Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Zamonaviy Ukraina aholisi tarkibidagi etnik guruhlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Zamonaviy Ukraina aholisi tarkibidagi etnik guruhlar. 
Ukrai- 
nada 130 dan ortiq millat, xalq, elat vakillari yashaydi. Ular orasida 
eng ko‘p sonlisi ruslardir.
Qrim va Xerson viloyatlarida ko‘plab qrim-tatarlari yashamoqda. 
Ular turkiy tilli (xazar, qipchoq, mo‘g‘ul va boshqalaming) qabi- 
lalarning mahalliy tavrlar, kimmeriylar, alanlar bilan aralashuvidan 
shakllanganlar.
Siganlar XV asrdan Yevropada ko‘chib yurib Ukrainaga XVII 
asrda kelib qolgan. Xerson, Zaparojye, Odessa viloyatlarida, Qrimda 
yashaydilar.
Yahudiylar - yid, ayid. Tillari ivrit. Ukraina yahudiylari bugungi 
kunda rus va ukrain tillarida so‘zlashadilar.
17.3. Moldova
Umumiy ma’lumotlar. 
Moldova Respublikasi deyarli to‘liq 
Dnestr va Prut daryolari oralig‘ida joylashgan. Faqat Pridnestrovye 
rayoni Dnestming chap sohilida bo‘lib, unda moldovanlar, ukrainlar, 
raslar aralash yashaydi. Moldovaning shimolida ukrainlar Beletsk 
dashtida, Kodri o‘rmonli adirlarida - moldovanlar va Bujak (turkcha -
burchak)-gagauzlar joylashgan.
315


Hozirgi Moldovaning tarixiy nomi Bessarabiya, Moldova toponimi 
esa Bessarabiyaning g‘arbiy Prutdan Karpat tog‘larigacha yerlari nom- 
langan. Bessarabiya uzoq asrlar Usmoniy turklar ta'sirida boigan.
Buxarest shamomasiga ko‘ra (1812) Bessarabiya Rossiya tarkibi- 
ga, Prutorti Moldovasi (Moldova knyazligi) Valaxiya bilan birga 
1859-yili hozirgi Ruminiyaga qo‘shilgan.
XX 
asr davomida Moldova taqdiri bir necha marta keskin 
o‘zgargan. 1918-yili uni Ruminiya egallaydi. SSSR 1940-yil Bessara- 
biyani qaytarib Moldova Sovet Respublikasini tuzadi. Moldova 1991- 
yil mustaqillikka erishib, bugungi kunda Yevropa hamjamiyatiga 
kirish harakatida.
Aholining etnik tarkibi. Moldovanlar etnogenezi. 
Moldova 
hududi qadim zamonlardan Qora dengiz bo‘yi dashtlaridan Bolqon 
yarimoroliga migratsiya yo‘lida joylashgan.
Mil. aw . II—I mingyilliklarda bu hududda frakiyaliklarga yaqin 
dehqonchilik qabilalari yashagan. Gerodot davrida (mil. avv. V asr) 
bu hududda skiflar, Strabon davrida (I asr) o‘zaro qarindosh get va 
dan qabilalari, sarmatlar (eroniylar) joylashgan.
Dastlab rimliklar milodiy II asr oxirida gotlar, IV asrdan xunn- 
lar, so‘ng turkiy qabilalar - bijanaklar, qipchoqlar, tatarlar kelib 
o‘mashgan. Moldova orqali turkiy bulg‘or qabilalari Bolqonga, 
madyarlar (hozirgi vengerlar ajdodlari) Pannoniyaga o‘tganlar.
Vlaxlar etnik jamoasi frakiylar-romanlar aralashuvidan vujudga 
keladi. Ulardan XIV-XV asrlarda moldovanlar ajralib chiqqanlar.
Antropologik jihatdan moldovanlar o‘rta bo‘yli, yumaloq bosh
qora soch va ko‘zi qora. Eng zich yashaydigan joy lari Kodri. Moldo­
vanlar soni 3,5 mln.ga yaqin.
Moldova tili roman til guruhining sharqiy shoxobchasiga kirib, 
xalq lotin tili asosida shakllangan. Adabiy moldova tili XVII asrda 
vujudga kelgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin