Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Shimoliy Amerikaning arktika xalqlari madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Shimoliy Amerikaning arktika xalqlari madaniyati. 
Eskimos­
lar Grenlandiya sohillari, Kanadaning shimoli va Alyaskada yashay­
dilar. Ojibvelar tilidan «eskimante» - «qaynatilmagan go‘shtni yeyu- 
vchilar» ma’nosini bildiradi.
Eskimoslar mahalliy sharoitlarga mos maxsus xo‘jalik, baliqchilik 
hamda dengiz hayvonlarini ovlash (yozda qayiqlarda, qishda muz- 
dan ochilgan teshikdan) bilan shug‘ullangan. Termachilik o'simlik 
oziqlari (mevalar, o‘tlar, ildizlar) manbayi boigan. Eskimoslar ilgari - 
dan oziqlami konservatsiya qilish (dudlash, quritish, tuzlash) usullari- 
ni qoMlaganlar. Mustamlakachilar davrida un va boshqa yevropaliklar 
oziqlari eskimoslarda ilgari ma’lum bo‘lmagan kasalliklar, vitaminlar 
yetishmasligi, raxit va h.k.lami keltirib chiqarib, hindular ularni qan­
day davolashni ham bilmaganlar.
Dengiz hayvonlarini ovlashda uchi ajraladigan garpun (sanchqi) 
va havo puflagan dengiz hayvonlari terisidan tikilgan meshdan foy­
dalanganlar. Mesh yaralangan hayvonning cho‘kib ketishiga yo‘l
218


qo‘ymagan. Boshqa hayvonlar va qushlarni ovlashda eskimoslar ka- 
mon, qopqonlar, sanchqilar qo‘llaganlar. Baliqni ovlashda to i, nayza, 
sanchqilardan foydalanganlar.
Ovlangan hayvon va baliqlar xo‘jalikning barcha sohalarida 
qo‘llanilgan. Go‘shti va y o g i taomga, uyni yoritish va isitishga, teri- 
sini kiyim, ko'rpa, suyaklarini mehnat va ov qurollari yasashga ish- 
latganlar. Yog‘ochni o'rmon qabilalaridan ayirboshlab yoki dengiz 
oqimlarida sohilga chiqib qolgan yog‘ochlardan foydalanganlar.
Yozgi turar j oylar uchi uchqur konussimon daraxt po ‘ stlog‘ idan qu­
rilgan teri yopilgan chumlar boigan. Qishkisi y erto ia ko‘rinishidagi 
bir yoki ikki xonali yashaydigan va xo‘jalik xonalaridan tashkil top- 
gan. Ov paytida vaqtinchalik turar joy afsonaviy «iglu» - qor qatlam- 
laridan kesib, doira shaklida joy qilish, ichida hayvon terilaridan tutib 
sovuqdan asranish uchun kichik xonacha qilish an’anasi vaziyatdan 
kelib chiqib yasalgan. Agar qo‘qqisdan qor bo‘roni, izg irin boshlan- 
sa, ovchi o‘zi itlari bilan qorga ko‘milib jon saqlagan.
Eskimoslaming yozgi kiyimlari bir qavat teridan, qishkisi ikki qa- 
vat - juni ichkari va tashqariga qilib tikilgan. Unda asosan bug‘ular 
terisi ishlatilgan. Mo‘ynali ko‘ylak kapyushoni bilan, shim, mokasin, 
etikning soqqisi uzun b oiib, uning tasmalarini belga boylashgan. 
Qo ‘ lqoplar ham у engga bog ‘ langan. Ustki kiy imlar turli mo ‘ynalardan 
tikilib, munchoqlar bilan bezatilgan.
Eskimoslar itlar qo‘shilgan nartlar (chanalar)da yoki suv orqali 
bir kishilik kayaklarda, ko‘p o‘rinli umiaklarda harakatlanganlar. Ular 
hayvon ovlash uchun ulkan hududlarda bir necha kunlab yurishlariga 
to‘g‘ri keigan. Eskimoslar hududlardagi tabiiy nishonlarga qarab y o i 
topishga mohir boiganlar.
Eskimoslaming suyak va hayvon shoxlariga o‘yma naqshlari ham 
yuksak san’at darajasida boigan. Ularning ov hayvonlari haykal- 
chalari, itlar qo‘shilgan chana tasvirlari turli muzey ko‘rgazmalarini 
bezab turibdi. Eskimoslarda qo‘shiq bayramlari, musobaqalar tez-tez 
oikazilib turiladi. Bug‘ular qo‘shilgan chanalarda, itlar qo‘shilgan 
chanalar yoki changidagi musobaqalarda ko‘plab sayyohlar, havas-
219


korlar, jumladan shaharlarda yashovchi kishilar faqat tomoshabin 
emas, ishtirokchilar sifatida ham qatnashadilar. Bugungi kunda eski­
moslar ham zamonaviy sport o‘yinlari - futbol, xokkey va h.k.larda 
qatnashmoqdalar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin