17-BOB. BELARUS, UKRAINA,
MOLDOVA XALQLARI
Sharqiy Yevropaning o’rta qismida uchta slavyan xalqi - rus
lar,
ukrainlar, belaruslar yashab, butun tarixiy
taraqqiyoti davomida
o‘zaro hamkorlik qilib kelgan. Ulaming janubiy-g‘arbida moldova-
liklar yashaydi.
17.1. Belarus
Umumiy tasnif. Joylashishi, belaruslar soni.
Belarus
Sharqiy
Yevropa pasttekisligining g‘arbiy qismida, Yuqori Dnepr, Soj, Pri-
pyat, G‘arbiy Dvina, Neman daryolari havzasida joylashgan.
Belarus Respublikasida 2019-yilgi ma’lumot bo‘yicha 9,5 mlri.
kishi yashab, ulaming 4/5 qismini belaruslar tashkil qiladi. Ros
siya, Polsha, Ukraina, Qozog‘iston, AQSH, Kanada, Litva, Latviya,
Angliya, Fransiya va h.k.larda ham belaruslar diasporalari bor. Belar-
uslaming dunyo bo‘yicha soni 11 mln. kishi atrofida.
Til tasnifi.
Hind-yevropa til oilasining sharqiy slavyan til guruh
iga kiradi. Tilning fonetik o‘ziga xosliklari XVI asrda shakllangan.
Bugungi kunda Belamsning barcha aholisi
ikki til - belarus va ms
tillarini erkin ishlatadilar. Aholi ro‘yxatida 73,7 % aholi belarus tilini,
21,9% rus tilini ona tili deb ko‘rsatgan.
Antropologik tipi.
Boshqa slavyan xalqlari singari yevropeoid
irqiga mansub, xususiyatlari badanining sertukligi, yuzining gorizon-
tal profilligi, iyagining zaif rivojlanganligidir.
Etnonimi.
Belaya Rus toponimi XIV-XVI
asrlarda hozirgi res-
publikaning asosiy hududiga nisbatan ishlatilgan. Ayrim tadqiqotchi-
lar Belaya Rus «erkin» yoki «yorqin» davlatning mo‘g‘ullarga, litva
knyazlariga bo‘ysunmagan hududni anglatgan deyishadi. XVIII asr
dan belaruslar etnonimi barcha aholi tomonidan o‘z nomi sifatida qa-
301
bul qilinadi. Ayni vaqtda belarus-ukrain aholisi aralash guruhlarni -
pole-
shuk, litva, belams, aralash aholiga nisbatan litvin va h.k.lar mahalliy
sharoitlarda ishlatilgan.
Belaruslaming barcha hududlariga nisbatan «Belarus» nomi 1922-
yili sobiq Ittifoq tarkibida Belarus Respublikasi tashkil etilganidan
so‘ng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: