1.2.XX asrning I yarmida Turkiya hukumati tashqi siyosatida Kipr masalasi. Turkiya hukumati boshqaruvi tarixi davriga nazar tashlaydigan bo’lsak bu davr tashqi siyosatida ko’pgina davlatlar qatori Kipr alohida ahamiyatga ega bo’lgan davlatlardan biridir. Turkiya 1923-yilda Turkiya o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin Prezident Mustafo Kamol Otaturk tashqi siyosatida Kipr alohida o’rin egallagan.
1923-yil 20-iyulda imzolangan Lozanna shartnomasi 20-moddasida yangi Turkiya Respublikasi oroldagi Angliya hukumronligini rasman tan olgan hamda o’sha kungacha rasman Usmoniylar amalda esa Angliyaning hududi bo’lgan Kipr qonuniy jihatdan ham Angliyaning hududi holiga kelib qolgab edi.
Turkiyaning Otaturk davridan boshlab amalda bo’lgan siyosatining asosiy yo’nalishi aynan shu bo’lgan. Shubhasiz 1960-yilda e’lon qilingan Kipr Respublikasining shartnomlarida ham Turkiyaning qarshilklari natijasida Lozannada tashkil qilingan va yangi Respublikada hukumronlik teng huquqli halq orasida do’stona aloqalar prinsipiga tayangan holda kelishilgan .Demak Kipr muammosi 1923-yil Lozannada qabul qilingan va 1959-1960 yildagi shartnomalar bilan himoyalangan bu nozik masalaning 1963-yilda Rum-Yunon tomoni foydasiga ajralishga xulosa qilindi. Bugun ham bu muammoning davom etayotganligining sababi ham Rum-Yunon tomonining Yevropa Ittifoqining qo’llab-quvvatlashi bilan bu masalani o’z foydalariga hal qilish yo’lidagi harakatlarining hali ham davom etayotganidir. Otaturkning va yangi Turkiya respublikasining Kipr siyosati bilan kipr Turklariga bergan ahamiyatini biz nafaqat siyosiy sohada balki ta’lim-tarbiya, madaniyat va sog’likni saqlash sohasidagi yordamlari orqali ko’rishimiz mumkin.
Otaturk davrida turkiya urushdan chiqar-chiqmaz, Lozanna shartnomasi imzolanishi bilan birinchi elchixonalaridan birini Kiprda ochgan. Darhaqiqat 1925-yilda port shaxri bo’lgan va boshqa davlat elchixonalari ham joylashgan Larnaka shaxrida ochilgan va birinchi Turk elchisi Asaf Bey 4.5 yillik muddatda orolda o’z vazifasini olib borgan.1930-yilda xizmat vazifasi tugagan Asaf Beyning o’rniga Celal Bey degan siyosatchi elchilikni qabul qilib oladi. Asaf Beyning elchiligi davrida lozanna shartnomasida belgilangan va Kipr Turklariga e’lon qilingan “Tanlash huquqi”( Hakk-I hiyar)dan foydalangan holda Turk vatandoshligida qolish va Turkiyaga ko’chib kelishni xoxlagan Kipr Turklariga katta erkinliklar yaratgan.Oliy ta’lim olishni xoxlaganyoshlarga turli xil imkoniyatlarni yaratgan.Kiprda milliy bayramlarning nishonlanishi uchun ahamiyat qaratgan.Otaturk inqiloblari bilan Kamolchilikni Kipr Turklariga keng yoyishga harakat qilgan. Misol uchun Asaf Beyning harakatlari bilan 1929 yil 15 fevralda Lefkoshada “Himaye-i Etfal” 9jamiyatining bolimi ochilgan .1925 yil 29 oktyabrda mustaqillik bayramining Asaf Bey boshchiligida nishonlanishi ham Turk muhtoriyatining Kiprdagi o’rnini belgilab beradi.
1974 yil 15 iyulda Kipr Respublikasining prezidenti arxiyepiskop Makarios boshchiligidagi noqonuniy hukumat zo’ravonlik bilan ag’darildi. Bu isyonni reaktsion grek xarbiylari “enosis”— Kiprni Gretsiyaga qo’shib olish maqsadida uyushtirgan edi . Kiprdagi to’ntarish dunyoning xamma mamlakatlarida g’azab bilan kutib olindi.10 Grek xarbiylari va NATO muayyan doiralarining Kiprni Gretsiyaga qo’shish muddaosiga Turkiya keskin qarshi chiqdi, chunki Turkiya 1959 yil fevralida Kipr Respublikasining mustaqilligi va butunligi tug’risidagi bitimni Angliya va Gretsiya bilan birga imzolagan edi. Shu bitimga asoslanib Turkiya 1974 yil 20 iyulda orol shimoliga o’z qo’shinlarini tushirdi. B. Ejevit, mojaroni bartaraf etishning tinch yo’llari qolmaganiga ishonch xosil qilganidan keyin hukumat shu qadamni qo’ydi, deb aytdi. Turkiya Kipr Respublikasining federal asosdagi mustatsilligini saqlab qolishni talab etdi. (Kipr axolisining 18 foizidan ko’prog’i turklardan iborat).
Turk qo’shinlari bilan milliy gvardiya o’rtasida boshlangan xarbiy harakatlar Gretsiya -Turkiya munosabatlarini xaddan tashkari keskinlashtirib yubordi. Turkiya qo’shinlari orolga tushirilganiga javoban Gretsiya safarbarlik e‘lon qildi va o’z qo’shinlarini Turkiya chegarasiga yaqinlashtira boshladi. Turkiyada xam xarbiy tayyorgarliklar boshlandi. 14 ta viloyatda Xarbiy xolat e‘lon qilindi, xalqaro aerodromlar yopildi va qo’shinlar jangovar shay xolatga keltirildi.
Shunday qilib, NATOning ba‘zi bir doiralari to-monidan ragbatlantirilgan grek xarbiylarining aybi bilan Sharqiy o’rtayer dengizida urush xavfi jiddiylashdi. Amerika va Angliyaning xarbiy-dengiz kuchlari Kipr rayoniga yaqin keltirib qo’yilganligi bu xavfni kuchaytirdi.
Isyon boshlangan paytdayoq grek xarbiylarining agressiyasini qoralagan Sobiq Sovet hukumati Xavfsizlik kengashidan Kipr qonuniy hukumatining huquqlarini, Kipr Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tiklash uchun hamda ajnabiy xarbiy kuchlarni oroldan chiqarib yuborish uchun shoshilinch choralar ko’rishni talab qildi. Sobiq Sovet Ittifoqining Gretsiya, Turkiya, shuningdek AQSH, Angliya va Frantsiya xukumatlari oldiga qo’ygan diplomatiya talablari Gretsiya bilan Turkiya o’rtasidagi xarbiy to’qnashuv xavfini kamaytirdi.
Sobiq Sovet Ittifoqi davlatining va bir qancha tinchliksevar davlatlarning tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashi 12 iyulda qabul qilgan rezolyutsiya barcha davlatlarni Kiprning suvereniteti, mustaxkamligi va hududiy butunligini xurmat qilishga chaqirdi. Arxiyepiskop Makarios Kiprning qonuniy prezidenti ekani rezolyutsiyada tasditqlandi va respublikaning konstitutsion tuzumi qayta tiklanishi talab qilindi.
Turkiya davlati boshlig’i bo’lgan Turg’ut O’zalning 1986-yining 2-4 iyul kunlari orasida ShKTRga rasman tashrif buyurishini bilgan Rim-Yunon boshqaruvi Buyuk Millat majlisi qattiq qarshilik qilgan va 1-iyuldan e’tiboran Kiprda rimliklar norozilik chiqishlarini boshlaganlar. Ammo, bunga qaramasdan bosh vazir Turg’ut O’zal ShKTR safarini amalga oshirgan.
Andreas Papendreu Kipr masalasining Yunon maqsadlariga mos ravishda millatlararo o’tkazilgan o’zaro uchrashuvlarda hal qilinishi kerak deya fikr bildirgan. Rim yetakchisi Spiros Kiprianou bilan oralaridagi kelishmovchilikka qaramasdan Kipr masalasida SSSR rahbarining bosh ro’lda bo’lishi va muammoning millatlararo o’tkaziladigan konfrensiyada ko’rib chiqilishini taminlash maqsadida ikki tamonlama fikrlarning bir nuqtaga kelishini kutmasdan bu muammoni Millatlararo forumda ko’rilishini taklif qilgan11.
Xulosa qiladigan bo’lsak Kipr masalasi Turkiya tashqi siyosatida har bir davrda kunning asosiy masalasi sifatida ko’rilgan va bu masalaga tegishli bo’lgan hech bir voqea yoki xodisa Turkiya hukumatini befarq qoldirmagan.Bu masalaning hal qilinishida esa turkiya hukumati rahbarlari o’z navbatida peshqadamlik qilishgan. Buni biz birgina Turklarning otasi bo’lgan Mustafo Kamol Otaturkning siyosati orqali ham ko’rishimiz mumkin.