Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Shimoliy Amerikadagi etnik jarayonlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

13.2. Shimoliy Amerikadagi etnik jarayonlar.
Shimoliy Amerikaning mustamlaka qilinishi
Amerikaning qayta kashf qilinishi XV asr oxirida sodir boidi. XVII 
asrdan boshlab Shimoliy Amerikaga ispanlar, fransuzlar, gollandlar, 
nemislar kelib joylashadi. Lekin Amerika barchadan ko‘ra inglizlarni 
ko‘proq o‘ziga tortgan. Gollandlar inglizlarni «-yangis» deyishi yanki 
emonimini yaratadi. Uni dastlab Amerikadagi inglizlarga nisbatan, 
keyinchalik barcha shimoliy shtatlar abolisiga, undan ham keyinroq 
AQSHning barcha oq tanli aholisiga nisbatan qoilangan.
Yevropaliklar XVII asming boshida sharqiy sohilda ilk shahar- 
larga asos soladi. Gollandlar hozirgi Manxetten orolini 200 kronga 
sotib olib, Nyu-Amsterdam shahriga asos soladilar. Shahar golland 
koloniyalari markazi boisa-da, aholisining yarmi inglizlar bo ig an va 
ko‘p o‘tmay Angliya mulkiga aylanadi.
XVII asr boshlarida Shimoliy Amerikaning Atlantika sohilida is- 
panlaming Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina va Meksika ko‘rfazi 
sohillarida qator manzilgohlari boigan. G‘arbda ularga Kaliforniya, 
hozirgi Texas yerlari, Arizona, Nyu-Meksikolar qaragan. Lekin XVII 
asrdan ispanlami Fransiya va Angliya surib chiqara boshladi. Nati-
230


jada ispanlar yerlari faqat janubiy-g‘arb bilan cheklangan. Shimoliy 
Amerikada hukmronlik uchun kurashda Angliya, Fransiya, Gollandi- 
ya yetakchi mavqega erishadi.
AQSH sharqiy shtatlari qishloq aholisining katta qismi aynan 
Gollandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Irlandiya, Germaniyadan ilk 
ко‘chib kelganlaming avlodlaridir.
Umuman olganda, yevropaliklaming Shimoliy Amerikaga kelib 
joylashgani sekin kechgan. Shimoliy Amerikaning neytral oblast- 
larida XVI asrda, ba’zida XVII va XVIII asrlarda ham hindular bu 
jarayonni hali unchalik sezishmagan. Gollandiya va Fransiyadan Shi­
moliy Amerikaga XVII asrda kelgan mo‘ynachi savdogarlar hindular- 
dan arzimagan pulga «yumshoq oltin»ni alishtirib Amerika aholisini 
qirg‘in qilish yoki yashayotgan joylardan ko‘chirib yuborishdan man- 
faatdor boimaganlar.
Shunga qaramasdan Yevropadan ко‘chib kelganlar asta-sekin 
qit’aning ichiga kirib boradilar. Fenimor Kuper romanlaridagi 
Nataniel Bampo (Teri paypoq, Burgut ko‘z) kabilar ortidan daraxt 
kesuvchilar kelib o‘mionlardan ekinzorlar uchun yer tayyorlab, 
yog‘ochlardan uylar tiklashgan. Choi-dasht rayonlarida mustam- 
lakachilar chorvachilikni joriy etadilar. Kovboy («sigirchi bola» yoki 
«cho‘pon» ma’nosini beradi) tez orada preriyada, bay rami arda (ro­
deo), folklorda, so‘ng adabiyotda markaziy qahramonga aylana bordi.
Inglizlaming Shimoliy Amerikadagi kolonizatsiyasi keng ko‘- 
lamda olib borilgan. Yevropadagi kambag‘allar uchun Amerika 
jannatmakon o‘lka, u yerda yirik yer egalari tazyiqlaridan, diniy 
ta’qiblardan, qarzlardan xoli b o iish orzusida azob va mashaqqatli sa- 
farga otlanganlar. Ketma-ket ingliz koloniyalari tashkil etilib, XVIII 
asr o ‘rtalarida ulaming soni 37 taga yetadi. Ushbu koloniyalar aholisi 
1,6 mln. kishidan iborat bo‘lgan.
Janubiy-sharqda inglizlardan tashqari ko‘plab fransuz-koloniza- 
torlar ham bo‘lgan. Bu hududga XIX asming boshlarigacha 1 mln. 
qora tanlilar keltirilgan, ushbu jarayon XVII asming birinchi yarimi- 
dan boshlangan. 1860-yilda qullar soni 4 mln.ga yetadi. Ulami ja-
231


nubiy-sharqiy, janubiy va janubiy-g‘arbiy shtatlarda paxta plantatsi- 
yalari tashkil qilingan hududlarda joylashtirganlar. Bugungi kunda 
ham ushbu shtatlarda qora tanli aholi nisbatan к о 'p. ularning yarmiga 
yaqini janubiy shtatlarda yashaydi.
XIX 
asming ikkinchi yarmidan Shimoliy Amerikaga emigratsi- 
yaga kelayotganlar etnik tarkibi o‘zgaradi. Ko‘chib keluvchilarning 
yarmidan ко‘pi yevropaliklar, lekin g‘arbiy sohilda Xitoy va Ya- 
poniyadan ham ko‘plab ко‘chib keluvchilar bo‘lgan. Yangi sharoit- 
larda keluvchilar uchun asosiy talab ingliz tilini o‘zlashtirish bo‘lgan. 
Boshqa etnik guruhlami bo‘ysundirgan ingliz tilli aholining maishiy, 
psixologik va ijtimoiy hayot tarzi shakllana boshlaydi.
Rus tadqiqotchilarining Amerikaga sayohatini V. Bering 
1741-1742-yillari A.Chirikov bilan birga boshlab berishgan. Ular 
Aleut orollarini kashf qilib, Bering bo‘g‘ozi va Amerikaning shimoliy 
sohillariga yetib boradi. Savdogar G.Shelixov 1783-yili Amerikaga 
rus mustamlakachilarining yuborilishiga homiylik qiladi. Ammo Ros­
siya hukumatini asosan mo‘yna olish mumkin bo‘lgan uzoq koloni- 
yalar unchalik qiziqtirmaydi. Imperator Aleksandr II 1867-yili Alyas- 
kani AQSHga 7 mln. dollarga sotadi. Hududdan 1896-yili oltin to- 
pilib, bir yilda 10 mln. dollardan ortiq daromad keltiradi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin