11 – mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funktsiyalari. (2 soat) Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari bayon qilingan. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. Dinshunoslikda shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida, Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli berish (kompensatorlik), aloqa o‘rnatish (kommunikativ) va h.k. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi hamda dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti bayon etiladi.
12 – mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar. (2 soat) Insoniyatning dastlabki madaniyat o‘choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi. Ilk tabu (ta’qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik). Qadimgi Misr, Bobil va Assuriya dinlari. Antik davrda ko‘pxudolik dinlari. Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar - hinduiylikning muqaddas kitoblari. Braxmanlik ta’limotida kastalar. Konfutsiylik. Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masalalar. Daosizm - falsafiy ta’limot. Iudaizm - yahudiy milliy dini. Yahudiylik ta’limoti. Yapon milliy dini - sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari.
13 – mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar. (2 soat) Buddizmning vujudga kelishi, ta’limoti – to‘rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta’limoti - “pancha-shila”. Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va h.k. O‘zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, O‘g‘il-xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi.