baliqning ko‘plab turlari ushlab, qayta ishlanadi yoki yangiligicU
sotuvga chiqariladi. Baliqchilik norvegiyaliklar va islandlar uchun
katta ahamiyatga ega. O 'rta asrlar davrida Yevropada ancha taraqqiy
etgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi boigan. Aynan uning aso-
sida keyinchalik sanoat ishlab chiqarishi shakllanadi. Zavod-fabrika-
lar ishlab chiqarishi hunarmandchilikni chetga surib qo'yadi. Lekin
uning ayrim sohalari, ayniqsa, badiiy san’at sohalariga aylanganlari:
kashtachilik, zargarlik, sopol buyumlar tayyorlash, shishadan buyum-
lar, musiqa asboblari yasash bugungi kunga qadar davom etib kel-
moqda. Arktika rayonlarida yashovchi saamlar xo‘jaligi Yevropaning
boshqa xalqlarinikidan ancha farq qiladi. Ularda tundra bug‘uchiligi
va baliqchilik rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: