Kiyimlar. An’anaviy ukrain kiyimlari chiroyli va nafis bo‘lgan.
Ayollar kiyimi - tunikasimon ko‘ylak XX asming boshlariga qadar
ham uy, ham ko‘cha kiyimi hisoblangan. Tikilmagan, dergi deb nom-
langan kiyimning o‘mini XIX asrda tikilgan yubkalar almashtiradi.
Havo sovuq paytda yengsiz nimchalar - korsetka, kiptari kiyishgan.
Bayram kiyimi barcha viloyatlarda plaxta bo‘lib, u ikki uzun, uyda
to‘qilgan katak jun matodan kashtalangan kiyim (yopinchiq) bo‘lgan.
Qizlar sochlarini uzun qilib o‘rib, so‘ng boshi atrofida o‘raganlar.
Sochlarini tasmalar, gullar, bilan bezashgan. Ayollar bosh kiyimlari -
chepchiklar (ochipki) bo‘lgan, sochiqsimon bosh kiyimlari: namitki,
obrusi, ro‘mollaming turli ranglilari, hajmi, bog‘lashusullari bo‘lgan.
Ayollar kiyimlari zeb-ziynatlar: bilaguzuklar, sirg‘alar, bo‘yin,
ko‘krak taqinchoqlar, munchoqlar, tangalardan yasalgan - monisto va
boshqalar bo‘lgan.
Erkaklar kiyimida sorochka (ko‘ylak) ingichka tik kashtali, tasmali
yoqali etagi, keng yoki tor ishtonga kiritilgan, yengsiz nimcha va tasma
beldan tepada kiyilgan. Bosh kiyimi yozda somonpoyadan bril - shlyapa,
qolgan paytda kiygizdan yoki qorako‘l teridan silindr shaklidagi telpak
kiyilgan. Ko‘plab ukrain qishloqlarida yaqin paytlargacha an’anaviy
baland qo‘zi terisidan telpak (kuchma), qishki quloqchin kiyilgan. XIX
asr oxiridan kartuz, keyinchalik kepka tarqaladi.
Kuz-qish faslida erkaklar ham, ayollar ham rus kaftaniga o‘xshash
uzun uyda to‘qilgan oq, qo‘ng‘ir yoki qora movutdan svita va opan-
cha deb nomlangan kiyim kiyishgan. Yomg‘irda kapyushonli koben-
yak, qishda uzun po‘stin - kojux kiyishgan.
Eng keng tarqalgan oyoq kiyimi bir bo‘lak charmdan tikilgan chere-
viki - tufli yoki botinkalar bo‘lgan. Polesyeda lichaki - choriq kiyish
gan. 0 ‘ziga to‘q aholi choboti - etik kiygan. Ukrainada fabrikada tikil
gan charm poyabzal XIX asr oxiridan boshlab ommalasha borgan.
313
So‘nggi yillarda ukrainlar identifikatsiyasini kuchaytirish uchun
milliy kiyimlami tiklashga, bayramlardakiyishgaharakat qilinmoqda.