5. Irokezlar haqida ma’lumot to'plab so‘zlab bering..
6. Preriya ovchi qabilalari va pueblolar etnologiyasi bo‘yicha ni
malami bilasiz?
7. Amerika hindulari etnik jarayoniar ta’sirida
qanday
o‘zgarishlarni boshidan kechirdi?
8. Shimoliy Amerikada millatlarning shakllanishini tavsiflab
bering.
9. AQSH aholisining irqiy va til klassifikatsiyasini izohlab bering.
10. Kanadadagi etnoslar va etnoslararo munosabatlar qanday
ko‘rinish olgan?
239
14-BOB. MARKAZIY, JANUBIY AMERIKA VA
VEST-4NDIYA XALQLARI
14.1. Mamlakatlar va xalqlar
Geografik jihatdan Lotin Amerikasi va Vest-Indiya yaxlit birlikni
tashkil etmaydi; bn Janubiy Amerika qit’asi va Markaziy Amerika -
qit’alar orasidagi «tor ko‘prik» va Vest-Indiya -
Karib dengizi hamda
Meksika ko‘rfazidagi ko‘p sonli orollardir. Ayni paytda ulami ko‘p
jihatlar birlashtiradi: tarixiy birlik, ushbu hududdagi davlatlaming
siyosiy va iqtisodiy holati, ulardagi aholining
keng tarqalgan tillari
qarindoshligi va boshqalar. So‘nggi til omili bilan Lotin Amerikasi
atamasining kelib chiqishi ham bogiiq. Ko‘rilayotgan mintaqa aholi
sining ko‘pchiligi ispan, portugal va fransuz tilining mahalliy she-
valarida so‘zlashadilar. Bu tillar hind-yevropa til oilasining roman
guruhiga mansub, ular esa lotin tilidan shakllangan. Vest-Indiya yoki
Karib havzasi mamlakatlarida: ingliz, golland tillari ham mavjud. Bu
tillar Beliz, Gayana va Surinam kabi davlatlarda tarqalgan.
Lotin Amerikasi 20,5 mln. km2 maydonga ega. Uning g‘arbida
shimoldan janubgatom on cho‘zilgan dunyodagi eng uzun tog‘
tizimi
- Kordilyera (And), ekvatorial hududning talay qismini yer yuzi-
dagi eng ulkan Amazoniya pasttekisligi egallagan. Iqlimi xilma-xil,
shimolda ekvatorial, eng janubida - Olovli
Yerda sovuq va qahra-
ton ob-havo mavsumlari mavjud. Eng yirik daryolari - Rio-Grande
AQSH va Meksika orasida chegara vazifasini bajaradi, Orinoko,
Amazonka, Paranalar suv y o ii sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda
arzon elektr quvvati olish manbayidir. Pampaning sero‘t tekisliklari
hozirda ekinzorlarga aylantirilmoqda. Janubiy Amerikaning shimo
lida Amazoniya va boshqa yirik daryolar havzasida dunyodagi nam
doimo yashil ekvatorial o ‘rmonlar - selva joylashgan bo‘lib, u «Yer
sayyorasi o‘pkasi» atmosferaning kislorod muvozanatini saqlashdagi
240
asosiy omildir. Qit’aning qa’rida ko‘plab foydali qazilmalar mavjud.
Tuprog‘i tabiiy muhitining boshqa jihatlari
singari turli-tuman va
aksari unumlidir.
Yangi Dunyoning ushbu qismi aholisi
m u ra k k a b
jarayonlar orqali
shakllangan. U antropogenez hududga kirmay. olimlaming fikri-
cha, Sharqiy Osiyodan so‘nggi paleolitda o ‘tgan odamlar qit’aning
eng janubiga qadar tarqalgan. Janubiy amerikalik hinduiaming katta
mongoloid irqiga yaqinligi ham bu fikmi tasdiqlaydi. Ibtidoiy odam
lar qit’aning quruqlik qismini egallashlari davomida uning xilma-xil
tabiiy-iqlim sharoitlariga moslasha boradilar.
Lotin Amerikasida 32 ta davlat mavjud. Ular Argentina (44,5
mln.), Boliviya (11,3 mln.), Braziliya (209 mln.), Venesuela (28,8
mln.), Gaiti (11,1 mln.), Gvatemala (17,2 mln.), Gonduras (9,5 mln.),
Dominikan Respublikasi (10,6 mln.), Meksika (126,2 mln.), Nikara-
gua (6,4 mln.), Panama (4,1 mln.), Paragvay (4,6 mln.), Peru (31,9
mln.), Chili (18,7 mln.), Salvador (6,4 mln.), Urugvay (3,4 mln.),,
Ekvador (17,0 mln.), Yamayka (3 mln.) va yana qator mayda davlat)ar
va hududlar mavjud. Umumiy aholisi 500 mln. kishidan ortiq.
Yuqorida
aytilganidek, hozirda ko‘pchilik mamlakatlarda ispan
tilida (Meksika, Kuba, Dominikan Respublikasi,
M a rk a z iy
va Janu
biy Amerikaning ko‘pchilik davlatlari aholisi), Braziliyada -- portugal
tilida, Gaitida - fransuz tilida so‘zlashadilar. Qator mamlakatlarda
ingliz tili keng tarqalgan (Gayana, Beliz, Yamayka
va
boshqalar), ni-
derlandtili Surinam va'Niderlandiya Antil oroilarida tarqalgan. «Ikki
tilli» davlatlar ham bo‘lib, ularning aholisi
vevropa va mahalliy tilda
so‘zlashadilar. Bunday davlatlardan biri Puerto-Riko b oiib, unda is
pan tilidan tashqari ingliz tili ham isblatiladi. Qolaversa, mintaqaning
talay aholisi mahalliy hindu tillaridan foydalanishda davom etmoqda.
X V I
asr boshlaridan ispanlar (konkista) istilosi, so'ng
p o rttig a lia r.
ulardan keyin boshqa Yevropa davlatlari Amerikani istilo qiladi. Ayni
paytda qit’adagi hindu xalqlari ibtidoiy urug4chilik jamoasining turli
bosqichlarida edilar. Hindular o‘zlashtirish xo‘jaligi - ovchilik, ter-
machilik, yana dehqonchilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga muhim qa-
241
dam qo‘ygan edilar. Faqat ayrim jamiyatlar nisbatan yuqori
darajaga
o‘z davlatlari sivilizatsiyalarini (mayyalar, asteklar, inklar va chib-
chalar) yaratgan edilar.
Amazoniya selvasida olimlar hali hanuz ovchilik va termachilik
bilan shug‘ullanadigan unchalik yirik bo‘lmagan qabilalarni uch-
ratadilar.
Dostları ilə paylaş: