Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Zamonaviy Yevropa aholisi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

15.2. Zamonaviy Yevropa aholisi
Etnik va til tasnifi. 
Zamonaviy Yevropada bir necha o‘nlab 
turli xil xalqlar yashaydi]ar. Lekin qit’aning etnik tarkibi dunyoning 
boshqa hududlarinikiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yevropaning 
aksari ko‘pchilik aholisi hind-yevropa tillarida so‘zlashadilar. Uning 
eng yirik guruhlari - roman, german va slavyan tillaridir. Roman til-
261


lariga mansub etnoslar qit’aning janubiy-g‘arbida va Dunay daryosi- 
ning quyi oqimida yashaydi.
Roman guruhiga ispanlar, portugallar, galisiyaliklar, katalonlar, 
andorraliklar, fransiyaliklar, vallonlar (Belgiyaningjanubida joylash­
gan), franko-shveysariyaliklar, monegasklar (Monakoning tub ahol­
isi) kirib, bu etnoslar gall-roman guruhchasini tashkil etadi. Itali- 
yaliklar, sardiniyaliklar, italoshveysariyaliklar, korsikaliklar, san- 
marinoliklar - ushbu xalqlar italo-roman guruhchasini tashkil qiladi. 
Romanginlar (Shveysariyaning sharqida), ladinlar (Shveysariyaning 
sharqi, Italiyaning shimoli), friullar (Italiyaning shimoliy-sharqida) -
bu uchta kam sonli xalqlarni reto-roman guruhchasiga kiradilar. Ru- 
minlar va aromunlar (Gretsiyaning shimoli va Serbiyada) - bu ikki 
xalq bolqon-roman guruhchasiga mansubdir.
Ayrim roman tillari bir necha xalqlar uchun ona tili sanaladi. 
Xususan, fransuz tili fransuzlardan tashqari, vallonlarga va franko- 
shveysariyaliklarga; italyan tili - italiyaliklarda juda ko‘p sheva- 
lar mavjud. Italyan tilining shevalarini namoyish qilish uchun bir 
ma’lumotni keltirish kifoya. 1875-yili Jovanni Bokkachcho tavallu- 
dining 500 yilligini nishonlash davomida uning novellalaridan biri 
623 italyan shevaIaridao‘qilgan. Zamonaviy italyan adabiy tili toskan 
shevasi asosida yaratilgan.
German til guruhiga oid xalqlar Yevropaning shimoli, shimoliy- 
g ‘arbi va markazida yashaydilar. Hozirgi kunda german tillari ikki 
guruhga - g‘arbiy va shimoliyga bo‘linadi. 0 ‘tmishda sharqiy guruh- 
cha ham bo‘lgan. Lekin uning bironta tili bizgacha yetib kelmagan. 
Jumladan sharqiy german tillarida ostgotlar so‘zlashgan. G ‘arbiy ger­
man tillarida: nemislar, avstriyaliklar, lixtenshteynliklar, germano- 
shveysariyaliklar (Shveysariyaning shimoli va markazida), elzasliklar 
(Fransiyaning sharqida), lyuksemburgliklar, gollandlar, flamandlar 
(Belgiyaning shimoli, Niderlandiyaning janubi), frizlar (Niderlandiya 
va Germaniyaning shimolida), inglizlar, shotlandlar va angloirlandlar 
(Shimoliy Irlandiyada yashaydilar) so'zlashadi. Ushbu guruhga (ne- 
mis tiliga yaqin) yahudiylaming idish tilini ham kiritishadi. Endilikda
262


yahudiylar qaysi mamlakatda yashasalar, o‘sha tilda so‘zlashadilar. 
Shimoliy german shoxobchasiga: shvedlar, norvegiyaliklar, islandi- 
yaliklar, farerliklar (Daniyaga qarashli Farer orollari aholisi) va dani- 
yaliklar kiradi.
German guruhiga kiruvchi qator xalqlar nemis yoki ingliz tillarida 
so'zlashishadi. Xususan, nemis tilida nemislardan tashqari avstriya- 
liklar, germanoshveysariyaliklar, elzasliklar (ular fransuz tilida ham 
gaplashadilar), 1 ixtenshteynliklar, lyuksemburgliklar (uch tilli nemis, 
lyuksemburg va ingliz) so‘zlashishadi. Germaniyaning o‘zida ham 
til bo‘yicha vaziyat qiziqarli. Nemislarda adabiy til bitta boisa-da, 
gaplashadigan til ikkita. Ular qardosh, lekin o‘zaro tushunarli emas. 
Bu Germaniyaning shimolida tarqalgan quyi nemis tili golland tiliga 
yaqin. Yuqori nemis tili adabiy tilning o‘zidir. Ingliz tilida inglizlar- 
dan tashqari shotlandlar, irlandlarning katta qismi va yana ayrim xalq­
lar so‘zlashadi. Norvegiyada til bo‘yicha vaziyat Germaniyadagiga 
qarama-qarshi, unda so'zlashadigan til bitta, adabiy til ikkita. Ulami 
birlashtirishga harakat natija bermasdan, uchinchi adabiy tilni yaratdi, 
lekin u keng tarqalmadi.
Yevropaning qadimgi tub aholisi - keltlar asrlar davomida german 
tilli va roman tilli xalqlar bilan assimilatsiyalashgan. Oqibatda kelt 
tilli aholi soni tobora kamaygan. Shunga qaramasdan, kelt 
tili
guruhi 
Yevropada haligacha mavjud. U ikki guruhchaga boiingan: goydel 
(yoki gell) va britt tillari. Goydel guruhchasiga irlandlar va gellar 
kiradi. Britt guruhiga 

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin