yasaigan. Kulolchiiik charxini bilmasalar-da, kulolchilik san’atini
o‘zlashtirganlar. Irokezlar o‘nlab uzun uylardan iborat qishloqlarda
yashaganlar. Bu uylaming ichidagi har bir boiinm ada alohida oila
yashab, uning o‘z o‘chog‘i boigan.
Irokezlaming eng kichik ijtimoiy birliklari ovachira deb nomlanib,
uning a’zolari bir «uzun uyda» istiqomat qilib, bir ota-onadan tarqa-
lganlar. Har bir ovachira boshida yoshi keksa ayol turgan. Bir necha
ovachira irokez urag‘ini tashkil etgan. Qabilaning bir necha urag‘i
fratriyaga (yunoncha - «birodarlik») birlashgan. Bir fratriyaning
urugiari birodarlar sanalgan, qabilaning turli fratriyalari urugiari bir
qorin naridagi amakivachchalar hisoblangan.
Har bir umg‘ning o‘z nomi b o iib , uni totem hayvon yoki qushdan
olingan. Xususan, tuskarora qabilasida sakkiz urug‘ boigan: Qo‘ng‘ir
Bo‘ri, Ayiq, Katta toshbaqa, Suvsar, Sariq Bo‘ri, Kulik, Ugor, Kichik
toshbaqa. Bu sakkiz urug‘ ichki fratriyani, ular esa qabilani tashkil
etganlar. Shu xildagi ijtimoiy tashkilot tuzumi (ovachira), urug‘-frat-
riya, qabila qachonlardir Amerikaning deyarli barcha hindu qabilala-
riga xos edi. Lekin irokezlar singari konfederatsiyani faqat bir necha
qabilalar tuzganlar.
Ijtimoiy tashkilotning eng yuqori shakli ittifoq yoki irokezlar Li-
gasi beshta qabila: Onondaga, Kayyuga, Moxoki, Onayda va Seneka-
lar Konfederatsiyasi boigan. Ulami 1570-yili onondagalar yetakchisi
Gayavata birlashtirgan. «Besh qabila» ittifoqini tuzgan Gayavata
hindu qabilalariga tinch-totuv yashash y o iin i ochdi. Ittifoqqa barcha
hindu qabilalari qo‘shilishlari mumkin edi. Shimoliy Karolinada ya-
shovchi irokez tilli tuskarora qabilasi 1722-yili Liga hududiga ko‘chib
ittifoqqa kirgan. Shu paytdan Liga «olti qabila» ittifoqi nomini oladi.
Ligaga kirmagan qabilalar unga boj - yasoq toiaganlar. Ayrim qabila
lar, jumladan, jangari guronlar irokezlar zo‘ravonligiga qarshi chiqqa-
nlar. Lekin «olti xalqning» qudratli ittifoqi guronlami bo‘ysundiradi.
Gayavataning qabilalar ittifoqini tuzganidan keyingi hayoti
nomaium. Ittifoqning hayoti esa yevropaliklar tazyiqi va amerika
sivilizatsiyasining g‘olibona yurishi natijasida yakun topadi.
Dostları ilə paylaş: