Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Yevropa xalqlari va jahon madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

15.5. Yevropa xalqlari va jahon madaniyati
Tarixiy-madaniy taraqqiyot. 
Tarixiy (iqtisodiy, madaniy, ij­
timoiy) taraqqiyot G‘arbiy Yevropadagi m oiadil iqlim, unumdor 
yerlarning ko‘pligi, tabiiy qazilmalarning yetarlicha ekanligi, qulay 
geografik holatdan unumli foydalangani tufayli yuksalib borgan. Qo­
laversa, ko‘plab Yevropa mamlakatlari o‘z taraqqiyoti uchun mus- 
tamlakalar iqtisodiy resurslaridan ham foydalanganlar. Bularning 
barchasi uzoq vaqt Yevropaga dunyoda yetakchi iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy mavqeni egallash imkonini berdi. Yevropa xalqlarining mil­
liy madaniyatlari muhim elementi m a’rifatparvarlik, gumanistik du- 
nyoqarash bo‘lgan. Milliy adabiyot, dramatik san’at, simfonik va op­
era musiqasi, umumiy va universitet ta’limi, ijtimoiy va tabiiy fanlar 
taraqqiyoti - bularning barchasi Yevropaning dunyo sivilizatsiyasiga 
qo‘shgan hissasidir.
Yevropa siyosiy madaniyati. 
Qator qulay sharoitlar mavjudligiga 
qaramasdan Yevropa xalqlari siyosiy va ijtimoiy yutuqqa osonlikcha 
erishmaganlar. Iqtisodiy taraqqiyotning notekis rivojlanishi, sanoat 
to‘ntarishlari va ommaviy ishsizlik, Yevropa hududidagi ko‘plab 
urushlar, ular orasida eng yiriklari Napoleon urushlari, XX asrdagi 
ikki jahon urushi (1914-1918 va 1939-1945-yillar) bularga sabab 
boigan. Ikkinchi jahon urushida Yevropa xalqlari millionlab aholi- 
sini yo‘qotadi. Hatto XX asr oxirida ham qit’ada irland muammosi, 
basklar muammosi, flamand-vallon ziddiyatlari, so‘nggi yillarda ter- 
rorizm aktlari, Yevropaga Yaqin Sharq va Afrikadan yuz minglab qo- 
choqlaming kelishi farovon sanalgan qit’ada yangi-yangi muammo- 
lami yuzaga keltirmoqda. Lekin bu jarayonlar Yevropa hamjamiyati 
doirasidagi qit’aning birlashuviga rahna solishi mumkin emas.
280


1. Yevropa aholisining etnik tarixi asosiy bosqiehlari qanday 
bo‘lganini so‘zlab bering.
2. Zamonaviy Yevropa aholisining etnolingvistik tavsifi to‘g‘risida 
nimalarini bilasiz?
3. Yevropaliklar irqlari va irq tiplari haqida nimalami eslab qol- 
dingiz?
4. Xorijiy yevropaliklaming an’anaviy va zamonaviy xo‘jaliklari 
haqida so‘zlab bering.
5. Moddiy madaniyat turlari: qo‘rg‘onlar va qishloq uylari, undagi 
transformatsiya jarayonlarini gapirib bering.
6. An’anaviy taomlar va ularning dunyoga yoyilishi qanday 
kechgan?
7. Yevropada oilaviy va jamoaviy turmushdagi xususiyatlar nima- 
lardan iborat?
8. Yevropa xalqlari bayramlar va ma’naviy madaniyatdagi jara- 
yonlami so‘zlab bering.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin