgan . Ahmet Gazioğlu, Murat sarıca, Erdoğan Seriç,Özer Eskiyürt, Prof.Dr Dervit Manizada , Doç. DR.Sevin Toluner va Nihat Erimlar4 o’zlarining ilmiy ishlari orqali Kipr muammosiga halqaro tashkilotlarning munosabatlari va ularning bu muammo yuzasidan olib borayotgan say-harakatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tganlar.
Ingliz olimlaridan Pierre Oberling, David Matthews va Gibbonslar5 Turkiya va Kipr oroli orasidagi munosabatlar, muammolar va ularning o’zaro aloqalari haqida ma’lumotlarni batafsil yoritib ,ochib berishga harakat qilganlar, Biz esa ularning bu ilmiy ishlaridan malakaviy ishimizning aloqador jihatlarini olib tahlil qilishga harakat qildik.
Bu mavzu o’z navbatida rus olimlarini ham befarq qoldirmagan.Chunki Turkiya o’zining geostrategic joylashuvi sababli ham Ruslarni barcha davrlarda qiziqtirib kelgan.Rus olimlaridan Старченков.Г.И 6 o’zining asarlarida Turkiyaning XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy jarayonlari va bu jarayonlarning sabab va oqibatlari haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tgan.

Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin