turklaming ta ’siri seziladi. Bu joylar aholisi turk ayollaridan ishtonni,
erkaklar qizil feskalami (bosh kiyimi), ustidan ro‘mol bogianadigan
movutdan qalpoqlami o‘zlashlirganlar. Ijodiy qayta ishlangan ayrim
an’anaviy kiyim elementlari bugungi kunda to‘qimachilik va yengil
sanoat tikuvchilik fabrikalarida ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.
Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropa yirik shaharlari aholisi ichida
qishloq kashtachiligi, ular tayyorlagan ko‘ylaklar, ro‘mollar qadrlangan.
An’anaviy kiyimlar badiiy jamoalar qatnashchilari uchun ham
tayyorlanadi. Bayramlarda folklor jamoalari chiqishlarida biz xorijiy
slavyanlarning an’anaviy liboslari qanchalik rang-barang va chiroyli
bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: