Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Moldovanlar qo‘shnilari. 
Moldovaning shimoliy rayonlarida 
yashaydigan ukrainlar o‘zlarini rusnaklar deb atashadi. Ulaming aj­
dodlari zaporojyeliklar boigan deyishadi.
316


Moldovadagi ruslar krepostnoy qaramlik, og‘ir soliqlar, pomesh- 
chiklar tayziqi tufayli XVII asr oxiridan qochib kelganlai avlodlaridir.
Gagauzlar Moldovaning janubida yashaydigan turkiy aholi, ular- 
ning umumiy soni 120 ming, undan 150 mingi Moldovada yashaydi. 
Olimlarning fikricha, gagauzlarning ajdodlari qipehoqlar va bijanak- 
lar bo‘lgan. Tillari turkiy tillar guruhimng o ‘g‘uz kichik guruliida
dini bo‘yicha pravoslavlar.
Siganlar Moldovaga XV asrda kela boshlagan. Temirchilik, taqa- 
chilik, musiqa, raqslar bilan shug'ullanganlar. Moldovada yana bol- 
garlar va yahudiylar ham yashaydi.
Moldovaliklar xo‘jalik mashg‘ulotlari. 
Donli ekinlardan Moldo­
vada makkajo‘xori yetakchi o‘rinda. Bu ekinning Dunaybo‘yi knyaz- 
liklarida joriy etilishini Kantakuzin nomi bilan (XVII asr) bog‘lanadi. 
Makka moldovanlarda keng tarqalib, undan quyuq bo‘tqani щаша- 
liga kesib non sifatida yeyishadi. Uni odatda brinza bilan yeyishadi.
Uzum yetishtirish bilan antik davrdan shug‘ullanishadi. Vinoni 
turli marosimlarda ichishgan. Vino orqali o‘tgan ajdodlar bilan ramziy 
aloqa o‘matilgan.
Uy-joylar. 
0 ‘tmishda moldovanlar uylari devorlari somon va mol 
go‘ngi qo‘shib tayyorlangan g‘ishtdan qurilgan. Uyning tomi somon 
yoki qamish bilan yopilgan. 0 ‘rmonli hududlarda an’anaviy qurilish 
ashyosi yog‘och bo‘lgan. Uyning old qismi moldovanlarda kase-mare 
(katta uy) deyilgan. Uyning ichi va tashqarisi ohak bilan oqlangan. 
Uyning ichki qismi gilam (devor va polda)lar bilan bezatilgan. Zamo­
naviy uylar g ‘ishtdan, toshdan, shlakobetondan va boshqa ashyolar- 
dan qurilmoqda.
0 ‘tmishda qo‘shnichilik jamoasi an’analari kuchli bo‘lgan mol- 
dovan qishloqlarida uyni butun qishloq ahli ko‘magida qurilgan. 
Odamlar hasharga bayramga borgandek borishgan. Klaka deb nom- 
langan ommaviy hasharlar boshqa tadbirlar, jumladan makka donini 
tozalashda ham qo‘llanilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin