Turon xalqaro universiteti


– mavzu. Islom dini va ta’limoti. (2 soat)



Yüklə 450,97 Kb.
səhifə125/134
tarix03.12.2023
ölçüsü450,97 Kb.
#172093
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
O\'quv qo\'llanma, sirtqi, 2023-2024.

14 – mavzu. Islom dini va ta’limoti. (2 soat)
Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar(a.s.) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga hijrat. Makkaning fath etilishi. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi. Qur’ondagi ezgulik, tinchlik, birodarlik, mehr-muruvvat g‘oyalari. Qur’ondagi axloqiy g‘oyalarning umuminsoniy ahamiyati. Hadislar - Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba. Hadislarda ma’naviyat, axloq-odob, mehr-oqibat masalalari. Islom ta’limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida Kalom falsafasi Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G‘azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta’limoti va tariqatlari. Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy, Hakim Termiziy va Sufi Olloyor asarlarida tasavvuf g‘oyalari. O‘zbekiston hududida shakllangan mashhur tariqatlar. O‘zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Tasavvuf ma’naviyati. Islomda huquq falsafasi. Burhoniddin Marg‘inoniy va uning “Hidoya” asari - islom huquqi bo‘yicha eng mo‘tabar manba. O‘zbekiston ulamolarining tafsir va hadis ilmiga qo‘shgan hissalari haqidagi fikrlar bayon etiladi, ilmiy tahlil qilinadi.
15 – mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. (2 soat)
Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon erkinligi. O‘zbekistonda vijdon erkinligining asosiy qonun bilan kafolatlanishi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. Diniylik va dunyoviylik muammosi, ularning uyg‘unligini ta’minlash borasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar. Ma’rifiy islomni targ‘ib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yo‘li. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash. Virtual olam tahdidlari. Internet muammosi. Kibermakon va din. Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlarga qarshi kurash. O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. O‘zbekiston rahbariyatining bu boradagi tashabbuslari va ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi tahdidi haqida fikrlar bayon etiladi, munozaralar olib boriladi.



Yüklə 450,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin