Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Regionlar, xalqlar, madaniy xususiyatlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

14.4. Regionlar, xalqlar, madaniy xususiyatlar,
\o\jalik madaniy tiplar
Lotin Amerikasi xalqlari xo‘jalik mashg‘ulotlari regional xilma- 
xilligi bilan xususiyatlanadi. U yoki bu joyda iqtisodning arxaik tur- 
lari - ov, termachilik, primitiv dehqonchilik, chorvachilikning ma­
halliy turlari (masalan, lama va alpaka boqish) uchrab turadi. Ayrim 
hindu qabilalari yog‘ochni yog‘ochga ishqalab olov olish usulidan 
hanuzgacha foydalanib kelmoqda. Braziliyada va Venesueladagi ay­
rim o‘rmon qabilalari sarbakan - puflab sanchqi o‘qni otadigan mil- 
tiqlami qoilashadi. Amazoniya havzasida hindulardan o‘rganilgan 
garpun (sanchqi)dan timsoh ovlashda foydalanish urf boigan, unda 
garpun paykoniga bogiangan arqon yaralangan hayvonning suvga 
cho‘kishiga y o i qo‘ymaydi. Pampa aholisi - otliq ovchilar bolas -
uchiga yumaloq toshdan sharlar mahkamlangan quroldan foydala- 
nadilar. Venesueladagi o‘rmon hindulari haligacha daraxtlami kesib, 
kundakov qilib yondirib, ochilgan yerda dehqonchilik qilishning qa­
dimgi usulini qoilashmoqda.
251


Zamonaviy dehqonlar (hindular, metislar, ba’zida kreollar ham) 
hozirga qadar qadimgi mehnat qurollaridan foydalanib kelmoqdalar. 
Jumladan Peruning dehqon kechualari, yemi ekinga tayyorlash uchun 
ensizgina lopatka (belkurak), motiga (so‘qa), yerdagi kesaklami may- 
dalash uchun oxiri yo‘g‘on tayoqdan, don yanchish tayog‘i, o‘roq va 
boshqalardan asrlar davomida foydalanib kelmoqdalar. Dehqonlar 
mehnat qurollaridan biri - machete deb nomlangan chopqi Meksika, 
Kuba boshqa mamlakatlarda shakarqamishni yig‘ishda qoilaniladi. 
Makka, kofe va boshqalarni maydalashda kelidan (pilon) foydalanib, 
uni daraxtning qattiq navlaridan tayyorlashadi.
Lotin Amerikasi o'ziga xosliklaridan biri undagi qishloq 
xo‘jaligining ma’lum ekinlar yakkahokimligiga asoslanganidir. Jum­
ladan Braziliya va Kolumbiya kofe, Gaiti va Kuba - shakarqamish, 
Markaziy Amerika mamlakatlari - banan, Argentina va Urugvay -
go‘sht, teri, jun va g ‘alla, ayniqsa, bug‘doy yetishtirishda yetakchilik 
qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, xo‘jalikning bir tomonlama rivojla- 
nishi kundalik turmushga, millatlar, elatlar, etnik guruhlarning hayot 
tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Sanoatning o‘sishi, birinchi navbatda, Meksika, Braziliya, Argen­
tina va yana qator mamlakatlarda shahar aholisining shakllanishiga
uning o'ziga xos turmushi, joylashishi va madaniyatining vujudga 
kelishiga imkoniyat yaratadi. Lekin ko‘pchilik mamlakatlarda uzoq 
davrlar tabiiy boyliklami qazib olish (Meksika, Venesuela, Bo- 
liviyada, Peruda - neft, ayrim mamlakatlarda o‘rmon bilan bogiiq 
yog‘ochsozlik) rivojlangan edi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin