boiadi. So‘ngra xitoyliklar, yaponlar, meksikaliklar,
Karib dengizi
havzasidagi orollardan, boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlaridan im-
migrantlar keladi.
Amerika xalqining etnik hududi Qo‘shma Shtatlar davlati chega-
ralari bilan mos keladi. AQSH bir millatli mamlakat, yaxlit etnota-
rixiy jamiyat sifatida unga 200 yil to id i.
Amerikaliklaming 70% shaharlarda yashaydi. Eng ko‘p sonli im-
migrantlar guruhlari ham shaharlarda yashaydi. Eng yirik megapolis-
lar - Nyu-York, Chikago, Filadelfiya, Detroyt, Los-Anjeles.
Etnik
guruhlaming shaharlarda joylashuvi ham katta qiziqish uyg'otadi.
Ko‘pgina shaharlarda etnik mavzelar va rayonlar mavjud. AQSHda
meksikaliklar ayniqsa zich joylashganlar. Chikanos - Meksikadan
chiqqanlar AQSHning janubi-g‘arbida, Meksika bilan tutash hudud
larda ko‘p. Etnokonfessial guruhlar ham mavjud, jumladan mormon-
lar jamoalari boshqalardan xoli yashamoqdaiar.
AQSH aholisining etnik va irqiy tarkibi.
AQSHda insoniyat-
ning uchta yirik irqlari vakillari yashaydi.
Katta negroid irqiga,
eng aw alo, AQSH afroamerikaliklari -
XVII-XIX asrlarda Afrikaning turli hududlaridan qullikka olib kel-
inganlaming avlodlari kiradi. Ulaming ichida yevropaliklar aral-
ashmasi yuqori. Mulatlar zamonaviy muhitda ko‘pchilikni tashkil
etadi. Negroid irqiga Vest-Indiyadan (yamaykaliklar, barbadosliklar)
AQSHga ko‘chib kelganlar ham mansub. Puerto-rikoliklar yevrope-
oid-negroid (mulat) hindular qonining aralashuvidan shakllanganlar.
Mongoloid irqi,
eng avvalo, aborigen xalqlar, so‘ng Osiyodan
emigratsiya qilingan xitoyliklar, yaponlar,
filippinliklar vakillarida
aksini topgan. AQSH meksikalik aholisining kelib chiqishi bir tomon-
dan ispan mustamlakachilari, ikkinchi tomondan mahalliy hindular
aralashuvidan vujudga kelgan. Ulaming ko‘pchiligi metislardir.
Aksari ko'pchilik aholi yevropeoid irqi vakillaridir. Ulardan
nemislar eng ko‘p sonli va eski emigrantlik guruhidir. Irlandlar ish-
chilari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Italiyaliklar etnik birdamligi ga-
rovi, ulaming oilasi mustahkamligi bilan xususiyatlanadi.
234
AQSHda meksika-amerikaliklar yoki «chikanos» (siyosiy ata-
maga aylangan laqab, so‘ng etnonim) yirik tez o‘suvchi etnoguruhni
tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi
Kaliforniya, Arizona, Kolorado,
Nyu-Meksiko va Texas shtatlarida yashaydi. Bu hududlar XIX asr-
ning o‘rtalarigacha Meksika yerlari boigan. AQS1I meksikaliklari
Meksika meksikaliklariga nisbatan mustaqil etnosdir.
Puerto-rikoliklar ~ AQSHning Urushdan keyingi yirik emigrantlar
guruhlaridir. Ispan tili ulami lotin amerikaliklar, ayniqsa, chikanos bi
lan bogiaydi.
Amerikaning
osiyolik aholisi - yaponlar, xitoyliklar. Ularning
ko‘pchiligi g‘arbiy Tinch okean sohilidagi hududlarda, ayniqsa,, Ka
liforniya shtatida yashaydilar. Xitoyliklar shaharlarda milliy mavze
lar - «chaynataunlar»ni vujudga keltirgan. Ulardan eng yiriklari San-
Fransisko va Nyu-Yorkda joylashgan.
AQSHning davlat tili ingliz tilining amerika varianti, har bir et
nik guruhning hayotiga kirib, ikki tillikni, so‘ngra yetakchilikni egal-
laydi. Ikkinchi va keyingi emigrantlik avlodlari ingliz tilini to iiq
o‘zlashtirib,
ular uchun hayot tarzi, ommaviy kommunikatsiya vosi-
talari - radio, kino, televideniye ushbu jarayonni tezlashtiradi.
Amerika jamiyati moddiy madaniyati bir xil va zamonaviy indus
trial urbanizatsiyalashgan mamlakat uchun xos.
Diniy vaziyatga kelsak, aholining uchdan ikkisi protestantlardir,
uchdan birini katoliklar, taxminan 3% ga yaqinini yahudiylar tashkil
etadi, yana ko‘plab dinlar hamda sektalarga e’tiqod qiladiganlar mav
jud. Afroamerikaliklar orasida baptistlar va metodistlar cherkovlari
mavqeyi yuqori. 0 ‘ziga xos konfessional jamoa - mormonlar, ulam-
ing ko‘pchiligi Yuta shtatida yashaydi.
Mormonlik sof amerika dini,
AQSHda XIX asming birinchi yarmida vujudga keigan. Uning va
killari hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy jamoalami yaratganlar.
Dostları ilə paylaş: