Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Amur daryosi havzasi aholisi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

12.3. Amur daryosi havzasi aholisi
«Buyuk baliqli daryo». 
Amur odamlar tomonidan neolit davri­
da o‘zlashtirilgan. Aynan o‘sha davrda o‘troq baliqchilar madaniyati 
shakllanib, uning yaratuvchilari qayiq va to‘rlardan foydalanishgan
baliqni, ayniqsa, dengizdan daryoga urug‘ tashlagani chiqqan losos 
baliqlarini zaxiraga tayyorlashgan. Amurbo‘yi tub aholisi tilida av- 
gust yoki sentabr (qayerda yashashiga qarab) «buyuk baliq oyi» deb 
nomlangan. Aynan ana shu faslda zaxira tayyorlanib, keyingi yilga 
qadar aholini ozuqa bilan ta’minlagan. Chanada qo‘shilgan itlarga 
ham baliqlar berilgan.
Ussuriya o‘lkasi va Saxalin orolida: nivxlar (47 ming kishi, eski 
nomi gilyaklar), nanaylar (12 ming), ulchilar (3,2 ming), orochi (900 
kishi), oroki (200 kishi), udegey (2 ming), negidal (600 kishi)laming 
ko‘p sonli bo‘lmagan ovchilik va baliqchilik aholisi shu hududning 
tub vakillaridir.
203


Sanab o‘tilgan xalqlar tili (nivxlamikidan tashqari) oltoy til oila- 
sining tungus-manjur til guruhiga kiradi. Negidallar tili tungus (evenk 
va even) tillariga yaqin. Qolganlari janubiy tungus tillariga kiradi. 
Nivxlar tili o‘ziga xos bo‘lib, boshqa tillarga kirmaydi, olimlar uni 
paleosiyo tillariga mansub deyishadi.
0 ‘troq baliqchilar hayot tarzining shakllanishi - quruqlikda ov 
va dengiz hayvonlarini ovlash ehtimol nivxlar ajdodlaridan boshlan- 
gandir. Tungus tilli aholi keyinchalik bu yerda taxminan mil. avv. II 
mingyillikda keigan, u davrda Amur bo‘yida boshqa xo‘jalik turlari -
dehqonchilik va chorvachilik mavjud edi. Tungus qabilalari bu yerga 
yilqichilik madaniyatini keltiradilar. Milodiy II mingyillikning ik- 
kinchi yarmida bu hududda tungus-manjur etnoslari tomonidan yuk­
sak taraqqiy etgan madaniyat shakllanadi. Aynan shu joyda 636-yilda 
Boxay davlati vujudga keladi. Uni Xitoy imperiyasi ham tan olgan, 
Koreya va Yaponiya aloqada boTgan. Kidanlar 926-yilda Boxayni 
yengib o‘zlarining deyarli ikki asrlik hukmronliklarini o‘matadilar. 
Juijonlar 1115-yilda kidanlarga, mo‘g‘ullar 1211-1231-yillar Jurjon- 
lar davlatiga barham beradi. Mo‘g ‘ullardan faqat o ‘rmonlarga qochib 
yashiringanlar omon qoladi. Ular daydi ovchilik va baliqchilik bilan 
hayot kechirganlar. Hozirgi Amur, Saxalin, Primoryening tungus tilli 
aholisi Boxay va Jurjonlar davlatlarining vayronalarida omon qolgan- 
lar avlodlari ekanligi taxmin qilinadi.
Xo‘jalik hayotida baliqchilikdan tashqari yovvoyi o‘simliklami 
terish, dengiz hayvonlarini ovlash muhimdir. Mehnat taqvimi ushbu 
xo‘jalik mashg‘ulotlariga qarab: maydan oktabrgacha ochiq havza- 
larda baliq ovlash boTgan, aprel-may oylarida qayiqlarda dengizga 
chiqib nerpa va sivuchlar ovlangan. Bu mashg‘ulotlar bilan sohil- 
dan ancha uzoqda joylashgan posyolkalar aholisi ham arlel boTib 
shug‘ullanganlar. Qishda taygadagi qushlarni ovlash, muz ostidan 
baliq ovlash asosiy faoliyat turiga aylanadi.
Baliq ovlashda eng unumli, ayni paytda ko‘p mehnat sarflanadigan 
usul daryoda uzunligi 100 metr, hatto 300 metrgacha yog‘och shox- 
laridan to ‘siq qurib daryo oqimiga qarshi o‘rnatilgan, sohildan dar-
204


yoning o‘rtasiga qaratib o‘matilgan to‘siqda maxsus to‘r qo'yilgan. 
Ochiq joyga intilgan baliqlar aynan shu to‘rga tushganlar. Tayganing 
ichki hududlarida yashagan nanaylar, ugedeylar, orochilar va orokilar 
hayotida muhim o iin n i ov (yozda piyoda, qishda chang‘ida) egal­
lagan. It chanalari transport vositasi sifatida faqat daryo bo‘yi, dengiz 
bo‘yi aholisida boigan, orokilarda bug‘ular transport vositasi hisob- 
langan.
Tayga aholisining son-sanoqsiz cho‘qqi, daryo, botqoq, butazor- 
lar, hay vonlarni bilishlari, bu narsalardan foydalana olishlari, xotirasi, 
kuzatuvchanligi va uddaburonligi yevropaliklarni hayratga qoldirgan. 
Rus yozuvchisi V.Arsenyevning «Dersu Uzala» asari bosh qahramo- 
ni - oddiy nanay ovchisi siymosi yapon kinorejissori Akiro Kurosava 
filmi orqali dunyoga tarqaldi. Asarda ham, filmda ham qahramon va 
uning qabiladoshlarini faqat insonlarga emas, balki jonli tabiatning 
barcha-barchasiga g‘amxo‘rlik va mehr-shavqat namoyish etilgan.
Daryobo‘yi baliqchilari posyolkalari odatda ko‘p hovlili etib qu­
rilgan. Har bir baliqchi uy va xo‘jalik binolarini sohilga, suvga ya- 
qinroq qurishga intilgan. Ular hatto mehmonga ham qayiqlarda bo- 
rishgan. Sohilda, suvdan 5-10 metr yuqorida qayiqlar turgan. Ulardan 
so‘ng to‘rlarni quritish uchun yog‘ochdan ustunlar, undan keyin yoz- 
gi yog‘och po‘stloqlaridan uylar, undan narida omborlar, changilar 
uchun ayvonlar qurilgan. Eng oxirida qishki yog‘ochlardan qurilgan 
uy (fanza)ning orqasida itlar uchun bostirma boigan
Qishki uyni isitish tizimi o‘ziga xos boTgan. Devor tagidagi 
o‘choq uy ichidagi supa ostidan o‘tgan. Tutun tuynugi orqali isitilgan. 
Isitish pechlari arxeologlar m a’lumotlariga qaraganda Uzoq Sharqda 
temir asrida paydo boiib, Boxay davlati hukmronligi davrida keng 
tarqaladi. Bu xildagi isitish moslamalari Xitoy va Koreyada ham 
qoilaniladi. Kiyim va buyumlami tayyorlashda o‘tmishda mahal­
liy ashyolar, qichitqio‘t tolasi yoki yovvoyi kamondan to ‘r to‘qish 
uchun, baliq terisi, mo‘ynalar, yovvoyi hayvonlar terilaridan kiyim- 
bosh tayyorlangan. Yog‘och tanasidan o‘yib qayiq yasashgan. Turli 
buyumlar Xitoy bilan savdo orqali kirgan. Qo‘shni xalqlaming ma-


halliy aholiga ta’sirini etagi o‘ng tomonga yopiladigan xalatlar, ayrim 
kashta naqshlari orqali ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy hayotda qarindoshlik munosabatlari muhim o‘rin tutgah. 
Urug‘ ichida nikoh (endogamiya) taqiqlangan. Qarindoshlar bir-bir- 
lariga so‘zsiz yordam ko‘rsatganlar. Qo‘shnichilik ko‘magi ham eng 
yaxshi an’analardan bo‘lgan.
Uzoq Sharq xalqlari ma’naviy hayotida ko‘plab arxaik xususiyatlar 
saqlangan. Tabiat bilan yaqin bog‘liqlikda yashagan aholi uning barcha 
narsalari jonli ekanligiga ishonganlar, ular insonning ruhi hayvon va 
o‘simliklar ruhi bilan aloqada ekanligiga ishonganlar. Uzoq davom et­
gan bayramlardan biri ayiqqa bag‘ishlangan. Unda kichkinaligida ush- 
lanib bir necha yil xonadon sharoitida boqilgan ayiqni oxir-oqibatda 
bayramda qurbonlik qilib, go‘shtini mehmonlarga ulashganlar.
Bu xildagi udum-bayramlar kamayib, XX asrda aholining tur- 
mushiga zamonaviy madaniyat va maorif muntazam joriy etildi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin