Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Mustaqillik uchun kurash. 
Lotin Amerikasini ispan va portugal- 
lar egallashlari davomida hindu qabilalari tomonidan qattiq qarshilik- 
ka uchraydilar. Shulardan inklar togiarda qarshilik markazlari yaratib 
kurashni davom ettirganlar. Peruda Xose Gabriyel Kondorkanki - hindu 
kechua boshchiligida 1780—1781-yillari qo‘zg‘olon boigan. Uni inkTu- 
pak Amaru deb atashgan. Hozirgi Chili hududida yashagan hindu-arau- 
kanlar ispanlarga qarshi 1536-1882-yillari kurashni to‘xtatmaganlar. Bu 
urushlar tarixga Araukan urushlari nomi bilan kirgan.
Vaqt o‘tishi bilan kurash usullari o'zgardi. Hindularning ayrim 
vakillari m aium otli bo iib , jamiyatda yuqori mavqelarga erishadi- 
lar. Ulardan biri - astek qabilalaridan biriga mansub Benito Xuares, 
1858-1872-yillari Meksika prezidenti lavozimida b o iib , qator de- 
mokratik islohotlar o‘tkazishga erishib, mamlakatda hindular ahvo- 
lini birmuncha yengillashtirishga erishadi.
Mustamlakachilikka qarshi kurashda qochoq qora tanli qullar ham 
ishtirok etganlar. Lotin Amerikasining turli mamlakatlarida ularni 
marunami, simarronami, mambi deb atashgan. Qochoq qullar bir- 
lashib, o iish murakkab boigan joylarda o ‘z manzilgohlarini qurib, 
mahalliy hindular bilan do‘stona munosabatda boiishgan. Har bir 
manzilgohni (kilombo yoki makambo) saylangan yoiboshchi, sar- 
dor boshqargan. Bu manzilgohlar birgalikda Palmaris Respublikasini 
tashkil etib, u 70 yil hukm surgan. Isyonchilar ispanlarning 25 ta hu- 
jumini qaytarganlar, lekin 1696-yil qo‘zg‘olon bostiriladi.
14.3. Mustaqil davlatlarning tuzilishi
Irq va etnik guruhlar. 
Lotin Amerikasidagi tarixiy jarayon bu 
hududdagi aholining shakllanishida quyidagi o‘ziga xoslikni, aholi- 
ning barcha uchta tarkibiy qismini - hindular (mongoloid), yevropa 
mamlakatlaridan ko‘chib kelganlar (yevropeoidlar) va afrikalik-
248


lar (negroid)ni birgalikda yashashga, faoliyatning turli sohalarida 
hamkorlik qilishga majbur etgan. Bu o‘zaro hamkorlik birinchidan 
biologik aralashuvga (metislar); ikkinchidan, ispan va portugal til- 
larining hindular va afroamerikaliklar tillari bilan o‘zaro ta’sirining 
kuchayishiga; uchinchidan, turli xalqlar, qabilalar, etnik guruhlar ora- 
sida mustahkam aloqalarning o‘rnatilishiga olib keladi.
Oq tanlilar va hindulardan tug‘ilganlar metislar deb nomlan- 
gan. Metislar aksari qaram dehqonlar, hunarmandlar, mayda sav- 
dogarlar, mayda xizmatchilar boiganlar. Ular bilan yaqin guruh oq 
tanlilaming qora tanlilar bilan aralashuvidan tugilganlar - mulat- 
lar boigan. Mulatlardan qullik asoratidan ozod etilganlar yoki pul 
evaziga erkinlik olganlar aksari hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish 
sohasida shug‘ullanganlar. Hindular va afroamerikaliklar nik'ohidan 
tug‘ilganlar sambolar boiishgan. Ulaming bir qismi xizmatkorlar, 
qolganlari farroshlik qilganlar.
Mustamlakalarda tug‘ilgan oq tanlilami Lotin Amerikasida kreollar 
deb atashgan. Ulaming ayrimlari tomirida hindu yoki qora tanlilar qoni 
boigani ham ehtimol. Mustamlaka tizimidagi muhim lavozimlarga 
Madrid va Lissabon hukumatlari metropoliyadan yuborishga harakat 
qilganlar. Ayni paytda kreollarga past lavozimlami ravo ko‘rganlar, xo- 
los. Kreollarga faqat latifundistlar emas, ko‘p sonli ziyolilar: shifokor- 
lar, o‘qituvchilar, advokatlar, yuqori boimagan lavozim egalari ham 
kirganlar. Bu kishilar asta-sekin o‘zlarini ispanlar yoki portugallar deb 
hisoblamay boradilar. Sababi kreollaming ajdodlari qabri, hayotlari 
o'zlari yashayotgan hudud, mamlakat bilan bogiiq edi.
Etnoirq aralashuvi jarayonlari mintaqadagi mamlakatlarda ya- 
shayotgan aholining bugungi tarkibida namoyon boimoqda. Hozirda 
hindular aholining 15% ni tashkil etsa, metislar 55%, afroamerikalik­
lar 10%, qolgani kreollar va Yevropadan keyin ko‘chib kelganlardir. 
Xususan, mustamlakachilikning so‘nggi davrida Meksika va Chili- 
da metislar 80%, Paragvayda 90% boiganini ta’kidlash lozim. Oq 
tanlilar, xususan, kreollar Argentinada, Urugvayda va Kosta-Rikada 
ko‘pchilikni tashkil etadi.
249


Birgalikda yashash, faoliyat, jismoniy aralashuv hindu-ispan 
va hindu-portugal ikki tilligmi vujudga keltiradi. Paragvayning 
ko‘pchilik aholisi ikki tilda - ispan va guaranida so‘zlasbadilar. Bra- 
ziliyaliklarning aksari ko‘pchiligi portugal tilining mahalliy shevasida 
hamda hindu tillaridan birida (aravak, tupi-guarani, karib va boshqa- 
larda) so‘zlashadilar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin