Туркия ва Кипр


Malakaviy ishning tarkibi



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə4/10
tarix22.09.2023
ölçüsü267,5 Kb.
#146668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Туркия ва Кипр dip

Malakaviy ishning tarkibi: ish kirish, 2 bob va 4 rejadan shuningdek, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I bob.Kipr muammosi tarixidan.
1.1 Kiprni Usmoniy Turklar tomonidan bosib olinishi.
Usmoniylar tomonidan Kipr fath qilinishidan oldin oqdengizda hokim bo’lgan davlatlarning boshqaruvi ostida bo’lgan orolning ortadaksal halqi katolik Venedik davrida kuchli bosim ostida bo’lgan. Orolning bosh yepiskopi maqomidan olinib bir qishloqqa surgun qilingan .Bu qiyinchiliklardan faqatgina Usmoniylarning odil boshqaruvi sababli qutila olishlari mumkinligiga ishongan boshyepiskov Ichil begi yordamida Usmoniylarga murojaat qilgan va Kiprni fath qilinishini so’ragan. Bu murojaat kiprning fathini yanada tezlashtirgan.
1570-1571 yillarda 50.000 qurbon evaziga Kipr oroli Usmoniylar tomonidan fath etilgan. Kipr fath qilingandan keyin Kiprda aholi hisob-kitobi o’tqazilgan. O’shanda Kiprdagi 150.000 yerli aholining 30.000gini Turk askarlari tashkil etgani aniqlangan. Bundan tashqari orolga 5720 ta oila qurol-yarog’i barcha asbob-uskunalari bilan surgun qilingan . Demakki, hozirgi Kiprlik Turklarning ajdodlari o’sha vaqtda orolda qolgan Turk askarlari hamda ko’chirib keltirilgan dehqonlar bo’lishi mumkin.
Kipr orolida Turklarning hukumronligi davrigacha ham Turklar bilan savdo va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Jumladan savdo-sotiq , qarindosh urug’chilik masalalarida iliq aloqalar o’rnatilgan. Sharqiy oqdengizdagi muhim bir yerni ishg’ol etgan xristian qal’asi Kiprning Turklar tomonidan fath qilinishi Xristian dunyosida yaxshi kutib olinmagan . Shu sababli ham orolni Turklardan tortib olish uchun xristianlar harakat boshlashadi. Kiprga avval Rossiya keyin esa Fransiya tomonidan ham missionerlar jo’natiladi. Bu missionerlik harakatlari o’ttiz yildan keyin o’z ta’sirini ko’rsatishni boshlaydi va 1600-yilda boshyepiskov Savay Duku Sharl Emanuelga murojaat qilib yangi yil kechasi oroldagi barcha turklar uyquda ekan Yunonlar tomonidan bosqin uyushtirilib qatl qilinishini va Dukning orolga askarlarini yuborib orolni Usmoniylardan qaytarib olishlarini so’ragan. Duk bu ishni qilishdek jasoratni topa olmagani sababli bu taklifni rad etgan . 1664-yilda boshyepiskov Nikifor shu ma’nodagi bir taklifni Venedik Dogega ham bildirgan, ammo bu urunish ham bekor ketgan.7
1571-yilda Kipr fath qilinganidan so’ng Lefkosha markaz bo’lib shakllangan va beylarbeyligi tashkil topgan. Baf, Maguza va Girna esa sanjaq beklari tomonidan boshqarilgan. Zamona zayli o’zgarishi bilan juda ko’p o’zgarishlar amalgam oshirilgan . Usmoniylar imperiyasini parchalash uchun Chor rossiyasi tomonidan 1814-yilda tashkil etilgan “Filiki Eteriya” 1894-yilda bu nom “Etniki Eteriya” ga o’zgartirilgan.
“Filiki Eteriya”da qabul qilingan rejani amalga oshirish uchun bir nechta isyonlar uyushtirilgan bo’lib, bularning eng muhimi 1821-yilda bo’lgan isyondir. Aynan o’sha yili Istanbul patriki ham isyon ko’targan. Kipr boshyepiskofi va isyonchilar qo’lga olinganlar va o’lim jazosiga mahkum qilinganlar. Bu hukum o’z vaqtida ijro etilgan. Patrik V Gregorius ham o’lim jazosiga mahkum qilingan va cherkovning shimoliy darvozasiga osib o’ldirilgan. Bu darvoza haligacha ham yopiqdir.
1821-yilda isyonlar bo’lgan davrda Filiki Eteriyaning rahbari Chor Rossiyasining yordamchilaridan biri Aleksandr Ipsilanti bo’lgan .
XIX asrda Usmoniylar Imperiyasining zaiflashuvi natijasida 1878-yilda Rus qo’shinlari YashilKo’ygacha kirib kelganlar. Ruslarning bo’g’ozlarga yaqinlashishini xoxlamagan Angliya ham harakatlarni boshlab yuboradi.Go’yoki Angliya Usmoniylar foydasini ko’zlagandek Usmoniylar bilan aloqalarini yaxshilashga va do’stona aloqalarni o’rnatishga kirishdi. Bu vaqtda Usmoniylar “dengizga tushgan xasga yopishadi ” qabilida ish tutgan va Angliyaning bu yaqinlashuvini ijobiy qarshilashgan. Ruslarning sharqda usmoniylarga qarshi hujumlari davrida Angliyaning harbiy yordamini olsh uchun Kiprda Ingliz harbiy okruglarining qarorgohlarini qurish maqsadida ba’zi shartlar bilan ya’ni Batum , Kars va Ardaxondan ruslarning chiqib ketishi bilan Kiprning o’z-o’zidan Usmoniylarga qaytib berish sharti bilan Kiprning Angliyaga berilishi qayd qilindi.
Podshoh bu shartnomani “Huquqi shahonnomaga aslo halal bermaslik sharti bilan ” sharhini qoshgan holda imzolagan. Podshoh bu sharh bilan cheklanmagan va Angliyaning Istanbuldagi elchisi Leyyarddan ham tilxat berishini talab qilgan hamda bu tilxatni olishga muvaffaq bo’lgan.1878-yil Berlin shartnomasiga ko’ra Kipr boshqaruvi 1878-yil 12-iyul kuni Angliya qo’liga o’tgan .O’sha kuni Safroniyos bu vaqtinchalik hokimiyatdan Kiprning Yunonistonga qo’shib berilishini xoxlayotganini aytgan. 8
Kipr 1878 yildan so‘ng 300 yillik Turkiyaning hukmronligidan so‘ng Angliya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Rasman orol 1923 yilda Angliya tasarrufiga o‘tdi. Kiprdagi Angliya mustamlaka hokimiyati 1960 yilgacha davom etdi. Aynan shu yilda Angliya Turkiya, Gresiya, turkiy va grek kiprliklar ikki jamoali Kipr Respublikasi va Turkiya Respublikasi haqidagi xalqaro bitimni imzoladilar.
Grek-Kipr ma’muriyati 1960 yildagi bitimlarni orol uchun yakuniy deb qabul qilmadi, aksincha Gresiya bilan birlashishga qaratilgan siyosatga to‘siq sifatida qabul qildi. Bunga bog‘liq ravishda 1963 yil 21 dekabrda turkiy kiprliklarni qirish rejasini amalga oshirila boshlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Usmoniylar Imperiyasi hukumronligi davrida Kipr orolidagi Ijtimoiy-Iqtisodiy hamda madaniy hayot o’zining yuqori cho’qqisiga yetdi desak bo’ladi.Buni biz birgina davlat boshqaruv tizimida,me’morchilikda ko’rishimiz mumkin. Usmoniylarning odil boshqaruvi ostida yashagan Kipr halqi har doim ham ularning bu odil boshqarubini ijobiy baholashmagan. O’z navbatida vaqti-vaqti bilan bilan ularga qarshi orolda norozilik chiqishlari ham bo’lib turgan. Lekin bu norozilik harakatlarini Usmoniylar qo’shini bostirishga va yana o’zlarining boshqaruvlarini o’rnatganlar.

Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin