g‘ishtdan bo‘lishidan qat’i nazar, Ispaniyadan o‘zlashtirilgan narsa
ichki hovli (potio) bo‘lishi bilan xususiyatlanadi. XX asrning boshiga
qadar dehqonlar uylarida karavot bo‘lmagan,
ayrim uylarda hozirga
qadar gamaklardan foydalanib kelishmoqda.
Taomlar va ichimliklar.
Keng ommaning taomlari asosini
o‘simliklardan olingan mahsulotlar tashkil etadi. Go‘sht karn, odatda
bayramlarda iste'mol qilinadi. Jumladan yamayka, yamaylar taomla-
rida yer ildizli batat, maniok, yams, shuningdek guruch,
dukkaklilar,
bananlar asosiy o‘rinni egallaydi. Makkadan (mais) taomlar deyarli
barcha hududlarda tarqalgan. Makka unidan non (tortilya) yoki yengil
qovurilgan makka uni qilingan. Lotin Amerikasida ko‘plab navlarga
ega kartoshkadan ham turli taomlar qilishadi. Boliviyadagi aymaralar
faqat oq emas, sariq, qizil, siyohrang va hatto qora kartoshka ham ye-
tishtiradilar. Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisi uchun xususiyatli
yana bir mahsulot qirilgan maniokdan nondir (kasabe).
Ichimliklar-
dan kofe, shakarqamish sharbati (guarapo) keng tarqalgan. Paragvay,
Argentina va boshqa mamlakatlaming ayrim hududlarida hindular
(paragvay) choyi yoki mate ichiladi. Uni mate - past bo‘yli, doimo
yashil,
barglarida kofein, tanin, limon kislotasi va boshqa moddalar
bo‘lgan buta barglaridan tayyorlashadi. Mateni tayyorlash butun bir
marosim. Mate barglaridan
kukunni qaynoq suvga solib, ichimlikni
maxsus naychadan ichishgan.
Dostları ilə paylaş: