Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Xorijiy Yevropa xalqlarining oilaviy va



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

15.4. Xorijiy Yevropa xalqlarining oilaviy va
jamoaviy turmushi, ma’naviy madaniyatlari
Oila va oilaviy turmush. 
Hozirgi kunda Yevropadagi barcha 
xalqlarda kichik oilalar - ota-ona va ulaming farzandlaridan iborat 
monogam oilalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 0 ‘tmishda yirik yoki 
ko‘p avlodli oilalar ko‘p boMib, birgalikda xo‘jalik yuritadigan bu 
xildagi oilalami uning keksa avlodi vakillaridan biri boshqargan. 
Yirik patriarxal oilalar unsurlari XIX asrda ham saqlangan. Ba’zi 
joylarda (masalan, albanlarda) bu holat hozirgacha mavjud. Yevro- 
paliklar uchun hozirda nisbatan kech nikohlar xususiyatli. Bu ma’lum 
darajada kichik oilalaming aksari ko‘pchiligi bilan ham izohlanadi.
Yirik patriarxal oilalarda yosh ota-onalar farzandlarini oyoqqa 
turg‘iza oladilarmi degan muammo bo‘lmagan. Zamonaviy yosh- 
lar dastlab nikohni, so‘ng farzand ko‘rishni ortga suradilar. Ular 
o‘qishlarini tugatishlari, mustahkam iqtisodiy o‘ringa ega boMishlari 
uchun kurashadi. Shuning uchun bugungi Yevropada eng yuqori 
tug‘ilish eng sust rivojlangan, islomga mansub Albaniyada kuzati- 
ladi. Boshqa Yevropa xalqlariga nisbatan yuqoriroq tug‘ilish irland- 
larda boMishini ham katolik dini ustuvorligi bilan izohlash mumkin. 
Ko‘pchilik Yevropa davlatlari uchun tug‘ilishning pastligi tufayli 
aholining o‘sishi aksari immigrantlar hisobidan boiadi. Shuning 
uchun aksari Yevropa davlatlarida oilada bola sonini oshirishga 
mo‘ljallangantug‘ilishni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy demografik siyo- 
sat olib borilmoqda. Bu siyosat haq toianadigan dekret ta’tili, bolani
276


boqish uchun ta’til, bolali oilalarga dotatsiya toiash, turar joy olish 
uchun kreditlar, subsidiyalar va h.k.lar ko‘zda tutilgan.
Nikohga kirish barcha Yevropa xalqlarida bayram tantanalari, 
to‘y davomida turli an’analaming namoyish etilishi ko‘zda tutiladi. 
0 ‘tmishda qator udumlar kelinning erli xotinlar safiga o‘tganligini 
ramziy ifodalagan. To‘y arafasida yigit do‘stlariga, qiz dugonalariga 
xayrlashuv bazmini o‘tkazib berishgan. Qishloqlarda o‘tmishda to‘y 
marosimlarida barcha aholi qatnashgan. Yevropaning ayrim mam- 
lakatlarida (lspaniya, Portugaliya, Gretsiyada) faqat cherkovdagi 
nikoh haqiqiy bo‘lsa, Britaniya va Shvetsiyada cherkov nikohi ham, 
fuqarolik qaydi ham tan olinadi. Ayni paytda Fransiya, Shveysariyada 
faqat fuqarolik nikohlari tan olingan. Lekin cherkovdan ham o‘tish 
kelin-kuyov va ularning oilalari ixtiyorida.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin