Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Boshqa qishloq xo‘jalik mashg‘ulotlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Boshqa qishloq xo‘jalik mashg‘ulotlari. 
Janubiy va g‘arbiy 
slavyanlar minglab yillardan buyon yirik shoxli mol, qo‘y, cho‘chqa 
va uy parrandalarini boqqanlar. 0 ‘tmishda transport vositasi sifatida 
ho‘kizlar va qo‘toslar ishlatilgan. ChorvachiJikda XIX asming oxirida 
katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Qo‘ychilikning ahamiyati pasayib, Bolgari- 
yadan boshqa mamlakatlarda echki va qo‘toslami boqish to‘xtatiladi. 
Ayni paytda cho‘chqa boqish va yilqichilik ancha yuksaldi. Asalarichi- 
lik ham slavyanlarda uzoq asrlardan buyon mavjud, uning bilan Pol- 
shaning o‘rmonli hududlarida, Karpat tog‘larida va Bolqon yarimoro- 
lida shug‘ullanilgan. Aksari asalarini novdalardan zich to‘qilgan ko- 
nussimon usti loy bilan suvalgan uyalarda boqishgan. Tik o‘matilgan 
daraxtdan yasalgan asalari uyalari ham aholiga tanish bo‘lgan. Xorijiy 
slavyanlarda ov ikkinchi darajali sevimli mashg‘ulot bo‘lgan.
Janubiy va g ‘arbiy slavyanlar uchun an’anaviy mashg‘ulotlardan 
biri baliqchilik bo‘lgan. Baliqchilar artellari ilgaridan bo‘lib, ular 
boylardan baliq ovlash huquqini sotib olib, ushlangan baliqdan bir 
qismini ijara haqiga berishgan. Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolqon 
yarimorolida baliqchilar artellari, shirkatlari va davlat baliq kor- 
xonalari bugunga qadar keng tarqalgan.
288


Uy hunarmandchiligi. 
Eng keng tarqalgan xo‘jalik turlaridan biri 
uyda mato to‘qish bo‘lgan. Unga asosiy ashyo kanop va jun edi. Ma- 
tolar yuksak badiiy did bilan bezatilgan. Har bir xalqning o ‘ziga xos 
dekorativ ornamenti bo‘lgan. Polshada kashtachilik, savatlar to‘qish 
qadrlangan. Bolqonda gilam to'qish keng tarqalgan. Slavyan va antik 
an’analar asosida sopolchilik ishlab chiqarishi yuksalib, uning uchun 
buyumlarning chiroyli bo‘lishi, badiiy bezash xususiyatli edi. Xalq 
kasb-korlaridan an’anaviy soha yog‘ochsozlik bo iib , mebel, bochka- 
lar, dehqonchilik qurollarining yog'och qismlari, g‘ildiraklar, arava, 
qayiqlar yasash ham qadim tarixga ega.
Bolqon mamlakatlari aholisi ilgaridan ma’danlarga ishlov be- 
rish - mis, kumush va hokazolarga urg"u berib, misdan taqinchoqlar 
yasashda turli usullar qoilanilgan. Shaharlaming yuksalishi va hu- 
narmandchilik markazlarining kosibchilik sanoatiga aylanishi, key- 
inchalik yirik fabrika-zavod ishlab chiqarishiga asos boiadi. Marka­
ziy Yevropada yangi sanoat urbanizatsiyalashgan rayonlar xo‘jalik- 
madaniy tipi Chexiya va Slovakiyada vujudga keladi. Polshada ham 
Varshava. Lodz, Sileziya sanoat rayonlari erta shakllanadi. Bolqon 
yarimorolining slavyan mamlakatlarida - Serbiya, Xorvatiya va Slo- 
veniyadan tashqari hududlar Usmoniylar hukmronligi sababli sanoat 
taraqqiyotida ortda qolishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin