Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Bayramlar, udumlar. 
Xalq hayotining doimiy yoMdoshi 
qo‘shiqlar va raqslardir. Musiqa asboblari ichida urib chalinadigan 
nog‘oralarning turli xillari, meksika marimbasi, puflab chalinadi- 
ganlari (kechua naylari), torli gitaralarning turli xillari: kubalillar- 
ning uchta va ikki qatorli torli, Venesuelaniki - to rtta, Boliviyaniki 
beshta ikki torlilari mavjud. Meksikada yarim daydi xalq orkestrlari 
(maryachi) arzimagan pulga oilaviy tantanalar, xalq bayramlari va 
tantanalarda musiqa chaladilar. Kuba va yana qator Lotin Amerika- 
si mamlakatlarida qo‘shiqchilar musobaqalari ommalashgan, unda 
qo‘shiqchilaming o‘zlari o‘n (desima) yoki to‘rt (kvartet) qatorli 
she’rlarni to‘qib, gitarada musiqa bastalab ijro etadilar.
0 ‘zlarining odatiy, etnik o‘ziga xos, ba’zida madaniyatning arxaik 
ko‘rinishlarini hindu, afroamerikalik yoki kreollaming qishloqlarda 
yashayotgan aholisi saqlab qolgan. Ayni paytda shunday madani­
yatning ommaviy turlari borki, ular shahar hayoti bilan ko‘proq 
bogiangan. Bu lotin amerikaliklarning kamavallari, ulardan eng 
mashhuri Braziliya va Kubada o‘tkazilgan. Karnaval yevropaliklar- 
ning qadimgi dehqonchilik bilan bog‘liq udum-marosimlaridan shakl- 
langan. U turli raqs maktablarining yorqin kiyimlarda o‘z raqslarini 
namoyish etishi musobaqasidir. Har yili faqat g‘olib raqs maktabi 
emas, karnaval «qirolichasi» ham tanlab e’lon qilinadi.
Ayrim Lotin Amerikasi mamlakatlari - Venesuela, Meksika, 
Kolumbiya, Peruda Ispaniyadan keltirilgan tomosha - buqalar bilan 
jang (korrida)lar o‘tkaziladi. Unda tomosha so‘ngida matador o‘z 
xanjari bilan buqani oidirishi lozim. Panamada qon to‘kilmaydigan 
korrida o‘tkazilsa, ayrim mamlakatlarda rodeo - yosh buqalar ustida 
uzoqroq o‘tirish musobaqalari o‘tkaziladi.
Professional ma’naviy madaniyat asoslari. 
Lotin Amerikasidagi 
barcha mamlakatlar, barcha xalqlar tillari, madaniyatlari, kundalik ha- 
yot tarzlari o‘zida ko‘plab ta’sirlar, aralashishlar, o‘zaro madaniy alo- 
qalaming unsurlarini namoyon etadi. Bu madaniyatning xalq og‘zaki
255


ijodi (folklor) asosida shakllangan professional ma’naviy madaniyat 
yozuvchilar, kompozitorlar, artistlar va boshqa milliy badiiy ijodiy 
intelligensiya vakillari tomonidan yaratiladi. Milliy professional 
madaniyatni yuksaltirishning muhim omillaridan biri - xalq maorifini 
yuksaltirishdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalq maorifining 
darajasi turli mamlakatlarda turlicha, faqat Kubada savodxonlik da- 
rajasi yurqori, Gaiti, Yenesuela, Ekvadorda esa, aksincha, savodsizlar 
darajasi yuqori. Lotin Amerikasining taraqqiy etgan mamlakatlari -
Meksika, Argentina, Braziliyada xalq ta’limi darajasi Yevropa mam- 
lakatlariga yaqin.
Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi xalq ta’limi rivojlanishi ularda- 
gi aholining turli xilligi bilan belgilanadi. Bu mamlakatlar mustaqil- 
likka erishguniga qadar hindular yoki qora tanli qullami maktablarda 
o‘qitish haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Keyinchalik 
sanoatning rivojlanishi malakasi yuqori ishchilarga boigan talabning 
ortishiga olib keldi va maktab ta’limini yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin