Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Antropologik tipi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

308


Antropologik tipi. 
Ukrainlar yevropeoid irqining dnepr-karpat 
guruhiga kirib, ular boshqa slavyan xalqlariga nisbatan qora pigmen- 
tatsiyasi va nisbatan keng yuz tuzilishi bilan farqlanishadi. Ukrainlar 
ichida ko‘pchilikning bo'yi o rtachadan baland. Ko‘zlari yorqinlari 
qora ko‘zlilarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qora sochlilar aholining 
yarmiga yaqinini tashkil etadi.
Tillari. 
Hind-yevropa til oilasining slavyan tillari guruhidagi, 
ukrain tilida so'zlashadiiar. Uchta: shimoliy, janubiy-g‘arbiy vajanu- 
biy-sharqiy shevaga bo‘linadi. Ukrain tilidagi yozuv XIV asrda kiril- 
litsa asosida vujudga keladi. XX asr davomida ukrainlarda til assimi- 
latsiyasi va rus tilini joriy etish kuchayib borgan,
Mustaqillik e ’lon qilingandan so‘ng (1991) ukrain tilining ijti- 
moiy hayotdagi o‘mi kengayib bormoqda. 1996-yilgi konstitutsiyada 
ukrain tili yagona davlat tili deb e ’lon qilindi. Bu qonun rus tillik 
aholiga ma’qul kelmadi.
Etnonimning kelib chiqishi. 
Ukrainlar nomi «Ukraina» topo- 
nimidan olingan. Qadimgi rus yerlarining janubiy va janubiy- 
g‘arbidagi hududlar XII-XIII asrlarda, Ipatyev yilnomasida (1187) 
«chekka hudud», «chegara hudud» nomlari bilan atalgan. Kraina -
ukrainliklar etnonimi XVI1-XVIII asrlardan keng tarqaladi. Undan 
tashqari, «kazak», «malorossiyalik» va boshqa atamalar ham uchraydi.
Ukrain etnosining shakllanishi va joylashish bosqichlari.
Ukrain etnosining shakllanishida sharqiy slavyan qabilalari - drev- 
lyanlar, volinlar, severyanlar, ulichlar, tiverlar, buksanlar, oq xorvat- 
lar ishtirok etgan. Bu qabilalar IX-XII asrlarda Kiyev Rusi davlati 
hududi bo‘lgan.
Ukrain elatining vujudga kelishi taraqqiyoti chet bosqinchilar hu- 
jumlari: XI-XII asrlarda venger feodallari, XIV asr o‘rtalari - XV 
asming birmchi yarmida polsha va litvaliklar, XVI asrda turk sulton- 
lari bosqinchilari davomida bo'lgan.
XV asrda janubiy-g‘arbiy hududlarda zaporojye kazaklari etnik 
gumhi shakllanib, ular o‘z davlatlari - Zaporojye Sechini tuzadilar.
309


Chet bosqinchilar bilan XVI -XVII asrlarda davom etgan kurash 
ukrain xalqining birlashuvini kuchaytiradi. Getman B.Xmelnitskiy 
1654-yili Pereyaslavl radasida Ukrainaning Rossiyaga qo‘shilishini 
e ’lon qiladi. Asr so‘ngiga qadar Ukrainaning chap sohili ham Kiyev 
bilan birgalikda Rossiyaga o‘tadi. Pyotr I va Yekaterina II lar davri- 
da getmanlar hokimiyati bekor qilinib, o‘mida Rossiya imperiyasi 
tarkibidagi viloyatlar (gubemiyalar) tuziladi. Ukraina etnik tarixida 
XVIII-XX asrlar aholining migratsiyasi va dunyoning turli qit’alari 
va mamlakatlarida ukrainlar diasporasining vujudga kelishi bilan xu- 
susiyatlanadi. Hozirgi kunda respublikadan chekkada 15 mln.dan or- 
tiq ukrainlar yashaydi.
XVIII-XIX asrlar chegarasida zamonaviy yangi ukrain adabiy tili 
shakllanadi. XIX-XX asrlarda T.Shevchenko, I. Franko, L. Ukrainka 
va boshqalar ukrain adabiyotini butun dunyoga tanitadilar.
Inqilobdan so‘ng 1917-yil 20-noyabrda Ukraina Xalq Respublika- 
si tuziladi, 1922-yili SSSR tarkibiga kiritiladi. Germaniya bilan shart- 
noma asosida 1939-yil 1-noyabrda G ‘arbiy Ukraina SSSR tarkibiga 
qo‘shilib, Ukrainaga beriladi. 1945-yil 29-iyunda Chexoslovakiyadan 
Zakarpatye hududlari Ukrainaga olib beriladi. 1954-yili Rossiya 
tarkibidagi Qrim oblasti Ukrainaga o‘tkaziladi.
XX 
asrning 60-80-yillarida shoirlar R Tichina, kinodramaturg 
A. Dovjenko, olimlardan geokimyogar V.Vemadskiy, kosmik raketa- 
lar kashfiyotchisi S. Korolyov va h.k.lar ijod qilganlar.
1991-yildan Ukraina mustaqil davlat. 2014-yil Ukrainada navbat- 
dagi inqilob hokimiyatga RPoroshenko boshchiligidagi radikallarni 
keltirib, ular Yevropa hamjamiyatiga va NATOga kirishni asosiy vazi- 
fa deb e ’lon qildilar. Ushbu vaziyatda Rossiya Qrimga qo‘shin kiritib, 
referendum o‘tkazib o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Rossiya aralashuvida 
Donetsk va Lugansk viloyatlarida tan olinmagan respublikalar e’lon 
qilinib, ular va Ukraina qo‘shinlari orasida lokal urushlar bir necha 
yillardan buy on davom etmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin