Savol va topshiriqlar
1. Janubiy-Sharqiy Osiyo orollaridagi aholining antropologik va
lingvistik tavsifini ifodalab bering.
2. Aholining xo‘jalik faoliyatidagi transformatsiyalarini qanday
ifodalaysiz?
3. Moddiy madaniyatdagi xususiyatlar, orolliklar turar joylari,
kiyimlari haqida so‘zlab bering.
4. Orolliklar ma’naviy madaniyatlari, dinlari haqida gapirib bering.
5. Hindixitoyning o‘troq dehqonchilik aholisi madaniyatini bila-
sizmi?
6. Etnoslar ma’naviy madaniyati va dinlari haqida so‘zlab bering.
188
12-BOB. SHIM OLIY OSIYO (SIBIR) XALQLARI
Ural togiaridan sharqqa tomon minglab kilometrga cho‘zilgan
Sibir o‘lkasi Tinch okean sohiliga qadar davom etadigan hududni
egallagan. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasiga kiradigan ushbu
hududda asosiy aholini ruslar tashkil etib, mahalliy tub millatlar,
xalqlar, elatlar, qabilalar tarqoq, ko‘p hollarda siyrak yashaydilar.
Aholining asosiy qismi va yirik shaharlar o‘lkaning janubida, Si-
birning o‘rta qismi va Uzoq Sharqda joylashgan. Shimoliy hududlar
Arktika va Subarktika zonasiga kirib, oykumenaning aholisi eng siy
rak hududlaridan biri hisoblanadi. Tundraning ushbu cheksiz min-
taqasida yilda 10 oy qor qatlami saqlanadi. Faqat qisqa yoz mavsum-
ida qor o‘mida baland boim agan o‘t-o‘lanlar o‘sib, undan janubda
qalin daraxtlar va butalar ko‘karib, arktikaning sovuq shamollariga
qarshi turadi. Undan janubroqda ulkan hududlami egallagan tayga,
uning o‘tish murakkab bo‘lgan o‘rmonlari boshlanadi. Shimoliy
Osiyoning arktika va subarktika zonalarida hozirga qadar insonning
muntazam yashashi uchun qulay sharoit yaratilmagan. Sibiming tub
aholisi minglab yillar davomida ov va baliqchilik bilan tirikchilik
qilib, transport, uy-joy va uni isitish, taom va uni iste’mol qilish usul-
lari va h.k.larda to‘plagan tajribalaridan foydalanishini taqozo etadi.
Bu bebaho tajriba Sibir aholisining dunyo madaniyatiga qo‘shgan
hissasidir.
Bugungi kunda Sibirda yigirma beshta xalq o‘z hayotini tayga va
tundra ovchiligi, dengiz hay vonlarini ovlash, baliqchilik va bug‘ uchilik
bilan olib bormoqda. Ulami etnologiyada Shimol va Sibiming kam
sonli ovchilik xalqlari deb atashib, ularga Xanti-Mansiysk va Yamal-
Nenetsk muxtor okruglari, Chukotka va Koryak avtonom oblastlari,
Krasnoyarsk o‘lkasida evenk va Taymir muxtor oblastlari kiradi. Et-
noslaming ayrimlari Saxa - Yoqutiston Respublikasida, Uzoq Sharq
da, Saxalin orollarida yashaydi. Ularning ayrimlari 200 kishidan (de-
189
populatsiyajarayonida) 34 ming kishigacha, barchasi 180 ming kishi.
Faqat Shimoliy Sibir xalqi - yoqutlar (400 ming atrofida) nisbatan
yirik etnosdir. Janubiy Sibirda ham bir necha o‘ndan yuzlab, minglab
aholiga ega etnoslar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |