Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


-BOB. G‘ARBIY, SHIMOLIY, MARKAZIY VA



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

15-BOB. G‘ARBIY, SHIMOLIY, MARKAZIY VA
JANUBIY YEVROPA XALQLARI
Ushbu bobda Xorijiy Yevropaning hind-yevropa til oilasidagi 
asosiy german, roman guruhlariga mansub, ural til oilasining fin-ugor 
guruhidagi ayrim etnoslar haqida so‘z yuritiladi. Xorijiy Yevropaning 
ushbu qismiga Finlandiya (5,5 mln.), Shvetsiya (10,2 mln.), Norve- 
giya (5,3 mln.), Daniya (5,8 mln.), Islandiya (0,3 mln.), Buyuk Bri- 
taniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi (66,65 mln.), Irlandiya 
(4,9 mln.), Niderlandiya (17,2 mln.), Belgiya (11,4 mln.), Fransiya 
(67 mln.), Ispaniya (47 mln.), Portugaliya (10,2 mln.), Italiya (60,6 
mln.), Malta (0,5 mln.), Gretsiya (10,7 mln.), Shveysariya (8,5 mln.), 
Avstriya (8,8 mln.), Germaniya (83 mln.),Vengriya (9,9 mln.), Rumi- 
niya (19,4 mln.) va Albaniya (2,8 mln.) joylashgan. Ulardan tashqari, 
ushbu mintaqaga bir qator mitti davlatlar - Lyuksemburg, Monako, 
Andorra, San-Marino, Vatikan va Lixtenshteynlar kiradi.
15.1. Yevгора aholisining shakllanishi.
Etnik tarixining asosiy bosqichlari
Yevropa antropogenezi inson pay do b o ig an va shakllangan 
hududga kirmasa-da, unda ilk odamlar bundan 1 mln. yil oldin ya- 
shay boshlaganini taxmin qiladilar. Dastlab Yevropaning janubiy va 
markaziy qismlarida odamlar yashay boshlagan. Neandertallar, kro- 
manyon kishisining topilishi qit’ada o‘rta va so‘nggi paleolitda odam- 
larning yashaganligini aniq tasdiqlaydi. So‘nggi paleolitda (40-12 
mingyilliklarda) qit’aning deyarli barcha hududlarida aholi yasha- 
gan. Mezolitda Yevropaning shimolida ham odamlar yashay bosh­
lagan. Aynan mezolitdan aholi xo‘jalik faoliyatida tafovutlar ham 
shakllanadi. 0 ‘rtayer va Boltiq dengizi bo‘ylarida baliqchilik bilan, 
Shimoliy dengiz sohilida - dengiz termachiligi, ichki rayonlarda esa
258


ovchilik va termachilik bilan mashg'ul bo‘lganlar. Yevropaning ay­
rim viloyatlari aholisi nisbatan erta ishlab chiqarish xo'jaligiga o‘ta 
boshlaydilar. Aynan o'sha paytda ayrim baliqchilar guruhlari itni va 
cho‘chqani xonakilashtiradilar. Shimoliy Gretsiyada dehqonchilik- 
chorvachilik manzilgohlari boshqa joylarga nisbatan erta - 9 ming 
yillar oldin vujudga keladi. Mil. avv. VI—V mingyilliklarda Yevropa 
aholisi m a’danlami eritishni biiganlar. Mil. avv. I mingyiiiikda esa 
temir asri boshlanadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin