Erkaklar uchun bu kastum uzun yengli ko‘ylak, pidjak, ayollar uchun
-yubka, yengli bluzka vajaketdan iborat. Ushbu kastum XIX asr oxi-
rida shaharlarda, keyinchalik qishloq aholisida ham tarqalgan bo‘lib,
deyarli barcha mamlakatlarda milliy kiyimlar majmuyini surib chiqa-
di. Oqibatda bugungi kunda milliy liboslami folklor bayramlari, xalq
badiiy jamoalarining chiqishlarida ko‘rishimiz mumkin.
Shunga
qaramasdan, an’anaviy kiyimlaming ayrim elementlari
faqat qishloqlarda emas, shaharlarda ham saqlanmoqda.
Jumladan
Shotlandiyaning Edinburg va boshqa shaharlarida erkaklaming bir
qismi milliy katak yubka (kilt) kiyadilar. Avvallari yubka erkaklar-
ning kiyimlari tipik elementi
sifatida irlandlar, greklar va albanlarda
ham tarqalgan.
0 ‘tmishda yevropalik erkaklaming eng keng tarqalgan elementi
tizzadan sal pastga tushib turadigan ishton edi. Uni kalta paypoq yoki
getra bilan kiyishgan. Erkaklar yengi uzun va keng ко' ylak, unms us
tidan jilet yoki kurtka kiyganlar. Fransuzlar, ispanlar va boshqa roman
tilli xalqlar erkaklari bo‘ynilariga rangli ro‘mol bog'lashgan. Bosh
kiyimi fetr yoki kigizdan shlyapa bo'lgan. Basklarning an’anaviy
bosh kiyimlari movutdan beretni keyinchalik boshqa Yevropa xalqlari
ham o ‘zlashtiradilar.
Jumladan, u fransuzlarning eng dongdor bosh
kiyimiga aylanadi.
Turli xalqlar ayollar kiyimlari ham xilma-xilligi bilan ajralib tur-
gan. Ko‘pchilik roman xalqlari xotin-qizlari ko‘ylaklari uzun, keng,
jiyakli bo‘lishi bilan farqlangan. Nemis ayollari
kalta keng yubkalar
kiyishgan. Ba’zida turli uzunlikdagi bir necha yubkani kiyishgan. Bir
necha kashtalangan (eng yuqorisidagi qoramtir rangda bo'lgan) yubka-
lami kiyish boshqa rayonlarda ham, masalan, Niderlandiyada, Flandri-
yada (Belgiyaning shimoliy-g‘arbi) an’ana bo‘lgan. Gretsiyalik ayollar
sarafan kiyishib, uning belida kamari bo‘lgan. Ba’zi joylarda,
xusu-
san, togiarda ayollar uzun ishton kiyganlar. Yevropada deyarli barcha
hududlarda oldida yorqin fartuk taqish ham keng tarqalgan. Ayollar
uzun yengli oq kofta, boshlarida ro‘mol,
turli qalpoqchalar, shlyapalar
kiyishi ham deyarli barcha hududlar uchun umumiy bo‘lgan.
275
Yevropaning ko‘plab rayonlarida charm poyabzal qatorida
yog‘ochdan yasalgan oyoq kiyimlar ham tarqalgan. Saamlar an’anaviy
kiyimlari boshqa Yevropa xalqlarinikidan farqlanadi.
Erkaklarda
uzun, tizzagacha ko‘ylak, tor movutdan ishton, ayollarda - oq ma
todan uzun ko‘ylak, uning ustidan issiq mavsumda paxtali,
sovuqda
movutdan kengroq ko‘ylak kiyishgan. Qishda saamlar erkaklari ham,
ayollari ham bug‘u terisidan kiyim va poyabzal kiyganlar.
Dostları ilə paylaş: