199
12.2. Kamchatka va Chukotka aholisi
Kamchatka va Chukotka yerlarida Rossiya hukmronligi XVIII
asrdan ularga dengiz yo‘li ochilganidan so‘ng to‘liq o‘rnatildi. Kam
chatka, Chukotka va ularga tutash orollaming tub aholisi - chukchalar
(15,2 ming), koryaklar (8,9 ming), itelmenlar (2,4 ming), chuvahs-
lar (1,4 ming), eskimos va aleutlar (1,7 ming va 0,6 ming)dan ibo
rat. Ulardan chukcha, koryak va itelmenlar tilini paleosiyo tillariga
kiritadilar. Eskimos va alsu tillari alohida til oilasini tashkil etadi,
lekin ulaming asosiy qismi AQSHning Alyaska yarimorolida, Aleut
orollarida, Grenlandiya (Daniya) va Kanadada yashaydilar. Shimoliy-
Sharqiy Sibirda eskimoslar Chukotkaning dengiz sohili qishloqlarida,
aleutlar Komador orollarida yashaydilar.
Osiyoning shimoliy-sharqiy chekkasida yashovchi xalqlaming
an’anaviy mashg‘ulotlari va hayot tarzlari qisman haligacha saqlanib
kelmoqda. Bu tundra yirik uyurli bug‘uchiligi bilan qisman chuk
chalar, koryaklar qit’ada mashg‘ul bo‘lsa, sohilbo‘yi chukchalari,
koryaklari va eskimoslari dengiz hayvonlarini ovlashadi. Itelmenlar-
ning asosiy mashg‘ulotlari qachonlardir Kamchatka va boshqa yay-
lovdagi daryo vohalarida zich yashab, o‘troq daryo baliqchiligi bilan
shug ‘ ullanganlar.
Kamchatkada XVIII asrdan mslar pay do bo‘lishi bilan itelmenlar
ular bilan tez aralasha boshlaydi. Ushbu metis aholi rus tili va madani-
yatini qabul qilib, kamchadallar nomini oladi. Hozirda ulaming soni
20 ming kishi. 0 ‘z tilini saqlab qolgan itelmenlar ham chukchalar va
koryaklarga nisbatan ko‘proq mslar ta’siriga uchraganlar.
Dengiz hayvonlarini ovlash katta xavf, ko‘p kuch, chidamlilik,
chaqqonlik, merganlik, tezkorlikni talab qiladi, asosiy ov obyektlari
kitlar, morjlar, tyulenlar, laxtaklar (dengiz quyonlari) va boshqalar
bo‘lgan. Ushbu hayvonlar go‘shti odamlar, itlar uchun asosiy oziq,
yog‘i taomlami isitishda, mo‘yna va terisi kiyim, poyabzal, suyak va
tishlari garpun va boshqa zarur narsalar tayyorlashda qo‘l kelgan.
Morj va kit ovlash may-oktabr oylarida jamoaviy tarzda amalga
oshirilgan. Morj ovlashga chukcha va eskimoslar baydar qayig‘ida
200
Chiqishadi. Bu joydagi qayiqlar yog‘ocb asos ustiga morj terilarini
qoplab yasaladi. Katta baydar 30 tagacha kishini sig‘diradi. Baydar-
ning odatdagi jamoasi 7-10 kishidan oshmaydi. Qayiqning orqa to-
monida uning egasi, eshkakchilar - 5 -6 kishi, uch tomonida 2 garpun-
Chi bo‘ladi. Morjlar ko‘rinsa, ulami quvib yetib garpun bilan urganlar.
Yaralangan morj harakatini qiyiniashtirish uchun garpun qayishiga
tyulen terisidan qilingan va havo to ‘ldirilgan narsani ilib qo‘yishgan.
Bu moslama keyinchalik ovda oio ch ar qurollardan foydalanilganda
liam yaralangan morj cho‘kniasligi uchun qoilanishida davom etgan.
Kitlarga ov deyarli shu tarzda o‘tgan, faqat unda bir nechta bay
dar ishtirok etgan. Tyulen, nerp, morjlarga yakka ovchilik usuli
qoilanilgan, unda ovchi hayvonlami poylash, qishda muzda maxsus
teshik qilib, unga havodan nafas olishga chiqqan yoki bahorda qu-
yoshda toblanayotgan hayvonlami ovlaganlar.
Dengiz sohillaridan uzoqdagi chukcha va koryaklar uchun asosiy
mashg‘ulot bugunga qadar bug‘uchilik b o iib kelmoqda. 0 ‘tmishda
doimiy manzilgohlar boim agan, bug‘uchilar manzilgohlari mavsu-
miga qarab bir necha bor ko‘chgan. Bug‘u hayot uchun barcha zarur
narsani: go‘sht, teri, transport vositasi va h.k.lami bergan. Bug‘u
go‘shtiga sohil aholisidan yog‘, qayish, tyulen terisi va boshqalami
ayirboshlaganlar. Bug‘u asosiy transport vositasi boigan (sohil bo‘yi
chukcha va koryaklari it qo‘shilgan chanalarda harakatlangan).
Chukchalar va koryaklar bug‘uchiligi uchun uyur laming
ko‘psonliligi xos. Bu xo‘jalik XVII-XVIII asrlarda shakllangan. Il
gari tundrada yovvoyi bug‘ularga ov keng tarqalgan edi, Uy bug‘ulari
bilan chukcha va koryaklami qo‘shnilari - evenlar tanishtirgan-
lar. Chukchalar va koryaklar bug‘ularni haydovchi maxsus itlami
ham bilmaganlar. Bug‘ular uyurini to‘plash, boqish, parvarishlash
cho‘ponning yelkasida boigan. Yaxshi cho‘pon chidamli, chopqir
b oiishi lozim edi. Shuning uchun o‘g‘il bolalar yoshligidanyugurish,
chang‘ ida yurish mashqlarini bajarishgan (Chukotka va Kamchatkada
sirpanadigan changilam i bilishmagan).
Chukchalar, koryaklar va itelmenlar hayotida daryo, dengiz sohili
baliqchiligi katta o‘rin tutgan. Ular nerpa, tyulen yoki baliqqa ovga
201
kichik kayakda - sinchga tortilgan teridan iborat qayiqda chiqishgan.
0 ‘tirgan kishi o iin d ig ‘i ham belidan qayish bilan mahkam bogianib,
qayiq ag‘darilganda ham ichiga suv kirmagan. «Suvdan quruq chiq-
di» iborasi ilk bor aynan ular to‘g‘risida aytilgan b o isa ajab emas.
Shimoliy-Sharqiy Osiyo xalqlari turar joylari - bug‘uchilar ya-
rangasi, chumga o‘xshash, lekin kattaroq bo‘lgan. Uning ham sinchi
yog‘ochlardan boiib, teri bilan qoplangan. Uning asosiy xususiyati
isitilishidir. Yaranga ochiq gulxan emas, maxsus yog‘ quyilgan chiroq-
da yoritilgan va isitilgan. Ichkaridan 2-3 qavat junli terilardan keng
yopinchiqsimon moslama tikilib, butun qish oila hayoti shu joyda o‘tadi.
Shimoliy-Sharqiy Osiyo xalqlari kiyim va poyabzallari bug‘u teri
sidan, nerpa, tyulen terilaridan tikilgan. Kiyimlar oldi yopiq, qishki
po‘stin ham ichiga, ham tashqariga qaratib tikilgan, ko‘ylak tizza-
sigacha uzun qilib bichilgan, yenglari keng qilingan. Mo‘ynali, junli
teridan ishton va etiklar ham tikishgan. Odatda, bolalar kiyimlari
m o‘ynali kombinezon shaklida boigan.
Shimoliy-Sharqiy paleosiyoliklar ijtimoiy hayotining o‘ziga
xosligi eskimoslar va itelmenlardan boshqa etnoslarda urugiam ing
boimasligidir. Ehtimolulardaurug‘ nomlariOxotadengizi bo‘ylaridan
ko‘ chganlarida va hozirgi hududlarda tarqoq holda yashay boshlagan-
larida unutilgandir.
Ushbu xalqlaming dunyo haqidagi tasavvurlarida qadimgi e’tiqod
va kultlar talaygina. Ulaming barchasida - qarg‘a haqidagi rivoyat-
larda uni dunyoni o‘matuvchi, ayyor, shum va aldoqchi, ayni paytda
odamlarga ko‘plab yaxshiliklar qilgan jonzot sifatida tavsiflashadi.
Aynan u daryo, togiar, tundrani, dengiz, itlami, kitlami, tyulenlami,
qushlami, ilk odamlami yaratgan. Qarg‘a odamlami so‘zlashishga,
hay von go‘shtini iste’mol qilishga, kiyim tikishga, olovni olishga
(yog‘ochni yog‘ochga ishqalab) va yana ko‘plab narsalami o‘rgatgan.
Chukchalar, koryaklar va itelmenlar, eskimoslar diniy tasavvur
larida sehrgarlikka asoslangan ko‘plab udum-marosimlar saqlangan.
Afsungarlik va tumorlarga e’tiqod insonlami yovuz ruhlar xumjidan
asrashi kerak edi. Kele - yovuz ruh inson va uy bug‘ularini hamisha
202
ta’qib etadi. Afsungarlik harakati (kasalga qurbonlik qilingan hay
von qonini surtish), shuningdek shomonning o‘tkazgan udumi yovuz
kuchlami hay dab kasalning tuzalishiga ko‘mak berishi lozim deb tushu-
nilgan. Dengiz sohili aholisida «boshlar bayrami», dengiz xo‘jayiniga
bag‘ishlab qilinadigan «kit bayrami», udumlar, qo‘shiqlar va pantomi-
ma ko‘rinishidagi butun bir spektakllar bo‘lgan. Odamlar bu tadbirlar
orqali oMdirilgan hayvonlarga «hayot qaytarilishiga» ishonganlar.
Og‘ir mehnatli hayot yorqin bayramlarga ehtiyoj tug‘dirgan. Bu
bayram tomoshalari faqat diniy emas, balki insonlami xursand qi-
lishga yo‘naltirilgan. Bayramlar, shuningdek, Kamchatka va Chu-
kotkada o‘tkaziladigan yarmarkalarda o‘yinlar, sport musobaqalari -
yugurish, bug‘u qo‘shilgan chanalarda poyga, kamondan o‘q uzish
kabi tomoshalar ko‘rsatilgan. G ‘oliblami barcha olqishlagan, ular
shuhratga sazovor bo‘lganlar. Chukcha va eskimoslarda qor ustida
charm koptokda hozirgi futbolga o‘xshash ikki tomonlama o‘yin ham
o‘tkazilgan.
Dostları ilə paylaş: |