Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Markaziy va Janubiy Amerika hindulari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

14.2. Markaziy va Janubiy Amerika hindulari.
Aborigenlar va ularning tillari
Olimlaming taxminiy hisoblari bo‘yicha yevropaliklar kelmasi- 
dan Amerikadan 12 mln.ga yaqin hindular yashagan. Mustamlaka si­
yosati, majburlab ishlatish, yangi dinga o‘tkazish, tUrli yuqumli kasal-
243


liklaming tarqalishi Amerika tub aholisining kamayishiga olib keldi.
XVIII asrdan aholining kamayishi to‘xtab, m a’lum muddatdan so‘ng 
o‘sish boshlanadi. Hozirgi kunda hindular soni 40 mln. dan kam emas.
Hindu qabilalarining Yangi Dunyoning ulkan hududlarida joylashi- 
shi ko‘p sonli va xilma-xil tillar, madaniyatlar va etnoslaming shakl- 
lanishiga olib keladi. Tadqiqotchilaming hisoblashicha, Lotin Amerika- 
sida 2 mingga yaqin tillar va shevalar mavjud. Quyida nisbatan yirik til 
oilalari va tillariga, unda so‘zlashadigan xalqlarga to‘xtalamiz:
I. Markaziy - amerind til oilasiga 
yorqin sivilizatsiya yaratgan 
asteklar hamda Janubiy Meksikaning qator qabilalari va elatlari kiradi. 
Ular qatoriga Yukatan yarimorolida yashovchi mayyalar ham kiradi. 
Mayyalar yana Janubiy Meksika, Gvatemala, Beliz, qisman Gonduras 
va Salvadorda ham istiqomat qiladilar. Ushbu til oilasiga olimlar to­
monidan yaxshi o‘rganilgan mishtek, sapotek va otomilar ham kiradi.
II. Chibcha-muiskalar 
yana bir yuksak hindu sivilizatsiyasini 
yaratgan xalqlardir.
III. Eng yirik hindu til oilalaridan biri - and. 
Ushbu til oila­
siga mansub tillardan guarani Paragvay davlatidagi rasmiy tillardan 
biridir; kechua tili (unda qadimgi inklar so‘zlashganlar) rasman Peru, 
Boliviya va Ekvadorda tan olingan.
IV. Ekvatorial-tunaon til oilasi. 
Undagi yirik tillardan biri ay- 
mara Peru va Boliviyada keng tarqalgan. Argentinaning tub xalqlari - 
dan mapuchelar ham shu til oilasiga mansub, bu tilga jasur araukanlar 
(Amerika xalqlaridan o‘z mustaqilligi uchun eng uzoq kurashgan) 
kiradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin