Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Shimoliy Amerikaning tub aholisi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

13.1. Shimoliy Amerikaning tub aholisi
Tub aholining kelib chiqishi. 
G‘arbiy yarimsharda hozirga qadar 
gominidlar kalla suyaklari topilmagan, topilganlari esa zamonaviy qi- 
yofadagi kishilarga yaqin. Ko‘pchilik olimlaming fikricha, Amerikaga
215


mongoloid tipida shimoliy-sharqiy osiyoliklaming o‘tishi bundan 30 
ming yillar avval hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali boshlangan. Buyuk 
muzlik davrida bu joy Osiyoni Amerika bilan quruqlik ko‘rinishida 
bogiab turgan. Bizon va karibulami ovlovchi kichik guruhlar, hay- 
vonlar ortidan yurib o‘zlari bilmagan holda Yangi Dunyoni birinchilar 
qatori kashf qilgan.
Shimoliy Amerika preriyalari va tog‘oldi hududlarining ilk aholisi 
yirik hayvonlar (mamont, bug‘u, ayiqlarga), ovni, termachilikni (qush 
tuxumlari, ari uyalari) bilan qo‘ shib olib borganlar. Biz ularning xo‘jaligi 
haqida aniq ma’lumotlami Shimoliy Amerikadagi paleolit manzilgo- 
hi - Luisvildan topilgan ashyolariga tayangan holda keltiramiz.
Yangi Dunyo paleolit ovchilari hayot tarzi doimiy harakatni ta- 
lab qilgan. Iqlimning o‘zgarishi va ov hayvonlarining janubga 
siljishi ularning hozirgi AQSHning janubiy-g‘arbiy hududlariga 
ko‘chishlariga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga majbur etadi.
Antropologik tasnif. 
0 ‘zlarining antropologik tiplariga ko‘ra 
Amerika hindulari, eskimoslar ko‘proq Shimoliy va Sharqiy Osiyo 
xalqlariga yaqin hamda katta mongoloid irqiga kiradi. Bu Amerika 
tub aholisining Osiyodan chiqqanligini isbotlovchi guvohliklar- 
dan biridir. Shimoliy Amerika hindulari mongoloid irqiga mansub 
boiishi barobarida, bir necha irq tiplariga - eskimos, atlantika, tinch 
okean xillariga bo‘linadilar. Ayrim tafovutlarga qaramasdan, Amerika 
hindularining mongoloidlar ekanligi bahs talab qilmaydigan holatdir.
Hindu odatda o‘rta bo‘yli, yelkador, lekin harakatchan, uzun qo‘lli, 
bilaklari ingichka, peshanasi keng, burgut burunli, nisbatan katta 
ogizli, qo‘y ko‘zli (epikantusli), yapaloq yuzida iyagi biroz oldinga 
chiqqanligi, och yoki to‘q sariq badan rangi, to‘g‘ri qora sochlari bi­
lan xususiyatlanadi. «Qizil tanlilar» laqabini hindular tantanali hol- 
atlarda badanlarini, yuzlarini qizil ohra bilan bo‘yashlari sababli ol- 
ganlar. Hindulami aynan shu shaklda ilk yevropalik dengizchilar va 
mustamlakachilar ko‘rganlar va eslab qolganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin