Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Yangi davlatlar va millatlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Yangi davlatlar va millatlar. 
Lotin Amerikasida birinchi bo‘lib 
fransuzlar mustamlakasi Gaiti 1790 -1804-yillardagi ozodlik kurashi 
orqali mustaqillikka erishdi. Qo‘zg‘olon rahbari Tussen-Luvertyur 
bo‘lib, Gaiti Respublikasi tuziladi. Sobiq qullar davlatida fransuz tili 
davlat tiliga aylanadi.
XVIII asr oxiri - XIX asming birinchi choragida Lotin Amerika- 
sida yangi mustaqil davlatlaming vujudga kelishi, yangi millatlarning 
shakllana boshlashi davri bo‘ladi. Mustamlakachilikka qarshi kurashda 
Simon Bolivaming (1783-1830) hissasi katta bo‘lib, u qator davlat- 
lardan ispan mustamlakachilarini chiqib ketishga majbur etadi. Mus- 
tamlakachilik tugatilishi davomida qulchilik ham bekor qilina boradi. 
Qulchilik nisbatan uzoq - XIX asming oxirigacha Braziliya, Kuba va 
Yamaykada saqlanadi. Qulchilikning bekor qilinishi Lotin Amerikasida 
ichki birlashuv (konsolidatsiva) jarayonlarini tezlashtiradi.
Etnik jarayonlar va yangi millatlar taraqqiyoti. 
Yangi millat­
lar va davlatlaming shakllanishi Lotin Amerikasi jamiyatlarini mu- 
rakkab etnoslararo muammolardan xalos eta olmaydi. Braziliya hin- 
dularini XX asming mashhur tadq iqotch i 1 art dan biri Klod Levi-Stross 
o‘rgangan.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida yangi, zamonaviy millatlarning 
shakllanishi ichki yaxlitlikni yaratishni anglatmagan. Bu jarayonga 
ta’sir etuvchi omillardan biri shabarlaming yuksalishidir. Millatlar 
taraqqiyoti ulaming milliy ongining yuksalishiga, umuman olganda, 
ijobiy ta’sir etadigan shaharlar (sanoat, savdo, maorif, milliy profes­
sional madaniyat markazlari), ba’zida shaha r va qishloqlar orasida 
keskin tafovutni yaratadi. Bu jihatlar xo‘jalik mashg‘ulotlarida, pro­
fessional madaniyatni o‘zlashtirishda, maonfda, butun hayot tarzida,
250


qishloq aholisining kambag‘alligida va imkoniyatlari cheklanganida 
kuzatiladi. Qishloq aholi esa aksari hindular va metislar bo‘lgan. Bu 
xildagi vaziyat, masalan, Gvatemalada yuzaga kelgan. Uni bekorga 
«hindularning qishloq mamlakati» deyishmaydi. Gaucholar ham ak­
sari qishloqlarda yashab, ular Argentina, Urugvay va Braziliy?.aing 
janubidagi o‘ziga xos va assimilatsiyalashgan etnik guruhdir. Gau­
cholar ispanlar, portugallar va hindularning aralashuvidan vujudga 
kelib, asosiy mashg'uloti ko‘chma chorvachilik yoki yirik chorva fer- 
malarida cho"ponlik boigan. Gaucholar yorqin etnomadaniy xususi- 
yatlarga ega b o iib , ularni otda yurishsiz, lasso uchida halqasi boigan 
arqonsiz va gitarasiz tasavvur etish qiyin.
Shaharlaming va shahar madaniyatining yuksalishi Lotin Ameri- 
kasida bugunga qadar davom etmoqda. Xususan, Chilida shahar 
aholisi 70% dan oshdi. Boshqa mamlakatlar aholisi taraqqiyotida bu 
jarayon yaqqol kuzatilmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin