An’anaviy kiyimlari.
Bizning kunlarimizda lotin amerikaliklar
fabrikalarda tikilgan yevropa-amerika tipidagi zamonaviy moda stan-
dartlariga javob beradigan kiyimlami kiyishadi. Lekin bayramlarda,
turli marosimlar о‘tkazilayotganda mintaqa aholisi bichimi, matosi,
ranglari, gullari ajdodlari - hindu, qora tanlilar yoki kreollar kiygan
kiyimlarga o‘xshash liboslami kiyishadi. Xususan, Gvatemalaning
qishloq ayollari uzun, rang-barang gulli matodan uzun yubka va er-
kin, kashtalab tikilgan kofta kiyishadi. Erkaklar kiyimi - kurtka, tiz-
zasigacha bir xil rangda tikilgan shim, ishton. Ko‘plab Lotin Ameri
kasi xalqlari milliy kiyimlaridan biri sarape yoki poncho - yelkaga
tashlab yuriladigan issiq matodan to‘rtburchak yengsiz, faqat boshni
253
kiritish uchun o‘rtasida teshik qoldirilgan kiyim ham mavjud. Keng
enli shlyapa - sambrero palma vapmqlaridan to‘qilgan. Poyabzal teri
dan qilingan, lekin Venesuelada to ‘qilgan (ip va ingichka arqonlar-
dan) oyoq kiyimlar ham mavjud.
14.5. Ma’naviy madaniyatdagi xususiyatlar
Dinlar va diniy tasawurlar.
Lotin Arnerikasining ko‘pchilik
aholisi katolik diniga mansub. Amalda diniy tasavvurlarning tarixi va
zamonaviy holati juda murakkab hamda xilma-xildir. Amerikaning
qadimgi sivilizatsiyalashgan aholisi dinlari politeizm (ko‘p xudo-
lik) boigan. Xususan, asteklarda asosiy xudolardan biri urush ilohi
boigan. Odil sudlov ilohi, taqdir xudosi, yom gir, suv, momaqaldiroq
va nihoyat «uchar ilon» - shamol va havo ilohi. Kohinlar homiysi
ham panteonda muhim o‘rin tutgan. Insonlaming oliy ilohi quyosh
(Inta), momaqaldiroq (Ilyarpa), oy (Kilya) xudolari boigan. Oliy
hukmdorlami quyosh kultiga bogiab, ulami «quyoshning o‘g‘illari»
deb atashgan. Qadimgi kultlar rnarosimlarida qurbonliklar, xususan,
odamlami qurbon qilish ham boigan.
Xristianlikning tarqalishi qadimgi diniy tasavvurlami to iiq
yo‘qota olmagan. Jumladan Madonna (Bibi Maryam) siymosi
o‘tmishdagi asteklar dehqonchilik ilohi Tanatsin o‘mida e ’zozlana
boshlanadi. Meksikada milliy avliyo Isoning onasi Mariya Guada
lupe sanaladi. Uning kunida (12-dekabr) Mexiko shahri yaqinidagi
XVI asrda qurilgan ibodatxonaga o ‘n minglab ziyoratchilar keladilar.
Ibodatxonalarda o‘tkaziladigan marosimlarda niqob tutib raqsga tushish
ham asteklar udumlaridan o‘tgan. Hindu va xristian marosimlari ba’zida
bir-birini toidiradi. Brazilivada nikoh har doim cherkovda bitiladi, lekin
to‘y bayrami va ziyofatga afsungami ham taklif etishadi. Aytishlaricha, u
yoshlami «yovuz ruhlardan», «yomon ko'zlardan» asraydi.
Lotin Arnerikasining qator mamlakatlarida turli afrika dinlarining
qo"shilishidan, shuningdek xristian dini ta ’siri ostida «vodu» ta ’limoti
vujudga kelgan. Vodu (ruh, iloh) yovuz ruhlardan asrashi yoki kishiga
yovuz ruhlami yo‘naltirishi ham aytiladi.
254
Ayrim hindu qabilalarida qabila dinlari, shomonlik va h.k.lar
saqlangan.
Dostları ilə paylaş: |