12.4. Janubiy Sibir, Tog‘li Oltoy-Sayan va
Baykalbo‘yi xalqlari
Janubiy Sibir tabiati Shimoliy Osiyoning boshqa hududlarinikiga
nisbatan ancha farq qiladi. Lekin unda ham iqlim kontinental, ayni
paytda nisbatan yumshoq. Jumladan, yanvar oyidagi harorat -1 6 °C,
iyulda +23 °C. Tekisliklarda o‘rmon-dasht hududlar: o‘simlikka boy
dasht, yaproqli, ignabargli, aralash o‘rmonlar boshlanadi. Bu hudud
lar iqlimiga mos daraxtlar bilan qoplangan, ularga alp o‘tloqlariga boy
ko‘psonli vohalarga ega tog‘lar ham ta’sir ko‘rsatgan. Sibiming janu-
bida dunyodagi eng chuqur chuchuk suvli ko‘l - Baykal joylashgan.
Bu hududdan okeanga buyuk Sibir daryolari - Ob, Yenisey, Lena,
Amurlar yo‘li boshlanadi.
Janubiy Sibirda Rossiya tarkibiga kiruvchi qator ma’muriy-
hududiy birliklar joylashgan: Tog‘li Oltoy (oltoyliklar 69 ming kishi),
Xakasiya (xakaslar 78 ming kishi), Tuva (tuvaliklar 206 ming kishi),
Buryatiya (buryatlar 417 ming kishi). Buryatlar, bundan tashqari,
206
ikki: Ust-Orda (Irkutsk oblasti), Chita oblastining Agin muxtor ok-
ruglarida yashaydilar. Kemerovo oblastining janubiy rayonlaridagi
shorlar (15,7 ming), Irkutsk oblastining Tuva bilan chegarasida to-
falarlar (700 kishi) istiqomat qiladilar.
Sanab o'tilgan barcha xalqlar tili oltoy til oilasi, aksari qismi turkiy
tillar guruhiga mansub. Mo‘g‘ul til guruhiga faqat buryatlar kiradi.
Janubiy Sibiming qadimiyati unda keyinchalik butun Sibir
oikasiga tarqalgan ko‘plab madaniy kashfiyotlari bilan ahamiyatlidir.
Ulardan biri bug‘uni xonakilashtirib yangi chorvachilik sohasi - uy
bug‘uchiligining boshlanishidir. Uni samodiy va tungus qabilalarin-
ing qadimgi ajdodlari nomi bilan atashgan. Uy bug‘uchiligi haqidagi
ilk ma’lumotlar milodiy asr boshlariga oid bo‘lib, 0 ‘rta Yeniseydan
topilgan ashyolar bilan tasdiqlangan.
Protooltoyliklar shakllangan va rivojlana boshlagan hudud Marka
ziy Osiyo va Janubiy Sibir dashtlari boigan. Jez davridan ushbu
hududdagi aholi (mil. avv. Ill—I mingyilliklar) ko‘chmanchi chorva
chilik xo‘jaligini shakllantirgan. Ayni paytda aholi etnik tarkibi ham
bir necha bor o‘zgargan. Janubiy Sibir, Orolbo‘yi, Kaspiybo‘yi, Qora
dengiz sohillaridagi dashtlarda yevropeoidlaming eroniy tilli qabi
lalari yashab, ko‘chmanchilikka asoslangan madaniyatning tarqa-
lishiga xizmat qiladi. U davrlardan bizga qadar marhumlar qo‘yilgan
qo ‘rg‘ onlar уetib keigan. Oltoy, Xakasiya va Tuvaning qo‘ rg‘ onlaridan
topilgan metall, yog‘och, teridan yasalgan san’at buyumlari ko‘plab
muzeylar zallarini bezab turibdi.
Ko‘plab madaniy yutuqlar: ma’danlami eritish, ulardan mehnat
qurollari yasash, hayvonlami q o ig a o‘rgatish, ulami xonakilashtirish,
dehqonchilik xo‘jaligini yuritish Oltoy, Sayan va Baykalbo‘yidan bu
tun Sibirga tarqalgan. Ushbu jarayonlarda mahalliy Sibir aholisi qat-
nashgan.
Xo‘jalikning yangi turlari tiklanishi aholi sonining oshishiga,
migratsiya jarayonlarining o‘sishiga olib keladi. Ilk temir davridan
ko‘chmanchi chorvadorlar harakatchanligi yanada yuksaladi. Ushbu
davrdan Janubiy Sibir va Markaziy Osiyoga turkiy guruhlar kela
207
boshlaganlar. Hududda chorvador guruhlaming: hind-yevropa, pale-
osiyo, ural, tungus tilli aholining turkiylar bilan aralashuvi jarayoni
kuchayadi. Ayni paytda yevropeoid va mongoloid irqlarining ara
lashuvi ham ro‘y berdi.
Janubiy Sibir etnik xaritasiga Chingizxon tuzgan m o'g‘ullar dav-
latining ta’siri ham kuchli bo‘lgan. Ayrim turkiy tilli etnoslar shimol-
ga (xususan, yoqutlar avlodlari) surilgan, boshqalari g‘arbga — qozoq
va uralbo‘yi dashtlariga ko‘chganlar. Ayrim mo‘g‘ul guruhlari Sibir-
ning janubi, Baykal atroflarida o‘mashib, oldindan yashab kelayotgan
turklar va tunguslar bilan aralashganlar. Aynan shu taxlit buryat xalqi
shakllangan tili bo‘yicha mo‘g‘ul etnonimi turkiy qabila urug‘i nomi-
dan olingan.
Mo‘g‘ullar imperiyasi parchalangach, Janubiy Sibir xalqlari
o‘zlarining nisbatan kuchli qo‘shnilari: mo‘g‘ul, manchjur va
jung‘orlaming bosqinlari maydoniga aylanadi. Rossiyaning hududni
egallashi XVI asrdan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, Janubiy Si-
birning ko‘plab xalqlari konsolidatsiyasi faqat XX asrda ro‘y berdi.
Ilgari buryatlardan tashqari, ulardan birortasi ham umumiy nomga
ega bo‘lmagan. Xakaslar beshta hududiy-qabilaviy guruhga, oltoylik-
lar yettita, tuvaliklar bir necha xil nom bilan atalganlar. Hatto bury
atlar: sharqiy (baykalorti) va g‘arbiy (baykalbo‘yi) guruhlariga, ular-
ning har biri, o‘z navbatida, 5 ta qabilalarga bo'linib, sheva, xo'jalik
va turmushda o‘ziga xosliklarga ega bo‘lganlar.
Sharqiy buryatlarda ko‘chmanchi chorvachilik turmush tarzi,
xo‘jaligi vujudga kelgan. Ular yilqichilik, qo‘ychilik va tuyachilik
bilan shug‘ullanganlar. G‘arbiy guruhlarda yirik shoxli mol boqish
keng tarqalgan. Ayni paytda molning bir qismi qishda og‘ilxonalarda
saqlangan, yozda ularga xashak tayyorlangan. 0 ‘ziga xos tomon-
laridan biri g‘arbiy buryatlaming xashak o‘radigan maydonlarni mol
go‘ngi bilan o‘g‘itlaritirishlari bo‘lgan. Ular ruslar kelmasdan oldin
dehqonchilik bilan ham shug‘ullanganlar.
Baykalorti dashtlari aksari ko‘chmanchi chorvachilik rayoni
bo‘Iib, Unda mo‘g‘ul tipidagi xo‘jalik (yil davomida yaylovlarni al-
208
mashlab molning boqilishi) yuritilgan. Chorvadorlar uchun kigizli
uchi uchli o'tov uy vazifasini o‘tab, uning asosi yog‘och panjara va
o‘qlardan iborat bo‘lgan. Oilaning barcha yuklari ko‘chishlar payti
da tuya va otlarda olib yurilgan. Taomlari barcha ko‘chmanchilarda
bo‘lgani kabi sut va undan tayyorlangan mahsulotlar edi. Go‘sht
kundalik taom boTmagan. Ulardan farqli oTaroq g‘arbiy buryatlar
avvaldan o‘troq yashab, yog‘ochdan uylar qurganlar, faqat bu uylar
ko‘pburchakli shaklda bo‘lgan. Bu hududda chorvachilik va dehqon
chilik yetakchi o‘rinda, ov va Baykaldan baliq ovlash yordamchi
xo‘jalik vazifasini o‘tagan.
Oltoyliklar, tuvaliklar, xakaslar hayot tarzi va xo‘jaligida ham
deyarli shu xildagi tafovutlar boTgan. Janubiy oltoyliklar, ko‘pchilik
tuvaliklar va xakaslarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chor
vachilik asosiy xo‘jalik hisoblangan. Ular yilqichilik, qoramol, qo‘y
boqishgan. Xashak deyarli tayyorlanmagan, molni yil davomida yay-
lovlarda ushlashgan. Sayan va Oltoy tog‘oldi hududlari aholisi chor-
vani yozda baland tog‘lardagi alp o‘tloqlarida boqqanlar.
Shimoliy-sharqiy tuvaliklar va qo‘shnilari tofalarlarda o‘ziga
xos xo‘jalik (ulami tojinliklar ham deyishadi) bug‘uchilik bo‘lsa-
da, asosiy mashg‘ulotlari ov, bug‘ulardan esa yuk tashish uchun
transport sifatida foydalanganlar. Kelib chiqishi bo‘yicha ular sayan
bug‘uchilari - samodiylar avlodlari bo Tib, turkiy tilni nisbatan kech
qabul qilganlar.
Ayni paytda xakaslar, shimoliy oltoyliklar va shorlar orasida
ayrim guruhlar hayotida ovchilik asosiy o‘rin tutgan. Ular yovvoyi
bug‘u, maral, kiyiklarni, mo‘ynali hayvonlar (olmaxon, qunduz va
boshqalar)ni ovlashgan.
Janubiy Sibiming barcha xalqlari ruslar kelmasdanoq temirchilik-
ni bilganlar. 0 ‘z temirchilari bilan Oltoyda yashovchi shorlar shuhrat
qozongan. M o‘g‘ul feodallari ulardan XVII asrga qadar mo‘yna bilan
emas, temir bilan soliq olganlar.
Xo‘jalikdagi o'ziga xoslikka bogTiq holda turmush va madani-
yaming boshqa jihatlari ham shakllangan. Chorvadorlarda (Tuva,
209
Baykalorti buryatlarida, Janubiy Oltoy, xakaslaming bir qismida)
kigiz bilan yopiladigan o‘tov keng tarqalgan. Ovchilar uchi uchqir,
usti daraxt po‘stloqlari yoki yog‘ochdan yasalgan ko‘pburchakli
o‘tovlarda yashaganlar. XX asrning boshlaridan mahalliy xalqlar rus
lar ta’sirida yog‘och uylar qura boshlaydilar.
Kiyimlarda ham turli an’analar ko‘zga tashlangan. Chorvadorlar
aksari etagi o‘ng tomonga yopiladigan uzun chopon (xalat) kiygan
lar. Mahalliy zodagonlar Xitoy yoki Rossiya fabrikalarimng qim-
matbaho chiroyli matolari (movut, shoyi, atlas, barqut)dan tikilgan
kiyimlarni afzal ko‘rishgan. Qo‘y terisidan uzun etakli qilib tikilgan
po‘stinlar, yumshoq qo‘y terilaridan (yozda terining o‘zidan) etik-
lar, kigiz poshnali, xitoychasiga tumshug‘i uzun qayrilgan holatdagi
etiklarni ham boyiar ko‘proq kiyganlar. Zodagonlar po‘stinlari usti-
dan xitoy shoyisi va qimmatbaho mo‘yna, yoqali yengil xalat kiyish
gan. Boylaming bosh kiyimlari rangi unga tikilgan taqinchoqlariga
qarab xo‘jayinining amali, jamiyatdagi mavqeyini aniqlash mumkin
boigan. Janubiy Oltoyning turmushdagi ayollari kiyimida o‘ziga xos
element tanasiga yopishib turadigan yengsiz - chegedek boigan.
Qishda uni qo‘y terisidan po‘stinustidan kiyishgan, y o zd a- xalatning
ustidan kiyib yurilgan.
Janubiy Sibir aholisi tabiiy ijtimoiy jihatdan bir toifali boimagan.
Har bir kishi o‘z urugini bilgan va yetti ota-bobosi ismini yoddan
ayta olgan. Har qanday notanish kishidan uning urugini so‘rab, qa-
rindoshlik darajasini osongina aniqlashgan.
Urug‘ ichida nikoh taqiqlangan. Bir urug‘ a’zolari o‘zaro yor-
dam ko‘rsatishlari odatiy hoi edi. Lekin ovchilardan tashqari barcha
xalqlarda urug‘ larda ichki tenglik boim agan. Hayotda ko‘p narsa boy
xonadon egalariga b o g iiq b o iib , urug‘doshlik «yordami» ko‘pincha
yashirin qaramlik tusida edi. Xususan, boy chorvadorlar o‘z mollarini
kambag‘allarga boqishga b o iib berish odati keng qoilanilgan. Shart-
lar turlicha boigan, kimdir tugilajak hayvonlar hisobiga boqsa, yana
kimdir faqat sut va sut mahsulotlari, juni hisobiga chorvani olgan,
shu tariqa yirik poda egalari o‘z chorvasini deyarli tekin boqtirishga
210
erishgan. Urugiardagi iyerarxiya ichki, ayniqsa, buryatlarda kuchli
tus olgan. Ularda hatto xitoy-mo‘g'ulcha feodal lavozim va mavqe-
lar tizimi (tayshi, no‘yonlar, zaysanlar, shulenlar va h.k.) shakllanib,
ularga qaram butun bir urugiar yoki guruhlar boigan. Bunday teng-
sizlik boshqa xalqlarda ham kuzatilgan. O ita asrlarda o‘z davlatlari-
ga xakaslar, Yenisey qirgizlari ega boiishgan. Ba’zida ularning atro-
fida yashagan qabila va elatlar ushbu davlat ma’murlariga boj - yasoq
toiaganlar. Hududda ilk o‘rta asrlardan 0 ‘rxun-Enasoy runn yozuvi
bo iib , turkiy tilda toshlarda bitilgan. Bilga xoqon va boshqalarning
o‘gitlari bizga qadar saqlangan. Chingizxonning yurishlaridan so‘ng
bu yozuv unutilgan.
Qadimgi madaniy an’analardan darak beradigan yana bir soha
hunarmandchilikdir. Uy hunarmandchiligida ip yigirish, kigiz bosish,
teri oshlash, vog‘och o‘ymakorligi bilan shug'ullanganlar. Ulaming
ayrimlari bilan kasb shaklida ham mashg‘ul boiishgan. Xususan,
buyurtmalarda kumush, oltin, mis, qimmatbaho toshlardan zargarlik
buyumlari tayyorlash qadimgi an’analarga ega b o iib , u bilan hozirga
qadar shug‘ullanib kelishadi. Tuva zargarlari ishlarining nozik did bi
lan yasalishi ajralib turadi. Mis va quyma buyumlar, toshtaroshlik,
yog‘och o‘ymakorligi, xakas kandakorligi namunalari va boshqa xalq
san’ati turlari yuksak rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: |