Undan tashqari, bugungi Yevropada ko‘p sonli immigrantlar
(arablar, barbarlar, turklar, kurdlar, hindlar, pokistonliklar va boshqa
lar) guruhlari shakllangan. Arablar va barbarlar ko‘pincha Fransiyan-
ing yirik shaharlarida, turklar va kurdlarning katta qismi Germaniya-
da, Hindiston va Pokistondan chiqqanlar Buyuk Britaniyada ko‘proq
yashaydi. Britaniyaning yirik shaharlarida sobiq ingliz mustamlakalari -
Vest-Indiya va Qora Afrikadan ham immigrantlar pay do bo‘lgan.
Dunyoning boshqa qismlaridan Yevropaga ko‘chishdan tashqari,
mamlakatlar ichida, mamlakatlararo migratsiyalar ham aholi etnik
tarkibining xilma-xil bo‘lishiga olib kelmoqda. Migrantlaming asosiy
oqimi Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Belgiya,
Shvetsiyaga bormoqda. Fransiyaga - italiyaliklar, portugallar, ispan-
lar, polyaklar ketsa, Buyuk Britaniyaga - Irlandiyadan, Germaniva-
ga - italiyaliklar, greklar, portugallar, serblar, xorvatlar va boshqalar
ко‘chib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: