Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Kanada xalqlari. 
Kanada - ulkan va aholisi siyrak joylashgan 
mamlakatdir. U bir yarim asr Fransiyaning, so‘ng yana bir asr -
1867-yilga qadar Buyuk Britaniyaning mustamlakasi boigan. Kana- 
rfaning ichki va tashqi ishlardagi mustaqillik maqomi 1931-yildan 
boshlangan.
235


Etnik jihatdan bu mamlakat AQSHga nisbatan yaxlitroq. Kanada- 
da ko‘psonli bo‘lmagan qora tanlilar yashaydi. Qolaversa, mamlakat 
ikki millatlidir.
Anglokanadaliklar. 
Ular Ontario viloyatida, Buyuk ko‘llaming 
shimoliy sohillarida yashaydilar. Etnohudud g‘arbga va janubiy- 
g‘arbga tomon Tinch okean sohiliga qadar cho‘zilgan. Mamlakatning 
g‘arbiy qismini ham ko‘p sonli bo‘lmagan anglokanadaliklar egalla- 
gan. Ulaming soni 12 mln.
Ushbu xalqning tarixiy o‘zagi XVIII asr oxirida «loyalistlar»- 
dan - AQSHdan ko‘chib o‘tganlar ular AQSHdagi mustaqillik uchun 
urushlarda Britaniya qo‘shinini qo‘llaganlardan tashkil topib, uning 
mag‘lubiyatidan so‘ng inglizlarda qolgan Kanadadagi erkin yerlar- 
ga qochadi. Keyinchalik ularga Yevropadan yangi ко4 chib kelganlar 
qo‘shiladi, lekin «loyalistlar»danmeros qolgan AQSHdan mustaqillik 
ruhi saqlanib qolgan. Aynan o‘zlarining madaniy avtonomiyasini va 
mustaqilligini saqlashga intilish, anglokanadaliklaming klassik Bri­
taniya madaniyati an’analariga intilishini, o‘zlarining ingliz, shotland 
va irland ajdodlari madaniyati elementlarini asrashga harakatida ku- 
zatiladi. Xususan, bayramda shotland katak kiltida (yubkasida) uning 
rangiga qarab ushbu shaxs qaysi klan a’zosi ekanligini aniqlash mum­
kin bo‘lgan. Bunday kiyimni bugungi Shotlandiyada topish mushkul.
Frankokanadaliklar. 
Hududi Kvebek viloyati, Ontario daryosi- 
dan sharqqa tomon cho‘zilgan yirik massiv. Monreal - Parijdan ke- 
yingi ikkinchi fransuz tilli shahar, unda ikki million frankokanadalik­
lar bilan birga yuz minglab anglokanadaliklar, italiyaliklar, greklar, 
yahudiylar va yana o‘nlab mamlakatlardan kelgan immigrantlar av- 
lodlari yashaydi. Kanadada yashovchi yetti million frankokanada- 
liklaming ilk ajdodlari Fransiyadan XVII-XVIII asrlarda ко‘chib 
kelgan o‘nlab ming aholidan boshlanadi. Lekin ulaming tomirida ilk 
mustamlakachilaming, hindu ayollarining, irland va shotland askarla- 
rining (frankokanadalik qizlarga uylangan) qoni bo‘Isa ajabmas.
FransiyaKanadasini Buyuk Britaniya tortib olganidanso‘ng franko­
kanadaliklar Fransiyadan ajralgan holda yashab, faqat tug‘ilishning
236


yuqori darajasi orqali o‘zining tilini, shevasini saqlashgan, o‘z urf- 
odatlari, musiqa va og‘zaki folkloriga ega. Yuksak badiiy adabiyoti 
boigan alohida xalqligini asrab qoladi. Ular Kvebek viloyati aholisi­
ning 80% ni tashkil etadilar. Kvebekda fransuz tili rasmiy til sanaladi. 
«Saxiy eski Fransiyaning» XVII asrga oid qo‘shiqlari, skripka ohangi- 
dagi raqslari saqlangan hududni modemizatsiyalashgan Yevropadan, 
Fransiyadan emas, aynan Kvebekdan topish osonroq.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin