Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

224


Preriya. 
Missisipidan Qovali togiarga qadar o‘simliklarga boy 
adirli dashtlar cho'zilgan boLlib. ularni preriya (fransuzcha - «kat­
ta o‘simliklar tekisligi») deb nomlashadi. Preriya hindulari orasida, 
eng avvalo, siu til oilasiga mansub qabilalar diqqatga molik. Ularni 
ojibvelar- «ilon», o‘zlarini dakota- «ittifoqdoshlar» deb nomlashadi. 
Siularga: assiniboynlar, ayovalar, omaxalar, dakotalar va boshqalar 
kirgan. Preriyada siu tillarida so‘zlashadigan qabilalardan tashqari, 
algonkinlar (cheyenlar, arapaxosalar), shoshon tillari guruhidan «qora 
oyoqlilar» (komanchilar) ham yashagan. Ulaming barchasi kovboylar 
haqidagi kitob va nlmlar qahramonlariga aylanganlar.
Ilk yevropaliklar Shimoliy Amerikada XVI asming boshlarida 
paydo bo‘lib. o4sha kezlarda preriyaning o ’zida 400 ga yaqin hindu 
qabilalari bo'lgan. Yevropaliklar kelguniga qadar hindular preriya­
ning sharqida yirik daryolar oqimi bo‘ylab yashaganlar. Ular sodda 
(primitiv) dehqonchilik (cheyenlar Shimoliy Dakotadagi Red River 
daryosida) yoki ov bilan (komanchilar) shug‘ullanganlar.
Preriya hindularining butun hayoti ikki hayvon - bizonlar va ot- 
lar bilan bog‘langan. Bizon ularga pemlikan - zaxira ozuqa bergan, 
terilaridan chodirlar, kiyim va poyabzal tikishgan. Bizonlami jamoa 
bo‘Iib ovlaganlar. Kolumbga qadar hindularning asosiy qurollari hay­
von shoxlari yoki qattiq daraxt yog‘ochlaridan kamon, uchiga uchqur- 
langan tosh paykon bog'langan uzun dastali nayzalar bo‘lgan.
XVI 
asr o‘rtalarida yevropaliklar Shimoliy Amerikaga otlarni 
olib keladilar. Ispanlami chorvachilik fermalaridan qochgan pre­
riyada yovvoyilashgan otlar Amerikada mustang nomini olishadi. 
Hindular ularga tezda ko’nikib qo‘lga o‘rgatganlar, minib yurishni 
o‘zlashtirganlar. Otlarda ular preriyani egallab bir necha yilda butun 
hududda j oy lashadilar.
Ot hindular hayoti va xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi. U bizon- 
larga ov mahsuldorligini keskin ko‘paytiradi. Natijada hindular asta- 
sekin o‘zlarining avvalgi xo‘jaliklaridan voz kechib ko‘chmanchilarga 
aylanadilar.
Erkaklar va ayollarning barcha kiyimlari qayta ishlangan bizon 
terilaridan qilingan. Erkaklar ham, ayollar ham oyoqlariga jayra ig-
225


nalari qadalgan bosh kiyimlami, oyoqlariga mokasin kiyganlar. 
Ayollar oshlangan yumshoq teridan uzun kiyim kiyganlar. Dushman 
skalplari (bosh terilari) bilan bezatilgan jangovar ko‘ylaklami qabila 
boshliqlari va mashhur jangchilar kiygan.
Lekin preriya hindularining eng ajoyib ziynatlari peshanaga 
bogianadigan burgut patlari tikilgan peshanaband boigan. Patlar 
elliktacha b o iib , har biri bironta jasorat belgisi hisoblangan. Patlar 
turlicha b o iib , o‘ziga xos qilib kesilgan. Peshanabandlaming o‘ziga 
xos orden - tasmachalari bo ig an deyish mumkin. Ulami qabila sar- 
dorlari va eng jasur jangchilar kiyishgan. Jangchilar, undan tashqari, 
o‘zlarini grizli ayiqlari timoqlari bilan ham bezagan. Preriya hindu­
larining asosiy qurollari kamon boigan. Jangda o‘zlarini kiyik yoki 
bizon terlaridan yasalgan qalqon bilan himoya qilganlar.
Preriya hindulari o‘ta jangovarliklari bilan xususiyatlanmaganlar. 
0 ‘zlarining birinchi mudofaa urushlarini ular shartnoma boiishiga 
qaramasdan, so‘nggi yerlaridan mahrum qila boshlaganliklaridan 
so‘ng boshlaydilar.
Preriya hindularining eng kichik ijtimoiy birliklari urug‘ edi. Hin­
du yo o‘zining onasi urugiga (jumladan qarg‘a hindularida), yoki ota- 
si u rugiga mansub hisoblangan. Yoshi katta erkaklar alohida erkaklar 
jamiyatlariga birlashganlar.
Afsungarlar, shomonlar hurmat qilingan, e ’zozlangan. Ulaming 
asosiy vazifalari ruhlar bilan muloqot boigan. Shomonlar kasallarni 
davolaganlar, diniy marosimlami boshqarganlar, taqdimi oldindan 
aytib berganlar, shomon nog‘oralari va shaldiroqlari bilan ob-havoni 
o‘zgartirganlar.
Hindular shomonning yuksak afsungarlik kuchiga ega ekan- 
liklariga (manito yoki manido) ishonganlar. Ayrim roman mualliflari 
manitoni preriya hindularining Oliy ilohiga aylantirib «Buyuk ruh» 
deb nomlashgan. Bu yozuvchilar nazdidagi narsalami hindular hatto 
bilishmagan. Preriya hindulari Ona yer ilohasi, momaqaldiroq va ay­
niqsa quyosh ilohlarini e’zozlashgan.
Preriya ovchilarining o‘ziga xos madaniyatlari XIX asming 
o ‘rtalarigacha saqlangan. Yevropalik ovchilar 50 yil ichida (1881-
226


yili so‘nggi bizon otilgan) terisi uchun barcha bizonlami qirishgan. 
Bizonlaming yo‘q boiishiga preriya va Qoyali tog‘lar orqali Tinch 
okean tomonga (1869) tem iryoining qurilishi ham sabab boiadi. 
U bizonlaming kuzda janubga, bahorda shimolga migratsiya yoiini 
to‘sadi. Natijada 1870-vili janubda umuman bizon qolmaydi.
Hindu qabilalaridagi ovga va hay vonlarga munosabat afsonalardan 
birida quyidagicha ifodalanadi. Unda yosh jangchi to‘g‘risida, uning 
mh homiysi Buyuk kiyik yigitga «Hech qachon zarur boiganidan 
ortiqcha hayvon ovlama» deb uqtiradi. Lekin yigit kunlardan birida 
o‘gitni unutadi. U qahraton qishni kutish davomida ko‘plab hayvon­
lami, jumladan o‘zining rah homiysini ham o‘ldiradi. Ularning ha- 
yoti o ‘zaro bogiiqlikda boigani sababli ko‘p o'tmay o‘zi ham halok 
boiadi. Ajoyib hayvonlar - bizonlaming o'ylamasdan, vahshiylarcha 
oidirilishi hindular dunyosining bir qismi sifatida ulaming hayoti va 
madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Preriya hindulari madaniyatining yo‘qolishiga faqat bizonlaming 
qirilishi emas, plug ham sababchi bo‘lgan.
Rivoyatga qaraganda XIX asming oxirida Shimoliy Dakotada 
qandaydir fermer yer haydayotganida siu qabilasidan boigan qari- 
ya fermemi ko‘radi. Qariya ilgari bizon podalariga yemish boigan 
o‘tlami plug yanchib yerga kiritayotganini kuzatib turadi. Hindu hay- 
dalgan tuproqni q o iid a ezgilab: «Yomon yer, tepasi unumsiz» deydi 
va ketadi. Uzoq yillar bu voqeani latifa sifatida aytib yurishadi. Bu- 
gungi kunda Shimoliy Dakotadagi 10-sonli shosseda, fermeming yeri 
boigan joydagi ko‘rsatkichda qariya aytgan so‘zlar yozib qo‘yilgan. 
Bu rivoyat oq tanlilarga mamlakatning tub aholisi donishmandligi- 
ni namoyish etibgina qolmay, bu yerlami o‘ylamasdan ekinzorlarga 
aylantirish qachondir boy preriyaning yaroqsiz holga keltirilishidan 
ogohlantirish, deb tushunmoq lozim.
Qachonlardir mag‘rur va mustaqil qabilalar yo to iiq qirilgan, 
yoki rezervatsiyalarga j о ‘ natilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin