Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


AQSHning janubiy-g‘arbi va Meksikaning shimoli (Pueblo



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

AQSHning janubiy-g‘arbi va Meksikaning shimoli (Pueblo
oblasti). 
Kaliforniya bilan Amerikaning Arizona, Arizona bilan esa
227


Nyu-Meksiko shtati qo‘shni joylashgan. Har ikkisining aholisi janu- 
biy-g‘arb hindularidir. Ushbu yagona geografik hududda yuto-astek 
xalqlari (papago, pimi, zunyi) vajangari atapasklar (navaxilar, apachi- 
lar) ikki madaniy jihatdan bir-birlaridan ancha farq qiladigan hindular 
guruhidir. Navaxilar qabilasi bugungi AQSHda eng ko‘p sonli (200 
mingdan ko‘p) elat b o iib , eng katta hindular rezervatsiyasida yashay­
dilar. Navaxilaming yaqin qo‘shnilari va qarindoshlari apachilardir.
AQSHning janubiy-sharqida yana bir hindu qabilalari guruhi -
alohida toshdan bir-biriga taqab qurilgan uylar egalari - pueblo (is- 
panchadan «qishloq», «xalq»)lardir. Shimoliy Amerikada Koiumbga 
qadar madaniyatlar ichida eng yuqori darajada rivojlangan xalq aynan 
shudir. Agar irokezlarda qabila aholisi soni ahyon-ahyonda 4-5 ming- 
ni oshib o‘tsa, pueblolarda bitta qishloqda ba’zida 4 minggacha kishi 
yashagan. Markaziy qishloq ba’zida yaxlit shahar-qal’aga aylantiril- 
gan, sababi xavf boiganida u atrofdagi aholining jonini asragan.
Pueblo hindulari murakkab sug‘orish tizimini yaratgan. Ulaming 
asosiy ekini makkajo‘xori boigan. Undan tashqari, qovoq, qizil qa- 
lampir, salat, loviya, tamaki ekkanlar. Dalalarga so‘qa bilan ishlov 
berilgan. Ov ularga qo‘shimcha mahsulot beradigan erkaklar isffi 
boigan. Erkaklar paxtadan mato to‘qigan, qurol-aslahalar tayyorlag- 
an. Ayollar dalaga ishlov berganlar. Uy qurish ham ayollar ishi hisob­
langan. Pueblo hindulari ajoyib sopol ustalari boiishgan. Lekin ular 
ham boshqa hindular singari kulolchilik charxini bilmaganlar. Kulol- 
chilikni erkaklar ayollar bilan hamkorlikda olib borishgan.
Har bir pueblo aholisi qator umg‘ guruhlariga boiingan. Ularga qan- 
daydir hay von yoki qushning nomi berilgan. Ushbu totemni urug‘ning 
har bir vakili o‘zining qadimgi ajdodi deb bilgan. Diniy tasawurlari 
dehqonchilik mahorati bilan bogiiq boigan. Hayotlarining eng muhim 
voqealari hayot bagishlovchi makkajo‘xori bilan bogiangan. Bosh 
ilohlar Quyosh va Ona Yer hisoblangan. Pueblo hayotida marosim 
raqslari muhim o‘rin tutgan, ulardan eng asosiysi ilonlar raqsi boigan. 
U ilonlarga e’tiqodning teatrlashtirilgan ko‘rinishi, ilonlarga pueblo 
hindularining qadimgi ajdodlariga ta’zimi edi. Ruhoniylar ogizlarida
228


shaqildoq ilonni qistirgan holatda raqsga tushishgan, qizig‘i, raqs pay- 
tida kimnidir ilon chaqqanligi ma’lum emas. Marosim so‘ngida ayol­
lar ilonlaming ustiga makka doni sepganlar. Bugungi kunda Shimoliy 
Amerikaning ko‘pchilik tub aholisi rezervatsiyalarda yashamoqda. 
AQSHda bunday qo‘riqxonalar umumiy maydonnmg 2% ni tashkil 
etib, ularda 700 ming hindu istiqomat qiladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin