16-BOB. SHAPiQIY YEVROPA XALQLARI
16.1. Sharqiy Yevropa xalqlari haqida umumiy ma’lumotlar:
joylashuvi, tillari, dinlari
Sharqiy Yevropada aksari aholi hind-yevropa tillarining
slavyan
guruhiga mansubdir.
G‘arbiy slavyanlarga: polyaklar, chexlar, slavyanlar, lujichlar
(sharqiy Germaniyada yashaydilar) kiradi.
Janubiy slavyanlarga: bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar,
makedonlar, chemogorlar, bosniyaliklar va gersagovinaliklar man
sub. Lujichlardan boshqa sanab o ‘tilgan xalqlaming barchasi o‘z dav-
latlariga ega.
Xorijiy Yevropaning slavyan davlatlari ko‘pchiligida milliy kam
sonli etooslar yashaydi.
Jumladan, Polshada ukrainlar, belaruslar,
slavyanlar va litvaliklar; Chexiyada polyak va nemislar; Slovakiyada
siganlar va vengerlar; Sloveniyada xorvatlar va vengerlar; Xorvati-
yada serblar, vengerlar, slovenlar, chexlar, italiyaliklar; Serbiyada
albanlar, vengerlar va boshqalar istiqomat qilganlar.
Bosniya va Ger-
segovinako‘p millatli bo‘lib, unda slavyanlar, musulmonlar, shuning-
dek serblar va xorvatlar yashaydi.
G‘arbiy va janubiy slavyanlarning ayrim guruhlari Rossiya,
Ukraina, Belarus, Vengriya, AQSH, Kanada va boshqa davlat hudud-
larida yashaydilar.
Antropologik jihatdan g‘arbiy va janubiy slavyanlar yevropeoid
irqiga mansub. Xususan, slavyanlar yevropeoid katta irqining alp
tipiga kirsa, serblar ulardan bo‘yi balandroq, sochlari nisbatan qora,
qora ko‘zli bo‘lib, olimlarning fikricha, ularda (xorvatlar singari) old
osiyoliklar bilan aralash xususiyatlar mavjud. Chemogorlar
Y e v ro p a
slavyanlari ichida eng baland bo'ylisi hisoblanadi.
Bolgariyaning markaziy va janubiy rayonlari aholisi 0 ‘rtayer
dengizi irq tipining sharqiy variantiga mansub.
Bolgar musulmon-
282
lari jismoniy jihatdan bolgar xristianlaridan farq qilmaydilar. Chex-
lar, slavyanlar, lujichlar - alp tipining yorqin vakillaridir. 0 ‘rta bo‘y,
boshining yumaloq ekanligi va mo‘tadil - qora pigmentatsiyasi (so-
chi va ko‘zi) bilan xususiyatlanadilar. Polsha aholisi antropologik
ko‘rsatkichlariga ko‘ra markaziy yevropa tipiga kiritilishi mumkin.
Chunki polyaklaming eng qora sochli va qora ko‘zli guruhlari alp tipi
vakillaridan oqroqdir.
G‘arbiy va janubiy slavyanlar ulkan, Boltiq dengizidan 0 ‘rtayer
dengizigacha hududlarda yashaydilar. Qadimda markaziy va janu-
biy-sharqiy Yevropada yashagan slavyan
qabilalari antik mualliflar
tomonidan venedlar deb nomlanganlar. X asr o‘rtalaridan antik mu
alliflar asarlarida g‘arbiy slavyanlami slavinlar, sharqiy slavyanlami
esa antlar deb nomlaganlar. Har ikkala nom slavyanlaming o‘zlarini
atagan nomlarining turli variantlaridir.
G‘arbiy va janubiy slavyanlaming aksari ko‘pchiligi xristian-
likka e’tiqod qiladi. Xristianlikning turli mazhablari: katolitsizm,
protestantlik va uniatlik (yunon-katolik cherkovi) Rim papasiga
bo‘ysunadi. Lekin pravoslav udumlarini saqlagan. Pravoslaviyani
serblar, bolgarlaming ko‘pchiligi, chemogorlar va makedonlar; kato-
litsizmni polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlaming va slovaklaming
ko‘pchiligi; protestantizmni
chexlaming bir qismi, slovaklar, lujich
lar (boshqalari katoliklar), slovenlar va xorvatlar; uniatlikni Polsha
va Slovakiya aholisining ayrim guruhlari saqlaganlar. Asosiy diniy
mazhablardan tashqari turli sektalarga kirgan aholi vakillari ham
uchraydi. G‘arbiy va janubiy slavyanlarda xristianlikka qator qa
dimgi dinlar va diniy tasavvurlaming
unsurlari yondosh b o iib , ular
udum-marosimlarda o‘z aksini topgan. Slavyanlarda vampirlarga,
suv parilari, xonadon egasi, tabiat ruhlariga ishonch uzoq saqlangan.
Ko‘pgina slavyan xalqlarida uy o‘chog‘ini yovuz ruhlardan asrashiga
ishonch ham mavjud.
Bolgarlarda ayrim o‘simliklar, hayvonlarga nisbatan e’tiqod
saqlangan. Xususan, ular keksa eman daraxtlariga hurmat bildirishsa,
qizil butasi mevalariga sog‘lik va uzoq umr ato etuvchilik xususi-
283
yati mavjud deb qaraladi. B oiid an qo‘rquv alohida, noyabr oyi-
ning 2-3-haftasida bo‘ri bavramlari o'tkazilishiga olib keigan. Unda
bo‘rining jahlini chiqarmaslik uchun ma’lum taqiqlarga rioya qilish-
gan. Tulkilar, ilonlar, sichqonlar bilan b o g iiq e’tiqodlar ham mavjud
bo‘lgan. Turklar XIV-XV asrlarda Yevropani istilo qilish davomida
mahalliy aholiga islomni o4kazish siyosatini olib borganlar. Slav-
yan-musulmonlar
ichida Bolgariyada - polyaklar, makedoniyalik
to‘rboshilar, chemogoriyalik poturechenlar, Bosniya va Gersegovi-
naning bir qismi aholisi mavjud.
Dostları ilə paylaş: