saygandan keyin yangi yerlarga o ‘tishgan. Keyinchalik ikki dalali
almashlab ekish joriy qilingandan so‘ng olinadigan hosii yanada
ko‘payadi. Uch dalali almashlab ekishga o‘tilishi bahorgi, kuzgi ekin
lar va shudgor qoldirish tarzida bo‘lgan.
Qishloq xo‘jalik texnikasi uzoq payt sodda ko‘rinishda boigan. Yemi
temir tishli yog‘och - omoch bilan haydaganlar.
XIX asming ikkinchi
yarmidan takomillashgan yemi yorib yumshatishga emas, ag‘darishga
moijallangan temir plug joriy qilindi. Seyalkalar XIX-XX asr chega-
rasidan qoilanila boshlanadi. Yemi yog‘ochdan
yasalgan boronalar
bilan yumshatishgan. Ilgari donni tishli yoki silliq yuzli o‘roqlar bilan
o‘rganlar. XIX asrdan boy dehqon xo‘jaliklarida bug‘doyni o‘rish texni
kasi paydo boidi. G‘arbiy slavyanlar XIX asr-o‘rtalarigacha donni zan-
jirlar yordamida yanchganlar. Janubiy slavyanlarda
boshqa usullar ham
qoilanilgan. Jumladan, Serbiya va Makedoniyada xirmonda yig‘ilgan
don bogiarini hayvonlami aylantirib, haydab yanchishgan. Chexlar deh
qonchilik madaniyati XIX asr oxirlarida boshqa slavyan xalqlarinikidan
yuqori turgan. Barcha hududlarda yerlami o‘g‘itlash, ekinlami almashti-
rish, qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish qoilanilgan.
Slavyanlar suli, bug‘doy, arpa va boshqa ekinlar ekishgan. Ja
nubiy slavyanlarda aksari bug‘doy ekilsa,
XVII asrdan boshlab
makkajo‘xori ekishgan. Polsha, Chexiya, Slovakiyada makka ye-
tishtirish XIX asrdan boshlangan. Ayni paytdan qora javdar (grechixa)
ekish boshlangan. Dukkaklilardan loviya, no‘xat yetishtirilgan. Ush
bu ekinlar markaziy va janubi-sharqiy Yevropada bugungi kunda ham
yetishtirilmoqda.
Slavyanlar texnik o‘simliklardan z ig ir poya va kanop ekkanlar.
Bolgariyaga XVII asrda turklar tamaki keltirib, u keyinchalik asosiy
ekinlardan biriga aylanadi. Bolgariyada
yetishtiriladigan yana bir
o‘ziga xos narsa - Kichik Osiyodan olib kelingan atirgul, undan par-
fumeriya sanoati uchun atirgul moyi olinadi.
Bolqonda ipakchilik va tut daraxti ekish keng tarqalgan. Vizantiya
imperiyasi davridayoq bu hududlarda ipak qurti boqishgan. Tut da-
raxtlarini ommaviy ekish esa XVII-XVIII asrlarda boigan.
287
Slavyanlar, ayniqsa, Bolqon yarimorolida turli sabzavotlar -
karam, lavlagi, sarimsoq yetishtirishda katta mahoratga erishganlar.
XIX asr oxiridan slavyan mamlakatlarida janub ekinlari: pomidor, qa-
lampir, baqlajon yetishtirila boshlanadi. Kartoshka XVII asrdan ekila
boshlansa-da, faqat XIX asrdan asosiy oziqlardan biriga aylanadi.
Slavyan yerlarida XVIII asrdan tovar va
ixtisoslashgan polizchilik
shakllanib, tez orada qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishinmg muhim
sohasiga aylanadi. Uzumchilik va vinochilik ham Bolqonda ko‘p
asrlik tarixga ega. Bolgariya, Yugoslaviya
vinolari xalqaro bozorda
o‘z o‘rinlariga egadir. Ilk o‘rta asrlardan slavyanlarda bog'dorchilik
(olma, nok, olxo‘ri) va uzumchilik yuksalib borgan. Polsha, Chexiya,
Slovakiyaning janubida XIX asrdan o‘rik, shaftoli, yong‘oq daraxtlari
parvarishlashgan. XX asr boshlaridan slavyanlar bog'larida malina va
smorodina kabi mevalar ham yetishtirila boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: