Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

16.5. Oila va jamiyat
Slavyanlarda yirik oilalar uzoq payt saqlangan. XIX asr oxiri -
XX asr boshlarida ularda ikki xil oila turi: kichik (oddiy) oila - er-xo- 
tin va ularning turmush qurmagan farzandlaridan va yirik (murakkab) 
oila mavjud b oiib, unga bir necha er-xotin va ularning farzandlari 
birlashib (janubiy slavyanlarda - zadruga, g ‘arbiy slavyanlarda - ne- 
delni rodina, nedelni bratya yoki velke gazdovstvo) deb nomlangan.
Slavyan xalqlarida katta oila qarindoshlar jamoasida 30, ba’zida 
50 tagacha va undan ham ko‘p kishini birlashtirgan. Xo‘jalikni tash­
kil qilish, uy sharoitida, udum-marosimlarda qat’iy iyerarxiyaga 
rioya qilingan. U yoshi eng ulug‘ erkak boshchiligida kichik ukalar- 
ning unga bo‘ysunishida namoyon boigan. Eng yoshi katta erkak oila 
mulki egasi, uyda xo‘jayin boigan. Oilada uy bekasiga ham ehtirom 
ko‘rsatilgan. Века uydagi barcha yumushlami boshqargan, oiladagi 
xotin-qizlarga ishlar taqsimlangan. Eng qiyin vaziyat kichik kelinda 
boiib, unga o g ir yumushlar yuklatilgan. Bolalar kichik yoshidan 
mehnatga o'rgatilgan. Ularga kattalarga quloq solish, ulami hurmat 
qilish uqtirilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, shaharlar va sanoatning yuksalishi 
yirik patriarxal oilalaming boiinishi, kichik monogam oilalaming
293


ajralib chiqish jarayoni xorijiy slavyanlarda ham murakkab kechgan. 
Bu jarayon slavyanlarda ham nikoh yoshining o‘sishi, tug‘ilishning 
pasayishiga olib keladi.
Qon-qarindoshlik munosabatlarida xristian diniga xos farzan- 
dni cho‘qintirganda bolaning «kryostniylari» - ota-onasi tanlanib, 
ular ushbu oilaga butun umr yaqin bo‘lib qoladilar. Bu sun’iy qa- 
rindoshlik qon-qarindoshlikka qiyoslanib, hatto kumlar farzandlari- 
ga o‘zaro nikoh ham taqiqlangan. Kum an’analari shaharlarda ham 
saqlangan. M a’naviy qardoshlikka Serbiya, Chemogoriya va Make- 
doniyada tarqalgan xranenchestvo odati ham kiradi. U Kavkazdagi 
otaliq odatiga yaqin bo‘lib, farzandsiz oila qarindoshlaridan birining 
farzandini kichikligida olib boqqanlar. Janubiy slavyanlarda o‘g‘il 
bolalaming «birodarlik», «inilik», qizlami «ора-singillik» ittifoqla- 
rini tuzish an’anasi bo‘lib, bu xildagi kelishuvdan keyin, ya’ni qarin- 
doshlar bir-biriga har qanday yordamni berishiga tayyor bo‘lishlarini 
ta’kidlashgan. Bunday kelishuv, ittifoqlar turklar hukmronligi pay- 
tida, odamlar o‘zaro qoilab-quw atlashga muhtoj boiganlarida ay­
niqsa keng tarqalgan.
Janubiy va G‘arbiy slavyanlarda o‘tmishda nikoh ota-onalar ixtiyori 
bilan tuzilgan. Bu tadbirda iqtisodiy omil yetakchi o‘rin tutgan. Nikoh 
to‘ylari kuzda hosil yig‘ib olingandan so‘ng va bahorda - maslenitsa 
bayrami paytida o‘tkazilgan. Konfessial tafovut nikohning tuzilishiga 
to‘siq boiishi mumkin edi. Kuyovning yaqin qarindoshlari qiznikiga 
borib, uning oilasi bilan tanishib, ikki tomonning imkoniyatlarini cha- 
malaganlar. Bir necha kundan keyin kelinni ko‘rishga borilgan. Ikki 
tomon bir-biriga ma’qul tushsa, fotiha qilingan. Shundan so‘ng nikoh, 
kelinning sepi masalasi muhokama qilingan. Kelishilsa kelin-kuyovlar 
uzuk va sochiq almashganlar. Slavyanlarda kuyovga gul berishgan, bu 
gulni u o‘z shlyapasiga taqib olgan. Ba’zi joylarda kelishuv paytida 
kelin-kuyovlar qo‘llarini nonga qo‘yib, tantanali birlashtirganlar. Bol- 
gariyada kelishuv ikkita: kichik va katta ko‘rinishda o‘tkazilgan.
Nikoh to‘yi arafasida yigit do‘stlariga, kelin dugonalariga bazm 
qilib erkin hayot bilan xayrlashadilar. Qizlar bazmida kuyovga
294


to‘y bosh kiyimi tayyorlashgan. Kuyovnikida marosim nonlari uc­
hun xamir qorilgan. Bu ishlaming barchasi marosim qo‘shiqlari bi­
lan hamohang olib borilgan. Yoshlaming to‘yga xarajati ko‘pincha 
yoshlaming ota-onalari imkoniyatidan yuqori bo‘lgan. Natijada bu- 
tun qishloq ahli qo‘shnichilik yordamini ko‘rsatishadi. To‘yga butun 
qishloq aholisi taklif etilgan. Kuyovjo‘ralar uylanmagan yigitlar- 
dan, kelinning dugonalari turmushga chiqmagan qizlardan tuzilgan. 
To‘yda qizning «diniy onasi» (kryostnaya) katta o ‘rin tutgan.
Tantanalami oqsoqol - barcha hurmat qiladigan, uylangan kishi 
boshqargan. Cherkovda nikoh tadbiri o‘tkazilib, qaytilganda kelin-ku- 
yovning ustiga qaynona don va gullami sochgan. Bu yoshlarga to‘kin 
va farovon hayot ta’minlashi lozim edi. Yoshlar kuyovnikiga kirishlar- 
ida oq sochiq to‘shalgan, so‘ng o‘choq yoniga borishgan. Unga kelin­
ning qo‘lini tekkizish yangi joyigata’zimni anglatgan. To‘y marosimida 
ma’lum afsungarlik udumlari ham bajarilgan. Bu urf-odatlar yoshlarga 
sog‘liq, farovonlik va farzandlar ato etishi lozim bo‘lgan.
Xorijiy slavyanlarda nikohning boshqa turlari ham uchragan. Jum­
ladan, kelinning ota-onasi rozi bo‘lmagan holda kuyov kelinning o‘z 
uyiga olib ketishi. Bu holda kuyov tomon ortiqcha tantanalarsiz to‘y 
marosimini o'tkazgan. To" у dan so'ng kelin ota-onasidan uzr so‘rab 
yarashib olgan. Odatda kambag‘allar shu xildagi nikohiar o‘tkazishga 
majbur bo‘lishgan. Xorijiy slavyanlarda kelinni olib qochish hollari 
ham bo‘lgan. 0 ‘tmishda kelin ray bermasa, kuyov o‘rtoqlari bilan 
uni o‘g‘irlashi mumkin edi. Hozirgi kunda qishloq to ‘ylariga shahar 
to‘ylari katta ta’sir o‘tkazmoqda.
Oilaviy udumlardan biri marhumlami xotirlash bilan bog‘liqdir. 
Bu borada slavyanlarda ko‘plab sehrgarlik udumlari xristianlikdan 
oldingi dinlar bilan bogMiq elementlami uchratish mumkin. Marhum 
yuzi bilan oynaga tomon qarab yotishi, o‘lim uni darhol ko‘rishi 
lozim degan udumdan shakllangan. Marhum uyda bo‘lgan paytida 
hech qanday xo'jalik yumushini bajarish mumkin bo‘lmagan.
Dafnda qishloq, mavze aholisi qatnashgan. Qabristondan qay- 
tib marhumni eslash, xotirlash tadbirini o‘tkazishgan. Ishtirokchi-
295


lar bu tadbirda marhum qatnashishiga ishonib, unga bo‘sh o‘rindiq 
qoldirishgan. Marhumni xotirlash kunlari, xususan, qirqida, yilida qa- 
rindoshlari qabristonga qaynatilgan bug‘doy (bolg. zadushnitsa) olib 
borishgan.
Serblar va boshqa janubiy slavyan xalqlari (ham qishloq, ham sha­
har aholisi) hozirga qadar oilaning muhim - «Shuhrat» bayramini ni- 
shonlaydilar. Ehtimol, bu udum oila-urug‘ kulti boigandir, unda xris- 
tianlikka qadar diniy tasavvurlar elementlari saqlangan. Ushbu bayra- 
mda sham, maxsus non (kalach) va kolivo (bug‘doy donlaridan bo‘tqa) 
tayyorlanadi. «Shuhrat» bayramini nishonlash avliyo - oila homiysiga 
bag'ishlangan. Bolgariyada ushbu bayram «Svyates» deb nomlangan.
Jamoa. 
Xorijiy Yevropa slavyan xalqlarida XIX asr o‘rtalari -
XX asr boshlariga qadar qishloq dehqon jamoalari unsurlari saqlan­
gan. Ayrim holatlarda bu an’analarni hayotda hozir ham uchratamiz. 
Jamoa asosini yerga birgalikda egalik qilish huquqi belgilaydi. Jamoa 
huquqi yaylovlar, o‘rmon, suv manbalari va boshqa narsalarga ham 
tarqaladi. Haydaladigan va tomorqa yerlar odatda katta va kichik oila- 
larniki boigan. Odat huquqlari bo‘yicha yer sotishda qishloqdosh- 
larga yon bosish, majburiy almashlab ekishga rioya qilish, qishloq 
aholisi chorvasini shudgorlangan yerdagi o‘t-oianlarga qo‘yish, hosil 
y ig ib olingandan so‘ng ekinzorlarni ommaviy yaylovga aylantirish 
va h.k.lar boigan. Qadimgi jamoa tartiblari, odat, huquqlar me’yori 
shaklida slavyan qishloqlari aholisi hayotini (masalan, jamoachilik 
sudlarida), ko‘plab udum-marosimlarda me’yorida saqlagan. Misol 
tariqasida mehnatni birgalikda tashkil qilish (spryagachestvo) - birgalik­
da hayvonlami tortish kuchidan foydalanish, ayollar hashari - (popryaduxi) 
birgalikda oila doirasidagi yumushlarni bajarish, ziyofatlar tashkil 
etish va boshqalar. Qishloq jamoasi birgalikda tungi qo‘riqchilar, 
yoilar, ko‘priklar qurish va ta’mirlash, chorvani navbat bilan boq­
ish va h.k.lami bajargan. Jamoatchilik m ablagiariga tegirmonni, da- 
raxtlardan kesib taxta chiqarish uskunalarini saqlash, ishlatishda foy- 
dalanilgan. Qishloq jamoasi yosh oilalarga, qariyalarga, nogironlarga 
yordam ko‘rsatgan.
296


Slavyanlarda jamoa boshlig‘i ramzi palitsa va g‘aladon bo‘lgan, 
ulami saylovdan keyin oqsoqolga tantanali topshirishgan va e’zozli 
joyda saqlangan. Jamoa boshlig‘i (rextar) va uning kengashi jazo- 
lash huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek tan jazosi odat bo‘yicha qa- 
bul qilingan me’yorlami buzganlarga nisbatan qo‘llanilgan. Slavyan 
qishloqlari markazida XIX asr oxirida ham maxsus «nomus zanjiri» 
bo iib , bu joyda aybdorlarni omma oldida jazolashgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin