Qishloqlar va uy-joylar.
Ukiainaliklar an’anaviy manzilgohlari
turli tipdagi katta-kichik qishloqlar bo‘lgan. Ular ko'cha bo‘ylab,
311
radial yoki tarqoq hovlilardan tashkil topgan. Ukrain qishloqlari
obodonligi, tozaligi, dekorativ va mevali daraxtlar, gullar, mevali bu-
talar serob bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
Dehqonlar uylari loydan yoki yog‘ochdan kesib qurilgan, ichi va
tashqari suvalib oqiangan. Odatda uylar 1-3 xonali tuproqli pol va
to‘rt tomonga yomg‘ir oqadigan qilib, usti somon, qamish yoki chim
bilan yopilgan. Ko‘p xonali murakkab rejali uylar posyolkalar, kazak-
lar stanitsalari uchun xususiyatli bo‘lgan.
Hovli ochiq bo‘lib, unda turli xo‘jalik binolari - ombor, mehnat
qurollari saqlaydigan saroy, yozgi oshxona, yerto‘la, mollar uchun
og‘ilxona, bog‘-poliz livadasi (o‘tlog‘i) bilan joylashgan. Hovlilami
bir-biridan novdalardan to‘qilgan devor ajratib turgan.
Taomlari.
Ukrainlar taomlari asosini o‘simlik va un mahsulotlari
tashkil qilgan. Baliq ancha ko‘p ishlatilgan, sababi go‘shtli taomlarni
dehqonlar va shahar aholisi bayramlardagina iste’mol qilishgan. Mol
go‘shtiga qaraganda cho‘chqa go‘shtini xush ko‘rganlar. Go‘shti va
yog‘ni turli taomlarni tayyorlashda ishlatganlar. Bayramlarga kol-
basa, golubsi va boshqalami tayyorlaganlar. Go‘shtni uzoq saqlash
uchun tuzlab, muzlatganlar.
Ukrainaliklar xamirdan turli tvorogli vareniklar, kartoshkali, ol-
chali bo‘g‘irsoqlami ajoyib tarzda tayyorlaganlar. Ukraina borshi
qizil lavlagi, karam va boshqa sabzavotlar, cho‘chqa go‘shti, yog‘i
solib tayyorlangan. Kundalik taomlar qatorida sut, sariyog‘, qatiq,
bochkalarda tayyorlangan tuzlangan tvorog (sir), nonni bug‘doy va
suli unidan ko‘ptirilgan xamirdan yumaloq yoki cho‘zinchoq shakl-
da qilib pishirilgan: xamirturushli yoki u solinmagan xamirdan turli
piroglar, pampushka, korj, nalisniklar, quymoqlar tayyorlashgan. Non
mahsulotlari oilaviy va taqvimiy marosimlarda katta o‘rin tutgan. U
mehmondo‘stlik, to‘kinlikning ramzi bo‘lib, har bir ushog‘ini uvol
qilmaslikka intilishgan.
Ukrainlaming sevimli ichimligi kvas. Quritilgan mevalardan
kompot ham tayyorlashgan. Ko‘pchilik uy sharoitida turli spirtli
ichimliklar, xususan, araq, samogon (gorilka) qilishgan. Ukrainlarda
312
XIX asrdan choy ichish an’anasi shakllanadi. Choy o‘miga yalpiz,
na’matak, smorodina va boshqa mahalliy o‘simliklardan damlashgan.
So‘nggi paytlarda boshqa xalqlardan chuchvara, belyashi, palov,
beshbarmoq, sho‘rva, kabob kabi taomlarni о4 zlashtirishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |