Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


hokazo  ko‘chma nomlar bilan atashgan. Evenklar ayiqni nomi bilan  atashsa



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

hokazo 
ko‘chma nomlar bilan atashgan. Evenklar ayiqni nomi bilan 
atashsa, 
u, albatta, eshitib, gap nima haqida ketayotganini tushunadi, 
deb 
bilishgan. 0 ‘rmon hayvonlari, qushlar va baliqlar bilan b o giiq
195


Xo‘jalikning ushbu yovvoyi bug‘ularga ovi Yevrosiyoning shi- 
molida eng qadimgi turlardan biri boigan. U neolitda paydo bo‘lgan 
nganasanlar diniy tasavvurlarida qadim udum va marosimlar unsur- 
lari bo‘lib, ulardan biri o‘choq ilohasiga e ’tiqod qilishgan. Bayram- 
lari yanvarda tundra ustida quyosh ko‘ringanida, yozgi quyoshning 
chiqishi, ilk qor yog‘ishi va hokazolarda shomon boshchiligida qam- 
lash udumi o‘tkazilgan. Shomonbo‘lajak mavsumning omadli kelishi 
yoki boshqa istiqbollami aholiga yetkazgan.
Evenklar. Yeniseydan sharqqa tomon Tinch okean sohillariga qa­
dar o‘rmonli o‘lkani qadim zamonlardan evenklar (30 ming) (ilgari 
tunguslar deb atashgan) o'zlashtirganlar. Ularga tili va turmushi jihati- 
dan o‘xshash evenklar (17 ming kishi)ni ilgari tungus ham deyishgan. 
Kam sonli bo‘lishiga qaramasdan, evenklar Rossiyada ruslardan keyin 
ikkinchi yirik hududni egallagan. Evenklar — tayga ovchilari mazkur 
hududning hayvonlarini, odatlarini yaxshi bilishdan tashqari, yaxshi 
mergan, abjir va chidamli bo‘lishi lozim. Ovda omad ham muhimdir. 
Evenklardagi maqollardan birida «oson erishilgan narsa omad emas» 
deyiladi. Ovchilarning taygani bilishlari, unda yo‘l topib yurishlari 
hayratlanarli darajada. Ular uchun barcha narsalar - daraxt butasi, yer 
yoki relyefli jilg ‘a, hayvon oyog‘i yoki qushning ovozimi, barchasi 
inson uchun muhim m a’lumot berib, barchasi uning xotirasida muhr- 
lanadi. Evenklaming butun hayoti hayvon yoki baliq izlab bir joy dan 
ikkinchisiga ko‘chishi bilan o‘tgan. Lekin bu ko‘chishlar tartibsiz va 
o‘z-o‘zidan bo‘lmasdan, qishki, bahorgi va kuzgi manzilgohlar asrlar 
davomida o ‘rganilgan joylarda bunyod etilgan. Ovchi yoki ovchilar 
guruhi ba’zida hayvonni bir necha kunlab ta’qib etgan. Agar mav- 
sum omadli kelsa, go‘shtning bir qismini zaxiraga qoldirishgan. Uni 
dudlashgan, quritishgan, yaqin orada yeyiladigan go‘shtlami qoplab 
bug‘iga yuklab olib yurishgan. Ovchi ovlagan hayvonni hech qan­
day isrofsiz maydalagan. Kamus - bug‘uning yoki losning oyog‘idagi 
terilar poyabzal uchun ishlatilgan. Hayvonning bo‘yin terisidan bir 
necha metr uzunlikdagi mustahkam arqonlar yasashgan. Paylaridan 
kiyim tikish uchun mahkam iplar qilingan. Bug‘u yoki ayiq terisidan
194


Msiq kiyim - chumlarai yopish, uxlash uchun qoplar, k o ip a yasash- 
gan. 
Bug‘u terisidan zamsh ham tayyorlashgan. Evenklar o‘zlariga 
Zarur 
boiganidan ortiqcha hayvon ovlamaganlar. Evenklar hayotida 
baliq ham alohida o‘rin tutgan. Ilgari baliqning uchi uch nayzali qu- 
rolda, tunda mash’ala qilib, qishda muzni o ‘yib ovlashgan. Yozgi va 
kuzgi manzilgohiarda kichik sovlar o‘zanini to‘sib shox-shabbalar bi­
lan bir joyga surib kelib ovlashgan. Yaxshi ov tufayli ortiqcha baliq 
tutilsa, uni saqlab qo‘yishgan.
Evenk madaniyadning ajralmas qismi bug'uchilik boigan. 
Ularning qo‘shnilari (chukchalar va nenetslar boigan) evenklami 
bug‘udagi chavandozlar deb bejizga ayiishmagan. Aynan bug‘ular 
evenklarga harakatchan xo‘jalik yuritish, taygani o‘zlashtirish im- 
konini bergan. Tungus bug‘uchiligi transport ko‘rinishida boigan. 
Bug‘ uga egar urib uy jihozlarini tashishgan. Har bir oilaga 40-60 
boshdan bug‘u to‘g‘ri keigan. Bug‘ulami juda ehtiyot qilib, faqat 
ocharchilik boisagina so‘yishgan. Qishda bug‘ular qor tagidan 
tu yogi bilan yagel o‘tini topib yeganlar. Evenklaming an’anaviy 
uy-joylari ko‘chma chum, asosi yog‘ochlardan qilingan. Ularda bir 
nechta oilalardan iborat guruh chumlami yig‘ishga 2 soat, yangi joy- 
da o‘matishiga ham shuncha vaqt sarflashgan.
An’anaviy kiyimlari ham ovchilik hayotiga moslashgan, qishki 
po‘stin bug‘u terisidan, oldi ochiq qilib tikilgan. Etaklari tizzasigacha 
b o iib , bug‘uda o‘tirishga yoki keng ovchi chanasida hayvonni ta’qib 
etishda qulay boigan. 0 ‘tmishda ko‘krakni issiq saqlash uchun max- 
sus kashtalangan yopingich bilan to‘silgan. Yozda oldi ochiq kaftan 
kiyilgan, ruslar kelmasdan oldin uni bug‘u zamshasidan tikishgan.
Evenklar tilida ushbu xalqlar xo‘jaligida o‘ziga xoslikni ifodalov- 
chi ko‘plab so‘zlami saqlagan. Bu tillarda ovlanadiganhayvonlarning 
xilma-xil nomlari berilgan. Lekin ayiqning nomi hech qachon ovoz 
chiqarib aytilmagan. Tayga egasini odatda bobo yoki buvi, tog‘a va 
hokazo ko‘chma nomlar bilan atashgan. Evenklar ayiqni nomi bilan 
atashsa, u, albatta, eshitib, gap nima haqida ketayotganini tushunadi, 
deb bilishgan. 0 ‘rmon hayvonlari, qushlar va baliqlar bilan bogiiq
195


ko‘plab taqiqlar va irimlar boigan. Ularning ayrimlarini m aium
mavsumlarda, boshqalarini butunlay oidirish taqiqlangan.
Evenklar tasavvuricha, koinot ucbta: yuqori, o‘rta va pastki 
dunyodan iborat. Eng oliy Enekeni tayga odamlari va hayvonlar 
ulugiashgan. Uning yerdagi asosiy yordamchilari Eneke togo (buvi) 
va ezgulik ruhi - Seveki boMgan. U doim odamlar haqida qayg‘urib, 
bug‘ular podasini asrashga ko‘maklashgan, kasalliklardan asragan, 
ovchilarga qushlami yuborgan. Quyi dunyoda ajdodlar yeri joylash­
gan, marhumlar joni oigandan so‘ng pastki dunyoga ketadi. Unda bir 
oyoqli yovuz ruh - Hargi o‘z yordamchilari bilan insonni mahv etishi 
yoki unga turli ofatlar va kasalliklar yuborishi mumkin. Ushbu yovuz 
kuchlarga qarshi faqat kuchli shomonlar - ruh ko‘makchilari bilan 
у or dam berishlari mumkin boigan.
Yoqutlar. Rus mustamlakachilari XVIII asrning birinchi yarmida 
taygadagi tungus ko‘chuvlari orqali o ‘tib Lena daryosi, Aldan va Vil- 
yuy daryolari havzasida yashagan ajoyib xalqni uchratdilar. Yoqut- 
laming xo‘jaligi asosi ov va baliqchilik emas, chorvachilik edi. Yirik 
shoxli mol otlami boqishgan. Yoqutlar (o‘zlarini «saxa» deyishadi) 
dunyoning eng shimoliy hududidagi chorvadorlardir. Olimlaming fik- 
richa, yoqutlarning shimolga ko‘chishlari miloddan aw algi II ming­
yillikning boshlaridan boshlanib, XIII-XIV asrlarda yakuniga yetgan. 
Yoqutlarning tarixiy xotirasida ularning ilk ajdodi Omogoy, Elley 
va Ulug‘ Xorolar haqida rivoyatlar qolgan. Unga ko‘ra ular hozirgi 
hududlarga sollarda Lena daryosi bo‘ylab suzib kelishgan. Yoqutlar 
janubiy Sibirning ko‘pchilik aholisi singari turkiy tillidir.
Yoqutlar o‘z hududlarida yashovchi ko‘plab etnik guruh vakilla- 
rini tarkiblariga singdirib (assimilatsiyalashtirib) yuborganlar. Ular 
orasida mo‘g‘ul tilli (buryatlarning singari) etnoslardan tashqari, tun- 
guslar, yukagirlar ham boigani ehtimol.
Yangi yurtga ko‘chib o‘tgan aholining xo‘jaligi o‘zgarmay qoli- 
shi mumkin emasdi. Arktika sovugiga chiday olmaydigan hayvonlar: 
qo‘y, echki, tuyalar, shuningdek dehqonchilik yo‘qotiladi. Murakkab 
sharoitlarda yoqutlar shimol chorvachiligini yaratdilar. Uning asosini
196


ikki - qishki va yozgi qishloqlar tashkil etadi. Qishki manzilgohlar 
ial, odatda bir-ikki vog'ochli uylardan iborat bo‘lib, yozda xashak tay- 
yorlaydigan o‘tloqlar yaqinida bo‘lgan. Qishki uyga xoton (qo‘ton)
- molxona taqab qurilgan. Yoqut hayotida qishga yetarlicha xashak 
tayyorlash hayot-mamot masalasi bo‘lgan. Xashak o‘riladigan may- 
donlar eng qimmatli xo‘jalik qadriyatlaridan bo‘lib, ba’zida oddiy 
jamoa a’zolari va toyonlar (jamoa boshliqlari) orasida bahs va kelish- 
movchiliklarga sabab bo‘lgan. Yozgi manzilgohlar - daryo vohalari, 
alaslarda joylashgan b oiib, unda daraxtlardan bo‘sh, o ‘t-o‘lanlar 
serob joylar tanlangan. Bu yaylovlarda mollar iyun-sentabr oylarida 
boqilgan. Alasda odatda bir necha oila o‘z chorvasi bilan to‘plangan, 
unda yozgi uylar qurilgan.
Yoqutlaming asosiy ozuqalari sut va undan olinadigan mahsulotlar 
bo‘lgan. Yoz va kuzda qishga yetadigan sigirlar sogMlganda, sut mo‘l 
bo‘lganida, asosiy oziqni tayyorlab olish kerak edi. Qishning ikki-uch 

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin