Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Aholining konfessional holati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Aholining konfessional holati. 
Janubiy Sibirga dunyo dinlari 
va boshqa diniy ta ’limotlar hamda diniy tasavvurlar faol tarqatilgan. 
Buryatlaming Baykal ortida yashaydigan qismi XVII-XVIII asrlarda 
lamaizmni (X asrda paydo boigan) tibetliklardan qabul qilganlar. 
Xakaslar, oltoyliklar, shorlar, tofalar va g‘arbiy buryatlar XVIII-XIX 
asrlarda xristianlikka oikaziladilar. XX asming boshida T ogii Oltoy- 
da yangi din - burxonlik tarqalib, unda buddizm, xristianlik va mahal­
liy e’tiqodlar chirmashib ketgan.
Buddizmning tarqalishi adabiyotga murojaat qilishga, ushbu din bi­
lan b ogiiq boiish maorifni o‘zlashtirishga yo‘1 ochadi. Buryatlar eski 
mo‘g‘ul yozuvidan foydalanishgan. Ayrim lamalar tibet tilini bilishgan. 
Buryatlar yurtida XX asming boshlarida 30 dan ortiq (budda ’monastir-
211


lari) faoliyati ko‘rsatgan. Tuvada 20 ga yaqin monastirda lamalar soni 
minglab kishidan iborat boMgan. Xristianlikni qabul qilishgan aholiga 
cherkov maktablari qurib berganlar. Natijada mahalliy xalqlarga diniy 
bo‘lsa-da ta’limga, fan bilan shug‘ullanishgayo‘l ochiladi. Olimlar XIX 
asr oxiri - XX asr boshlarida buiyatlardan G. Banzarov, T.T. Sibikov, 
M. Xangalov, xakaslardan N. Katanov va h.k.lar yetishib chiqaailar. 
Ayni paytda mahalliy aholi ongida an’anaviy dinlar ham uzoq davr- 
lar saqlanib qoladi. Xususan, shomonlik va boshqa mahalliy dinlami 
na xristianlik, na lamaizm surib chiqara olmadi. Nari borsa har ikki 
din (dunyo dini va mahalliy e’tiqod) odamlar ongida o‘z o‘rniga ega 
bo‘lib, zarur paytda ulardan biridan najot so‘rashgan. Og‘ir vaziyatlar- 
da kasallik, omadsizlik, shomon - qamga murojaat qilishgan. Buryatlar 
va tuvaliklar arvohlar ruhiga (animizm) ko‘proq sig‘inishgan. Buning 
uchun ular ruhlar ramzi - ongonlarga (yog‘ochdan, teri, mo‘ynadan 
yoki jundan), ma’lum ko‘rinishda yasalgan but va sanamlarga e’tiqod 
qilganlar. Buyuk shomonlar ongonlari ayniqsa qadrlangan. Ongonlar 
muqaddas joylarda, o‘rmonlar, g‘orlar, tog‘larda saqlanib, u joylarga 
begonalar qo‘yilmagan. Oilaviy ongonlar ham bo‘lgan. Janubiy Sibir 
xalqlari diniy e’tiqodlarida (yoqutlardagi singari) qadimgi tasaw ur va 
kultlar unsurlari uchraydi. Janubiy Sibir xalqlari hayotida fol yuksak 
o‘rin tutgan. Eng sevimli va ommalashgan soha qahramonlik dostonlari 
edi. Ular turlicha variantlarda barcha xalqlarda mavjud edi. Buryatlarda 
uligerlami maxsus qo‘shiqchi - uligershinlar ijro etgan. «Alamji mer- 
gen», «Geser», xakaslar dostoni «Albinji», oltoy dostonlari «Kogutey», 
«Malchi-mergen», «Maaday-Kara» va h.k.lar keng ommalashgan.
Taniqli qo‘shiqchilar - doston ijrochilari xalq tomonidan e’zoz- 
langan. Dostonchi-qo‘shiqchilik san’ati ko‘pincha otadan o‘g‘ilga 
meros bo‘lib o ‘tgan. Jamoada qo‘shiqchi - uligershin (xakaslarda -
xayji, oltoyliklarda- qaychi)ning mavqeyi o‘zigaxos, faxrli, shomon- 
nikidan past bo‘lmagan.
Bu xildagi qo‘shiq seanslari qishning uzun tunlarida bo‘lib, bir ne­
cha kun davom etgan. Dostonni odatda do‘mbira musiqasi jo ‘rligida 
ijro etilgan. Do‘mbiraning torlarini otning yolidan qilishgan.
212


Xalq dostonlari afsonaviy qahramonlari, xalq baxti uchun son- 
sanoqsiz dushmanlarga qarshi kurashi kuylangan. Boston mualliflari 
va ijrochilari aynan oddiy xalq tarafida bo‘lgan.
Albatta, XX asr Sibir xalqlari hayotiga katta o‘zgarishlar kiritdi. 
Insonlar m aium otli, turli sohalarda mutaxassis bo'lib, turli inillat va­
killari sanoatda, ilmiy laboratoriyalarda ishlamoqdalar. Ularda xalq 
teatrlari, muzeylar, gazetalar, televideniye va radio, o‘zlarining zamo- 
naviy adabiyotlari mavjud.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin