langan
shahar mavzelari, qismlari bugungi kunda yaxlit uyg'uniik
namoyon etadigan loyihalarda davom ettirilmoqda. Eski shaharlar
markazida cherkov (kostel), ratusha va kamensh - pishgan g‘ishtdan
uylar bo‘lsa, chekka joylarda yog‘och uylar aksari ko'pchilikni tash-
kil qilgan.
XX asrda Belamsda eski shaharlar kengayib, yangi
shaharlar, sha
har posyolkalari bunyod etildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin belarus-
lar qishloqlaridan shaharlarga (ayniqsa, yoshlar) ko‘chib keta boshlay-
dilar. Urushda deyarli barcha shaharlar vayron bo‘lgan, ulami tiklash
davomida zamonaviy me’morchilik
loyihalari, qurilish ashyolarining
ishlatilishi, ma’lum darajada unifikatsiyaga ham olib kelmoqda. Bu
gungi kunda Belarus aholisining ko‘pchiligi shaharliklardir.
Uy-joylar.
An’anaviу belarus uylari - xata yumaloq yog‘ochdan
qurilib, ichini loy bilan suvashgan. Aksari ikki tomonlama qurilgan.
tomni somon, qamish
yoki chim bilan yopishgan, tashqi tomondan
uy boy ornament yog‘och o‘yrnakorligi elementlari bilan bezatilgan.
Tuproqdan bo‘lgan pol, XIX asr oxirida mamlakat janubida taxta pol-
ga almashtiriladi. Janubda ukrainlarnikiga o‘xshash devor g ‘ishtdan
qilinib, suvalib, ohak bilan oqqa bo‘yalgan uylar ham uchragan.
Uyning tarhi bir yoki ikki xonali, yonida xo‘jalik ehtiyojlari uchun
qo‘shimcha xona bilan yoki uch xonali qilib qurilgan.
Dostları ilə paylaş: