Janubiy slavyanlarda qadimgi slavyanlarga qadar bo ig an (fra-
kiyaliklar) niqobda raqslarga tushib, hosildorlik
ilohlaridan yordam
so‘rash, yovuz ruhlar va kasalliklardan xalos qilishni so‘rab afsun-
garlik udumlarini bajarishgan. Bolgariya va Serbiyaning qo‘shni ra-
yonlarida antik davrlaridan (14-fevralda) Trifon Zarezan kuni nishon-
lanib, uzum toklarini kesib, unga vino quyib boiajak mo‘l hosilni
so‘rashgan.
Bahordagi bayramlardan eng muhimi qishni kuzatish va bahomi
kutib olish turli nomlarda barcha Yevropa xalqlariga tanish bo‘lgan.
G‘arbiy
slavyanlarda uni myasopust, zakusti, janubiy slavyanlarda -
belo sima nedelya, sharqiy slavyanlarda maslenitsa deyiladi. Ushbu
bayram mazmunan xristian diniga bogiiq emas. Bayram karnaval kayfi-
yati turli ko‘rinishlarda (raqslar, o‘yinlar, qo‘shiqlarda) namoyon bo‘ladi.
Bu harakatlar afsungarlik udumlari boiib, ularning maqsadi
- umuman
hayot va xo‘jalikdagi muvaffaqiyatlami ta’minlashdir. Bahorgi taqvimiy
bayramlardan bin o‘tmishda slavyanlarda boigan may daraxti bayra-
midir. Unda yigitlar yaxshi ko‘rgan qizlarini uyining oldida butalari ke-
silgan oq qayin daraxtini oiqazib, uni turli tasmalar bilan bezagan.
Xorijiy slavyanlarning bahordagi tozalanish udumlari ham o‘ziga
xos. Pasxa va Troitsa bayramlarida bir-birlari ustiga suv quyishgan.
Ertalab shudringda o‘tlar ustiga ag‘nab, tomosha ko‘rsatganlar. Yozgi
bayramlar - Ivanov kuni (24-iyun) - hosilni, chorvani tabiiy ofatlar-
dan asrash. 0 ‘ziga xos udumlardan biri
y om gir chaqirish, xususan,
janubiy slavyanlarda (Bolgariyada Yenyov kunida) qishloqda eng
chiroyli qizni (yoki eng ko‘rkam yigitni) tanlab, uning boshiga gul-
chambar kiygizishgan va ustidan suv quyishgan. Tadbir ishtirokchi-
lari uydan uyga o‘tib butun qishloqni aylanishgan.
Kuzgi bayramlardan eng muhimi slavyanlarda
hosil bayrami hi-
soblangan. Janubiy slavyanlarda u dojinki yoki objinki; lujichlarda -
xo‘rozni so‘yish kuni deyilgan. Bu qadimgi dehqonchilik bayrami av-
gust-sentabr oylarida oikaziladi. Unda hosilni saqlash, kelgusi yildagi
mo‘l hosilni ta’minlashga yo‘naltirilgan turli afsungarlik udumlari
o‘tkazilgan. Slavyanlarda ham oikamizdagi kabi ekin maydonlaridan
298
o‘rilgan so‘nggi bog‘lam donni alohida qadrlashadi.
Bu don ekinzor-
ning «ruhi», hosilning ilohi sanaladi. Shuning uchunu chiroyli bo‘lishi
kerak. Bog‘lamni gullar, tasmalar bilan bezatib, uyning eng e’zozli
joyida asrashgan. So‘nggi bog‘lam - don bayrami Yevropa slavyan-
larida hozirga qadar nishonlanadi. U bilan bog‘liq udumlar asta-sekin
yo‘qolib yoki afsungarlik mazmunini o‘zgartirib bormoqda.
Slavyanlaming ko‘plab urf-odatlari mazmuni hozirgi kunda
o‘zgarib, o'zining dastlabki diniy va sehrgarlik jihatlarini yo‘qotib
bormoqda. Lekin ular ommaviy va jamoatchilik
bayramlari sifatida
saqlanib, o‘zining chiroyli o‘yin, xalq sayli, xursandchilik tadbiri si-
fatidagi ahamiyatini yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: