rini tushunmaganlar, natijada hindular imo-ishora «tilini» yaratganlar.
Bu usuldan hindular ingliz tilini o'zlashtirgancha yevropaliklar bilan
muloqotda ham foydalanganlar.
Etnoslararo muloqotga ehtiyoj qabilalararo jargonlami vujudga
keltirib, undan savdo aloqalarida foydalanganlar. Ulardan eng mash-
huri Shimoliy Amerikaning Alyaska yarimorolidan Kalifomiyagacha
tarqalib, XIX asrda yevropaliklar unga chinuk deb nom berganlar,
hindular kabi ular ham bu tildan savdo-sotiqda foydalanishgan. Asta-
sekin unga ingliz, fransuz tillaridan yangi so‘zlar kiritiladi. AQSH ning
janubiy-sharqida muskoglar, algonkinlar, irokezlar, siular muomalasi-
da shakllangan mobile Floridadan Missisipiga qadar hududlarda sav
do tili vazifasini bajargan. Buyuk ko4llar vohasida mo‘yna savdosida
fransuz savdogarlari va hindular orasida savdo tili ojibve (chippayev)
asosidagi jargon boMgan. Mamlakat janubida ko‘chmanchilar tili aso-
sidagi jargon qo‘llangan. Ayni paytda hindular tiliga ingliz tilidangina
yangi so‘zlar kirmagan jarayon ikki tomonlama bo‘lib, ingliz tili hali
hindular tili hisobidan boyib borgan.
Dostları ilə paylaş: